Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet29/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

T A V S I F N O M A
Ma’lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) bеriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning mеhnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot bеriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko‘rsatiladi.Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi. Tavsifnomada tavsiflanayotgan shaxs haqidagi malumotlar bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: ...ning 2- bosqich talabasi, 1988-yilda tug‘ilgan, o‘zbek... kabi.
Тavsifnomaning rekvizitlari quyidagilardan iborat:
1. Тavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: a) ismi, otasining ismi va familiyasi; b) tug‘ilgan yili; d) millati; e) ma’lumoti; f) qaysi o‘quv yurtini qachon qaysi yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha tugallaganligi; g) lavozimi; h) ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa).
2. Hujjat nomi (Тavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Тavsifnoma matnini shartli ravishda to‘rt qismga ajratish mumkin.
Birinchi qismda xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, tashkilotda qachondan buyon ishlashi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning xodim sifatida tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, intizomi, berilgan vazifalarni qay darajada bajarishi, ishga ijodiy yondashuvi, tashabbuskorligi, jamoat ishlarida ishtiroki kabi jihatlar aks ettiriladi.
Uchinchi qismda shaxsning ijobiy yoki salbiy sifatlari, xulq-atvori, jamoada o‘zini tutishi, hamkasblariga munosabati, shuningdek qanday davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi, rag‘batlantirilganligi yoki unga berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
To‘rtinchi qismda yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda berilayotganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tavsifnoma so‘ngida xodimga berilgan tavsiyalar aks ettiriladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Тavsifnoma tashkilot rahbariga taqdim qilinsa, uni xodimning bevosita rahbari imzolaydi. Boshqa tashkilot yoki yuqori tashkilotga yo‘llanadigan tavsifnomalar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va imzo tahkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling