Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Dalolatnomaning zaruriy qismlqri


Download 1.61 Mb.
bet39/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
фойдаланишга

Dalolatnomaning zaruriy qismlqri:
1. Idora, muassasa va tarkibiy bo’linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).
4. Matn sarlavhasi.
5. Hujjat turning nomi (dalolatnoma).
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrugi, idoraning qarori yoki ko’rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnomaning matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatiriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo’shish mumkin.


H I S O B O T
Hisobot xizmat faoliyati yuzasidan muayyan ish, vazifa yoki topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot beruvchi hujjat sanaladi. Hisobot shakl va mazmuniga ko‘ra bildirishnomaga o‘xshash bo‘lsa-da, bunda qanday ishlar rejalashtirilgani, ularning bajarilish darajasi, bu yo‘ldagi kamchiliklar va ularni bartaraf etishga oid takliflar kengroq beriladi. Ish yuritishda rejalashtirilgan ishlar, xizmat safari yakuni yuzasidan hisobotlar yozish keng tarqalgan. Hisobot matni I shaxs nomidan yoziladi va hisobot beruvchi tomonidan imzolanadi
Hisobot namunasi:
Hasanboy” muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasining 2010-yilda
rejalashtirgan ishlarining bajarilishi haqida
H I S O B O T
2018-yilda “Hasanboy” muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasida 25 turda muzqaymoq ishlab chiqarildi. 2017-yildan 5 nomdagi yangi muzqaymoq turlari ishlab chiqildi. 2018-yil 10-maydan “Nestle” OAJ bilan 3 yillik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 2 tomonlama shartnoma tuzildi. Respublikaning 3 ta viloyati – Andijon, Xorazm, Nukus shaharlarida joylashgan savdo shahobchalari bilan muzqaymoq sotib olish bo‘yicha 2 yillik shartnoma tuzildi. Bu ishlarning natijasida korxonaning bu yilgi ishlab chiqarish hajmi o‘tgan 2017-yilga nisbatan 20 % oshdi. Buning natijasida korxonaning yillik daromadi rejadagidan 1,5 barobar oshdi. Keyingi 2019-yilda mavjud viloyatlarning savdo shahobchalarini 2 barobarga kengaytirish rejalashtirildi.
Sana (lavozim nomi) (imzo) (ismi, familiyasi)


Topshiriq:
Quyidagi qoliplashgan birikmalarni daftaringizga ko‘chirib oling va xotirangizda saqlab qoling. Bu birikmalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmaganingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing.
Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotganligi uchun, nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi sababli, joriy etilganligi munosabati bilan, imkoniyati yo‘qligi tufayli, vafot etganligi sababli, ob-havo noqulayligi uchun, o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli, e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling