Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arizaning asosiy qismlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. A r iz a Muayyan muassasalarga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko'p qo'llaniladigan va keng tarqalgan ish qog'ozidir. Maktab o’quvchisi va talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo’llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bogcha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o'quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, tuman (shahar) rahbariyatiga, xullas, oddiy arizachining taklif, ltimos yoki shikoyatini ko'rib chiqib, hal qila oladigan har qanday idora, har qanday mansabdor shaxs nomiga yozilishi mumkin.Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar ariza o'zining u mumiy zaruriy qismlariga ega va ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi.Arizaning asosiy qismlari: - ariza yo'llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi; - ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi (lavozimi), ismi, otasining ismi va familiyasi; - hujjatning nomi (ariza); - hujjat matni (taklif, iltimos, shikoyat); - arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati (agar zarur deb topilsa); -ariza yozuvchining imzosi, smi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi. - ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni islatib o'tish joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo'lmaydi. Bunday hollarda xod im o'zi ishlayd igan bo'lim (qism brigada va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo'lmaydi. Yuqorida sanab o'tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha ko'rinishga ega. Ariza matni (mazmuni) ilova Sana (yil, kun, oy) Imzo Ariza asosan qo'lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: bir necha so'zdan iborat bo'lishi yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab arizaning matni katta bo'lishi bilan birga unga ilovalar keltirilishi mumkin.Arizalar, aksariyat hollarda, shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham mavjud. Xizmat arizalari fuqarolar yoki tashkilotlarning o'z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Davo arizalari ana shunday ariza- lardandir.Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalariga nisbatan ko'p qo'llaniladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling