Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilxat
- * * * Tilxat
- D A L O L A T N O M A
Tilxatning rekvizitlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat). 2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi; b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); e) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh. k. bo‘lsa). 3. Tilxat berilgan sana. 4. Tilxat muallifining imzosi. 5. Guvohlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; yashash manzili va imzosi. Tilxat shakllari: Tilxat Men, “Fan va texnologiya” nashriyoti hisob-kitob bo‘limi mudiri Botirova Dilorom Aliyevna, firma omboridan 1 (bir) dona “Samsung” rusumli televizorni 1 oy muddatga bo‘limda foydalanish uchun oldim. D. Botirova (imzo) 2017-yil 15-noyabr * * * Tilxat Men, (tilxat beruvchining lavozimi, ismi, ota ismi, familiyasi), (biror narsa beruvchining lavozimi, ismi ota ismi va familiyasi) –dan (olgan narsasining nomi, miqdori, zarur bo‘lganda bahosi, texnik holati) oldim. Ismi va familiyasi imzo Sana D A L O L A T N O M A Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron-bir bo’lib o’tgan ( sodir bo’lgan) voqea, hodisa, xatti-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar qo’llanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo’lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qanch hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalsn, korxonaning hisob-kitob bo’limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o’rin tutadi. Dalolatnoma diyarli barcha hollarda pul mablag’lari va moddiy boyliklarga bog’liq holda tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko’proq tadbirkorlik, moliya-xo’jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo’llaniladi. Dalolatnomalar tegishli taftish o’tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o’tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o’tkazish chogida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o’tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo’yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalsr yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o’rganishda va boshqa hollarda tuziladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlsr bo’lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli ( qayd etuvchi, ragbatlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo’ladi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (mussasa rahbarining buyrugi bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo’lishi shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo’lgan kishilarning tashabbusi bilan tuziladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling