Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet26/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

Tushuntirish xati
Tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi.
Tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u kеyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kеlish, unga nisbatan tеgishli intizomiy jazo chorasini qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Tushuntirish xati xodim (talaba) ning o‘z dastxati bilan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida (masalan: N.Sobirovning tushuntirish xati) rasmiylashtiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar aniq ko‘rsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qo‘shimcha asoslov hujjatlari ilovada beriladi.
Umuman tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo'ladi: 1. Hujjat yo'llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to'liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to'liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (tushuntirish xati).
4. Hujjatning matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog’ozida rasmiylashtiriladi va ularning to’liq nomi ushbu ish qog’ozida aks ettiriladi.
Ichki tushuntirish xatlarida esa, rahbar yoki xodimning to’liq nomi deganda, u ishlaydigan (o’qiydigan) bo’linmaning nomi, shaxsning lavozimi, ismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil.
Tushuntirish xati odatda qo‘l bilan yozilishi maqsadga muvofiq, qabul qiluvchi uni talab qilgan mas’ul shaxs bo‘ladi. Tushuntirish xatining shakliga (qo‘lda yoki kompyuterda yozilishiga) nisbatan qonun hujjatlarida hech qanday talab belgilanmagan. Shuning uchun ma’lum bir tashkilotlarda qabul qilingan ish yuritish shakliga muvofiq tushuntirish xati kompyuterda ham yozilishi mumkin. Tushuntirish xatiga qo‘yilgan talablar oddiy, ya’ni tushuntirish xatlari:
- umumiy so‘z birikmasidan iborat bo‘lmasligi kerak, tushuntirish xatining matni rasmiy ish yurituvi qoidalariga muvofiq tayyorlanadi;
- tushuntirish xatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ishonchli va zarur hollarda isbotlanishi kerak;
- har qanday holatda xodimning o‘zi tomonidan va uning nomidan yozilishi zarur; - xodim tomonidan imzolanishi va xatda yozilgan vaqti ko‘rsatilishi shart.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, faqatgina ish beruvchi o’z xodimidan tushuntirish talab qilishi mumkin. Shu bilan birga, amaliyotga muvofiq ish beruvchi xodimdan muayyan bir mehnat intizomining buzilishi yuzasidan tushuntirish xati so‘rash to‘g‘risida kadrlar xizmatiga ko‘rsatma berishi mumkin. Ya’ni kadrlar xizmati aynan ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki farmoyishi bilan xodimdan tushuntirish xati so‘raydi va bu holatda xodimga ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki faromoyishini aynan namoyish qilish maqsadga muvofiq. Xodim tushuntirish xati yozib berishdan bosh tortishi va bu harakatni qilishni keskin rad etishi ham mumkin. Bu holatda, mavjud mehnat intizomining buzilishi faktida xodimning ishtiroki va uning aybli yoki aybsizligi qanday aniqlanadi? Birinchi navbatda, yuqoridagi o‘rinlarda keltirib o‘tganimizdek, xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatni ushbu harakatning guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan bo‘lgan xodimlar ishtirokida tuzilgan «mehnat intizomining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma»asosida rasmiylashtirish, unda mehnat intizomining buzilganligi va ushbu intizom aynan kim tomonidan buzilganligi, uzrli yoki uzrsiz sabablar kabi muhim ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling