Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Majlis bayonidan ko‘chirma
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar: 1. “Bayonnoma” ning zaruriy qismlariga “Klaster” tuzing. 2 . “Tushunchalar tahlili”
- Tayanch so‘zlar Ta’rifi, izohi
Majlis bayonidan ko‘chirma
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, majlis bayonidanko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Majlis bayonidan ko‘chirma quyidagi rekvizitlardan iborat: tashkilot nomi; hujjat nomi (majlis bayonidan ko‘chirma) va shartli raqami; majlis o‘tkazilgan sana; majlis bayoni tuzilgan joy; matn: 1) KUN TARTIBI; 2) ESHITILDI; 3) QAROR QILINDI; majlis raisi va kotibining imzolari; nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi, muhr. Ba’zan majlis bayonidan olingan ko‘chirmada majlisda qatnashuvchilarning familiyasi yoki soni, shuningdek ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyalari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonning matn qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bo‘lgan qismlargina olinadi, ya’ni majlis bayonida ko‘rsatilgan qaysi masala bo‘yicha qaror so‘ralsa, aynan shu masala alohida ko‘chiriladi. Topshiriqlar: 1. “Bayonnoma” ning zaruriy qismlariga “Klaster” tuzing. 2. “Tushunchalar tahlili” jadvalni to‘ldiring. “Tushunchalar tahlili” metodini amalga oshirish tartibi: Jadval ko‘rinishida bir tomoniga mavzuga tegishli tushunchalar keltirilgan tarqatma material talabalarga beriladi va ulardan ushbu tushunchalarni izohini yozishlari so‘raladi. Quyida keltirilgan tayanch iboralarni izohlang.
3. Hisobot matnidagi nuqtalar o‘rnini tegishli so‘z va qo‘shimchalar bilan to‘ldirib, matnnidaftaringizga ko‘chiring. Sizning topshiriq... binoan 10-15 sentyabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safari... bo‘ldim. Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasi... xo‘jalik... xususiy xonadonlarga gaz o‘tkaz... ellik kilometr (diammetr 30 mm) truba yetkazib berish . . . shartnoma tuzish edi. Shartnoma tuzildi. Unga . . . trubalar shu yil.... 20 noyabriga... xo‘jaligimizga keltiriladi. Ilova: 2015- yil 10- sentyabrda tuzil . . . shartnoma nusxa . . . 4. Nаmunаlаrdаn fоydаlаnib, mustаqil rаvishdа turli mavzularda hisоbоtlar yozishni mаshq qiling. 5. Quyidаgi so‘z vа so‘z birikmаlаrining mа`nоlаrini lug‘аt bo‘yichа аniqlаng vа dаftаringizgа yozing. Hisоbоt, dаvr, tоpshiriq, vаzifа, rеjа, rеjаlаshtirilgаn, xizmаt sаfаri, rаhbаrlik qilmоq, sizning tоpshirig‘ingizgа binоаn, muаssаsа qаrоri bilаn, jоriy yildа, xizmаt sаfаri hisоbоti. 6. Quyidаgi ibоrаlаrdаn fоydаlаnib, mutаxаssisligingiz bo‘yichа аmаliyotning nаtijаlаri to‘g‘risidа hisоbоt yozing. (Prоfеssоr, dоtsеnt) rаhbаrligidа, 2005-yilning ... dаn ... gаchа аmаliyotdа bo‘ldim, bundаn tаshqаri аlоhidа tоpshiriqlаrni bаjаrdim, o‘rgаnib оldim, tаjribа оrttirdim. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling