Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari


Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi


Download 39.5 Kb.
bet10/12
Sana18.12.2022
Hajmi39.5 Kb.
#1031058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari.

Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi.
Tinish belgilari, o‘z vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:



  1. Chegaralovchi tinish belgilari. Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.

  2. Ayiruvchi tinish belgilari. Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.

  3. Murakkab vazifali tinish belgilari. Bular yozma matn qismlarini o‘rni bilan ham ajratish, ham chegaralash, ba’zan ham biriktirish vazifalarini bajaradi.

a) “ajratish + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (ikki nuqta); b) “ajratish + chegaralash + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (vergul, tire); d) fikrning bo‘linishi, qisqarishni va turli emotsiyalarni bildiruvchilar (ko‘p nuqta) .


“O‘zbek tili va adabiyoti” jumalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, katta ilmiy xodimlar A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:

Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.


  1. Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.




Lug‘atlar bilan ishlash, ular vositasida matn yaratish.
So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. SHu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling