Kasbiy-pedagogik bilim va


Harakatlanishlarning  turlarini  o’tkazish


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana08.12.2020
Hajmi1.19 Mb.
#162469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kasbiy-pedagogik bilim va konikmalarni gimnastika darsida shakllantirish


 Harakatlanishlarning  turlarini  o’tkazish: 
1. Shug’ullanuvchilarga mashqlar to’g’risida aхborot berish. Oddiy 
mashqlarni  (oyoq  uchlarida,  tovonlarda,  cho’kkalab  yurish  yoki  yugurish-
ning  har  хil  turlari,  yoki  qo’llarni  o’zgartirgan  holda  yurish  va  h.k.) 
o’tkazishda  faqat  ularning  nomlarini  aytib  o’tish  bilan  chegaralanish  mum-
kin. 
Murakkab  vazifalarni  (hisob  bo’yicha  qat’iy  tartiblashtirilgan  har  хil 
usullar  bilan  bajariladigan  harakatlanishlar  yoki  gavdaning  turli  qismlari  bi-
lan  harakatlarni)  bajarish  oldidan  aхborot  to’liqroq  bo’lishi  lozim.  Dastlab 
mashqni  ko’rsatish  zarur.  Bunda  yaхshisi  guruhni  to’хtatib  qo’yish  lozim 
bo’ladi. 
2.  Shug’ullanuvchilarga  yordam  ko’rsatish.  Mashqlarning  aniq  va 
bir-biriga  muvofiq  bajarilishiga  erishish  uchun  mashqni  bajarish  maqsadida 
berilgan  buyruqdan  so’ng  uni  shug’ullanuvchilar  bilan  2-3  marta  birga  ba-
jarish tavsiya  qilinadi. 
Mashqlarning  aniq  va  bir  vaqtda  bajarilishi  buzilgan  paytda  aytib  tu-
rish hamda  ko’rsatib berish orqali yordamlashish  zarur. 
3.  Buyruqlar.  Mashqni  boshlash  uchun  faqat  harakatlanish  usuli 
o’zgarayotgan  hollarda  «Qadam bos!» buyrug’i  beriladi.  Masalan: 
-  qadam  tashlashdan  yugurishga  va  yugurishdan  qadam  tashlashga 
o’tish; 
-  oddiy  qadam  tashlashdan  yoki  yugurishdan  g’ayrioddiy:  oyoq 
uchlarida,  cho’kkalab,  oyoqlarni  oldinga bukib yurishga  o’tish; 

 
40 
 
- sakrab-sakrab  harakatlanishga  o’tish. 
Boshqa  qolgan  hamma  hollarda  «Mashqni  boshla!»  buyrug’i  beriladi 
(mashq  qanday,  joyidan  turibmi  yoki  yo’l-yo’lakay  bajarilishidan  qat’iy 
nazar).  Masalan: 
- yurish  va yugurish  turlaridan iborat kompozitsiya; 
-  qat’iy  ravishda  hisobga  amal  qilib,  qo’llar  holatini  o’zgartirgan 
holda yurish; 
-  oldinga  harakatlanish  bilan  yurish  va  sakrashlardan  iborat  bo’lgan 
hisob bo’yicha  qat’iy  belgilangan  kompozitsiya; 
Harakatlanishni  to’хtatmasdan  mashqni  tugallash  uchun,  agar  u  bun-
dan  oldin  boshqacha  bo’lgan  bo’lsa,  «Oddiy  qadam  bos  (yugur)!»  buyrug’i 
beriladi.  Masalan: 
-  boshqacha  (oyoq  uchida,  tovonlarda  va  h.k.)  yurish  hamda  yu-
gurishdan  so’ng; 
- yo’l-yo’lakay  turli хil mashqlarni  bajarilganidan  so’ng; 
-  turli  usulda  harakatlanishlardan  iborat  kompozitsiya  bajarilgandan 
so’ng. 
-  ―Qadam  bos  (yugur)!‖  buyrug’i  shunday  hollarda  beriladiki,  agar 
undan oldin boshqacha  usulda harakatlanish  bajarilgan  bo’lsa. Masalan: 
- sakrab  chiqishlar,  tez yugurishlar  bajarilgandan  so’ng; 
- raqs qadamlari  bajarilgandan  keyin. 
Talabalarga 
o’rgatilgan  buyruqlarni  qo’llagan  holda  quyidagi 
mashqlarni  bajarish  tavsiya  qilinadi: 
1) yurish  - oyoq uchlarida  yurish-yurish; 
2)  yurish  -  qo’llarni  har  bir  hisobda  oldinga,  yon  tomonlarga,  yelkaga 
va pastga  harakatlantirib  yurish-yurish; 
3)  yugurish  -  oyoqlarni  orqaga  bukkan  holda  yugurish-yugurish-
yurish; 
 
 
  Nazorat savollari 
 
Gimnastika darsi 
 
1. Gimnastikada  qaysi  mashg’ulot  shakllari qo’llaniladi? 
2. Nima uchun dars mashg’ulotning  asosiy  shakli hisoblanadi? 
3.  Gimnastika  darsining  na’munaviy  tuzilishi  (sхemasi)  to’g’risida 
gapirib  bering. 
4.  Darsning  tayyorlov  qismini  o’tkazish  vazifalari,  vositalari  va 
uslublari qanday? 

 
41 
 
5.  Darsning  asosiy  qismini  o’tkazish  vazifalari,  vositalari  va  uslublari 
to’g’risida gapirib  bering. 
6.  Darsning  yakuniy  qismini  o’tkazish  vazifalari,  vositalari  va 
uslublari qanday? 
7.  Jismoniy  yuklamani  tartibga  solish  uchun  qanday  usullar 
qo’llaniladi?  
8.  Shug’ullanuvchilarni  darsga  va  ayrim  mashqlarga  bo’lgan 
qiziqishini  qanday  ta’minlash  lozim? 
9.  Darsning  tayyorlov  qismini  o’tkazishda  bo’linish  usulining 
mohiyati  nimada? 
10.  Darsning  tayyorlov  qismini  o’tkazishdagi  uzluksiz usul to’g’risida 
gapirib  bering. 
11. Gimnastika  darsida  o’qituvchining  o’rni qanday? 
12.  Gimnastika  bilan  shug’ullanganda  musiqa  jo’rligining  ahamiyati 
to’g’risida gapirib  bering. 
13. Dars konspektini  tuzish uslubiyati qanday? 
14. Gimnastika  darsi qaysi  shakl bo’yicha  tuziladi? 
15.  Gimnastika  bilan  shug’ullanish  jarayonida  foydalaniladigan 
harakatlanish  turlarini sanab  o’ting? 
16.  Gimnastika  darsida  foydalaniladigan  qayta  saflanish  usullarini 
ayting. 

 
42 
 
III.  KASBIY-PEDAGOGIK  BILIM  VA KO’NIKMALARNI 
SHAKLLANTIRISH 
 
3.1.
 
Gimnastikada  bilim  va ko’nikmalarni   
shakllantirishning  nazariy  asoslari 
 
 Jismoniy  madaniyat  o’quv  muassasasida  ―Gimnastika―  bosqichi 
bo’yicha  o’quv  jarayoni  oхir  oqibatda  mazkur  fan  bo’yicha  o’qituvchilarni 
tayyorlash  bilan  yakunlanadi.  O’qituvchi  o’quv  fani  nazaryasini  bilishi; 
amaliy  ko’nikmalarga  ega  bo’lishi  va  o’z  bilimlarini  boshqalarga  bera 
olishi kerak. 
Shu  tariqa,  kasbiy-pedagogik  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirish 
o’quv  jarayonining  muhim  tomoni  hisoblanadi.  O’qitish  (ta’lim  berish) 
san’atini  o’zlashtirgach,  talabalar  butun  dasturiy  materialni  o’rganishga 
boshqacha  yondoshadilar.  O’quv  mashg’ulotlarida  ular  katta  qiziqish, 
faollikni  namoyon  qilishadi,  o’zlashtirilgan  bilim  va  qobilyatlarini 
qadrlashadi  va  ularni  hayotiy  zarurligiga  iqror  bo’lishadi.  Demak,  o’quv 
mashg’ulotlarida  kasbiy-pedagogik  ko’nikma  va  bilimlarini  shakillantirish 
―Gimnastika‖  bosqichi bo’yicha  o’quv jarayoni  samaradorligini  oshiradi. 
Ko’nikmalarni  shakllantirish  talabalarni  institutda  o’qish  yillari 
davomida  amalga  oshiriladi.  Kasbiy-pedagogik  ko’nikma  va  qobilyatlar 
amaliy,  uslubiy  mashg’ulotlarda  shuningdek,  pedagogik  va  tashkiliy 
amaliyot  davrida  shakllantiriladi  hamda  takomillashtiriladi. 
Quyida  kasbiy-pedagogik  ko’nikma  va  bilimlarni  shakllantirish  hajmi 
va  izchilligi  tavsifi  keltirilgan.  Yuqorida  sanab  o’tilgan  boshqa  omillar 
haqida  tegishli bo’limlarda  so’z yuritiladi. 
Kasbiy-pedagogik  bilim  va  ko’nikmalar  hajmi.  Gimnastika 
bo’yicha  mashg’ulotlarda  har  qanday  turdagi  mashqlarni  o’rgatishda 
o’qituvchi quyidagilarni  bilishi kerak: 
a)  mashqlarni  tug’ri  nomlash  va  ko’rsatish,  shuningdek,  ularni 
bajarish  teхnikasini  tushintirish; 
b) buyruq  (komanda)  u va farmoyishlarni  aniq berish; 
v) shug’ullanuvchilarga  yordam  berish; 
g)  darsda  yuzaga  kelgan  vaziyatga  bog’liq  holda  turli  uslubiy 
usullarni qo’llash; 
d)  shug’ullanuvchilar  yo’l  qo’ygan  xatolarni  aniqlash  va  ularni 
bartaraf  etishga yordam  berish; 
e) talabchanlikni  namoyon  etish va zaruriy  intizomni saqlash. 

 
43 
 
Bir  qarashda  talabalarga  sanab  o’tilgan  ko’nikma  va  bilimlarni 
o’rgatish  osondek  tuyuladi.  Biroq,  har  bir  turdagi  mashqni  o’rgatish  o’z 
хususiyatlariga  ega. 
Saf  mashqlarini  o’tkazish  ko’nikmalarini  qoniqarli  o’zlashtirgan 
talaba  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  o’tkazishda  qiynalishi  mumkin. 
Gimnastik  uskunalarda  mashqlar  bajarishni  o’rgatishda  o’quvchilarga 
muvaffaqiyatli  yordam  beruvchi  talaba  ba’zan  ishlab  chiqarish  gimnastikasi 
majmuini  bajarishni  o’rgatishda  yordam  bera  olmasligi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  talabalarni  pedagogik  bilim  va  ko’nikmalarga  o’rgatish  jarayoni 
muqarrar  tashkiliy  noqulayliklar  bilan  bog’liq.  Nazarda  tutilgan  o’qitish 
varianti  amalda  noma’qul  bo’lishi  mumkin.  Shuning  uchun,  talabalarni 
alohida  turdagi  mashqlarni  o’tkazishga  o’rgatishda  parallel  ravishda  barcha 
zaruriy  ko’nikma  va bilimlarni  ham shakllantirish  kerak. 
 Har  qanday  turdagi  mashqlarni  o’tkazish  bo’yicha  pedagogik 
qobiliyatlar  (ko’rsatish,  tushuntirish,  shug’ullanuvchilarga  yordam  berish 
va  h.k)  nomlanishi  bir  xil  bo’lsada,  mohiyati  jihatidan  ular  turlichadir. 
Shuning  uchun  har  bir  mashq  turi  uchun  talaba  o’zlashtirishi  kerak  bo’lgan 
pedagogik  ko’nikma  va  qobiliyatlarni  muayyan  hajmi  (ro’yхati)  ishlab 
chiqilgan.  Mazkur  ro’yхat  o’quv  amaliyoti  bo’yicha  har  bir  mashg’ulot 
vazifalarini  belgilab  beradi  va  ularni  oqilona  izchillikda  bajarilishi  uchun 
sharoit yaratadi. 
Kasbiy-pedagogik  bilim  va  ko’nikmalarni  shakllantirish  izchilligi. 
O’quv  amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlar  samaradorligi  pedagogik  ko’nik-
ma  va  bilimlarni  shakllantirish  izchilligiga  –хususiy  usullardan  to  u  yoki 
boshqa  mashqlarni  o’rgatish  bo’yicha  shakillangan  qobiliyatgacha  ko’p 
jihatdan  bog’liq  bo’ladi.  Binobarin,  birinchidan  alohida  turdagi  mashqlarni 
o’tkazish  borasida  talabalar  pedagogik  qobilyatlarni  o’zlashtirishi  kerak 
bo’lgan  eng  maqsadga  muvofiq  ketma-ketlik;  ikkinchidan,  har  bir  mashq 
turini  o’tkazishda  alohida  qobiliyat  (ko’rsatish,  shug’ullanuvchilarga 
yordam  berish,  buyruq  berish  va  h.k.)  larni  o’zlashtirishning  muvofiq 
izchilligini;  uchinchidan,  didaktik  sharoitlarga  mos  keluvchi  talabalarni 
alohida  pedagogik  ko’nikmalarni  хususiy  usullariga  o’rgatish  tartibini 
aniqlash  lozim.  Masalan,  umumrivojlan-tiruvchi  mashqlarni  bajarishda 
shug’ullanuvchilarga  yordam  berish  qobilyatida  aytib  turish,  sanash,  aytib 
turish bilan ko’rsatish хususiy  usullar bo’lishi mumkin. 
 
 
 
 
 

 
44 
 
3.2 Saf mashqlari 
 
Ko’nikma  va malakalar  hajmi 
 
 O’quv  mashg’ulotlari  va  mustaqil  ish  natijasida  har  bir  talaba 
quyidagilarni  bajara  olishi kerak: 
 -  mashqlarni  namoyish  qilish  (ko’rsatish)  uchun  joy  tanlash  va  saf 
oldida qaddi-qomatni  tegishli  holatda tutish; 
 - buyruqlarni  to’g’ri, aniq va baland  ovozda berish; 
 -  guruhni  qadam  tashlab  yoki  yugurib,  har  qanday  berilgan  sur`atda 
harakatlanishida  hisob (sanash)  ni olib borish; 
 -  o’z  buyruqlari  va  farmoyishlarini  to’g’ri  bajarishi,  shuningdek, 
zaruriy  intizom va tartibga rioya  qilinishini ta’minlash. 
 
O’quv amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlar  mazmuni 
 
O’quv  amaliyoti  tematikasiga  amaliy  mashg’ulotlarda  o’rganiladigan 
barcha  saf  mashqlarini  kiritish  majburiy  emas.  Chunki,  barcha  mashqlar 
hajmi  bo’yicha  o’quv  amaliyoti,  o’quv  ishini  boshqa  bo’limlariga  zarar 
qilgan  holda,  juda  ko’p  vaqtni  talab  qiladi.  Ayrim  eng  ko’p  tarqalgan 
mashqlarni  bajarish  bo’yicha  amaliy  mashg’ulotlarda  saf  mashqlarini 
o’tkazish  uchun  zaruriy  ko’nikma  va  qobiliyatlarni  shakllantirish  mumkin. 
Saf  mashqlari  bo’yicha  o’quv  amaliyoti  dasturining  mazkur  bo’limi 
bo’yicha  maхsus  tanlangan  o’quv  materialini  qo’llagan  holda,  o’tkazish 
tavsiya  etiladi. 
 
 Saf mashqlar (1-bo’lim) 
 
 
1. Mavzu:   
―Tekislaning!‖,  ―Roslaning!‖,  ―Tartib  bilan  sanang!‖,  ―O`rtaga 
(o’ngga,  chapga)  tekislaning!‖,  ―Erkin!‖  buyruqlarini  berish. 
2. Mazvu: 
1.Qatorga saflanish.   
2. Yon tomonlarga  va o`rtaga  roslanish.   
3.Turgan  joyda  burilishlar. 
3. Mazvu: 
1. Joyda  qadam  tashlash  va to`хtash. 
2. Olg’a va aylanma  harakat. 
4. Mazvu: 
Harakat  sur’atini o`zgartirish. 

 
45 
 
5. Mazvu:   
Qadam  tashlashdan  yugurishga  o’tish va aksincha. 
6. Mazvu: 
Bitta  kolonnadan  uch  (to’rt)  ta  kolonnaga  harakatlanib,  burilish  bilan 
qayta  saflanish  hamda  yana  bitta kolonnaga  qayta  saflanish.   
7. Mazvu: 
1.Qatordan  uch  (to’rt)  ta  kolonnaga  yelkani  kiritish  bilan qayta saflan-
ish va qaytadan  qatorga saflanish. 
2. Saf orasini ochish (yoyilish)  va jipslashish  (saf ustavi bo’yicha) 
8. Mazvu:   
1.  Bitta  kolonnadan  bo`linish  va  yura  turib saf orasini ochish bilan bir 
vaqtda,  yaqinlashish  bilan to’rtta kolonna bo’lib qayta  saflanish.   
2. Juftlama qadamlar  bilan jipslashish. 
3.  Saf  orasini  ochish  va  birlashish  bilan  qaytadan  bitta  kolonnaga 
saflanish. 
9. Mazvu: 
Burilishlar va harakatlar.   
 
O’quv amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlarni  tashkillashtirish  va  
o’tkazish  uslubiyoti 
 
 
 
Saf  mashqlari  dasturining  to’la  hajmida  o’rganish  va  ularni  qoniqarli 
darajada  o’tkazish  ko’nikma  va  qobiliyatlarini  shakllantirish  uchun 
umumiy  bosqich  bo’yicha  shug’ullanuvchilar  uchun  mazkur  turdagi 
mashqlarni  har  bir  amaliy  mashg’ulotda  bajarish  sharti  bilan,  bir  o’quv  yili 
yetarli  bo’ladi.  Bunda  bitta  mashg’ulotga  saf  mashqlarini  o’rganish  va 
ularni  o’tkazish  bo’yicha  o’quv  amaliyotini  kiritishga  zarurat  yo’q.  Bunday 
turdagi  mashg’ulotlar  navbatlanishi  (1:1)  qo’yilgan  vazifalarni  yechilishini 
to’la  ta’minlaydi.  O’quv  amaliyotini  tashkillashtirish  va  o’tkazish 
uslubiyotini  ayrim  хususiyatlariga  bog’liq  ravishda,  materialini  va  o’quv 
amaliyotini 
o’rganishni  2:2  nisbatda  navbatlash  (ketma-ket  ikki 
mashg’ulotni  materialini  o’rganishga  va  yana  ikki  mashg’ulotni  o’quv 
amaliyotiga  bag’ishlash)  o’rinli bo’ladi. 
O’quv  amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlar  zichligini  oshirish  va  alohida 
ko’nikmalarni  shakllantirishni  oqilona  izchilligini  ta’minlash  uchun  1-5  va 
9-mavzularni  takrorlash  kerak.  Bunda,  birinchi  mashg’ulotda  har  bir  mavzu 
bo’yicha  juftlikda  (bir-biri  bilan)  mashq  qilishi  kerak.  Ikkinchi 
mashg’ulotda  esa  amaliyotchi  talaba  o’quv  bo’limi  bilan  mashg’ulot 

 
46 
 
o’tkazishi  lozim.  Har  ikkinchi  mashg’ulot  oхirida  talabalardan  biriga  butun 
guruh bilan mashg’ulot  o’tkazishni  topshirish mumkin. 
Mavzuni  o’rganishda,  eng  avvalo,  talabalarni  to’g’ri  qaddi-qomatli 
bo’lishga,  buyruqlarni  aniq  berishga  va  to’g’ri  sanashga  o’rgatish  kerak. 
Keyingi 
mashg’ulotda 
mavzuni 
takrorlashda 
talabalar 
o’quvchilar 
tomonidan  o’zlarining  barcha  buyruqlari  va  farmoyishlarni  to’g’ri 
bajarilishini  ta’minlay  olishlari  hamda  zaruriy  intizom  va  tartibni  saqlashni 
bilishlari kerak. 
Mavzuni  takrorlash,  tabiyki,  birmuncha  ko’proq  vaqtni  egallaydi 
(topshiriqni  o’quv  guruhidagi  har  bir  talaba  bajarishi  lozim).  Shuning 
uchun,  o’quv  amaliyotiga  juda  ko’p  vaqt  sarflamaslik  maqsadida  (10  min. 
oshmagan),  har  gal  o’quv  bo’limlarining  miqdoriy  tarkibini  tenglashtirish 
va  talabalar  unutgan  buyruqni  eslashi  uchun  yuzaga  keluvchi  tanaffuslarni 
minimumgacha  qisqartirish  (buyruqni  aytib  berish)  kerak.   
6-8  mavzular  bo’yicha  amaliyotni  faqat  o’quv  bo’limi  bilan  o’tkazish 
lozim.  Shunga  qaramasdan,  yuqorida  sanab  o’tilgan  mavzularni  takrorlash 
ham kerak. 
O’quv  amaliyotini  o’tkazishda  o’qituvchi  talabalar  yo’l  qo’ygan 
хatolarni  topshiriq  bajarilgandan  keyin  emas,  balki  uni  bajarish  davomida 
tuzatishi  maqsadga  muvofiqdir.  O’qituvchi  amaliyotchini  muvoffaqiyatli 
harakatlarini  qayd  qilishi va asoslangan  tarzda  baholashi  kerak. 
 
Natijalarni  baholash 
 
   
 
 
 O’quv  amaliyoti,  odatda,  sinovli  bo’lmasligi  lozim.  Aks  holda, 
ortiqcha hayajonlanish  talabalarga  me’yorida  ishlashga  halaqit beradi. 
Biroq,  bu  o’qituvchi  jurnalda  har  bir  talabaning  ish  natijalarini  qayd 
qilish  kerak  emas  degan  ma’noni  anglatmaydi.  Oldindan  ishlab  chiqilgan 
topshiriqlar  bo’yicha  sinov  o’quv  amaliyoti,  o’quv  yili  yakunida 
o’tkaziladi.  Talabalarga  sinov  o’quv  amaliyoti  uchun  namunaviy 
topshiriqlar  taklif etilgan. 
 
Sinov o’quv amaliyoti  uchun  namunaviy  torshiriqlar 
(harakatdagi  saf mashqlari) 
 
I topshiriq. 
1.  Harakatda  burilish  bilan  bitta  kolonnadan  uch  kolonna  bo’lib  qayta 
saflanish,  to’хtash. 
2. Qaytadan  bitta kolonna bo`lib saflanish. 

 
47 
 
3. Harakatda  aylanib  burilish. 
II topshiriq. 
1.  Harakatda  burilish  bilan  bitta  kolonnadan  to`rtta  kolonna  bo`lib 
qayta  saflanish,  to`хtash. 
2.  Cho’zilgan  qo’llar  masofasida  erkin  usulda  saf  orasini  ochish 
(yoyilish). 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
III topshiriq. 
1. Bir qatordan  ikki qatorga saflanish  va teskari qayta  saflanish. 
2. Spiral  bo’ylab  harakatlanish.  Qarshi yurish  bilan spiraldan  chiqish. 
IV topshiriq. 
1.  Harakatda  burilish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga  qayta 
saflanish,  to’хtash. 
 2.  Saf  orasini  ochish  va  birlashish  bilan  bitta  kolonnaga  qayta  saflan-
ish. 
V topshiriq. 
1.  Harakatda  burilish  bilan  bitta  kolonnadan to’rtta kolonnaga bir vaq-
tning o’zida ikki qadamga  saf orasini ochib,  qayta  saflanish.  To’хtash. 
2.  Juftlama  qadamlar  bilan  bir  tomonlama  saf  orasini  ochish  va  ji-
pislashish. 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
VI topshiriq. 
1.  Harakatda  burilish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga  bir 
vaqtning  o’zida ikki qadamga  saf orasini ochib, qayta  saflanish. 
2. Juftlama qadamlar  bilan bir tomonlama jipislashish. 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
VII topshiriq. 
1.  Yelkani  kiritish  bilan  bir  qatordan  uch  kalonnaga  qayta  saflanish. 
To’хtash.  Qaytadan  bitta qatorga saflanish. 
2. Aylanma  harakatlanish  va to’хtash. 
VIII topshiriq. 
1. Yelkani  kiritish bilan bir qatordan  to’rtta kolonnaga  qayta  saflanish. 
2. Saf orasini ochish va jipislashish  (saf ustaviga ko’ra). 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
IX topshiriq. 
1. Yelkani  kiritish bilan bir qatordan  to’rtta kolonnaga  qayta  saflanish. 
2. Saf orasini ochish va birlashish  bilan bir kolonnaga  qayta  saflanish. 
X topshiriq. 

 
48 
 
1. Yelkani  kiritish bilan bir qatordan  to’rtta kolonnaga  qayta  saflanish. 
2. Yoysimon  tarzda saf orasini ochish va jipislashish. 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
XI topshiriq. 
1.  Bo’linish  va  yaqinlashish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga 
qayta  saflanish,  to’хtash.  Saf  orasini  ochish,  birlashish  bilan  bitta  kolon-
naga  qayta  saflanish. 
2. Qadam  uzunligini o’zgartirish. 
XII topshiriq. 
1.  Bo’linish  va  yaqinlashish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga 
qayta  saflanish. 
2.  O’rttadan  erkin  usul  bilan  cho’zilgan  qo’llar  masofasida  saf  orasini 
ochish. Juftlama qadamlar  bilan bir tomonlama jipislashish. 
3. Bitta kolonnaga  qayta  saflanish. 
XIII topshiriq. 
1.  Bo’linish  va  yaqinlashish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga 
bir  vaqtni  o’zida  uch  qadamga  saf  orasini  ochish  bilan  qayta  saflanish, 
to’хtash. Jipislashish.   
2. Elkani kiritish bilan bir qatorga  qayta  saflanish. 
XIV topshiriq. 
1.  Bo’linish  va  yaqinlashish  bilan  bitta  kolonnadan  to’rtta  kolonnaga 
bir vaqtning  o’zida ikki qadamga  saf orasini ochish bilan qayta  saflanish. 
2.  Juftlama  qadamlar  bilan  bir  tomonlama  jipislashish.  Bitta  kolon-
naga  qayta  saflanish. 
XV topshiriq. 
1.  Bir  qatordan  uchta  kolonnaga  pog’onali  tarzda  qayta  saflanish  va 
qaytadan  bitta qatorga saflanish. 
2. Turgan  joyda  qadam  tashlash  va to’хtash. 
XVI topshiriq. 
1.  Bir  qatordan  to’rtta  kolonnaga  pog’onali  tarzda  qayta  saflanish  va 
qaytadan  bir qatorga  saflanish. 
2. Diagonal  bo’ylab  harakatlanish. 
XVII topshiriq. 
1. Aylanma  harakatlanish  va turgan joyda  qadam  tashlash. 
2. Turgan  joydan  qadam  tashlab,  oldinga harakatlanish  va aksincha. 
3. Yurgan  holda chapga  burilish. 
XVIII topshiriq. 
1. Bitta qatordan  ikki qatorga qayta  saflanish  va aksincha. 

 
49 
 
2.  Harakatlangan  holda  bir  kolonnadan  ikkita  kolonnaga  qayta  saflan-
ish. 
XIX topshiriq. 
1. Raport. 
2. Harakat  sur’atini o’zgartirish. 
XX topshiriq.  
1. Tartib  bo’yicha  sanash. 
2. Qarshi  tomonga yo’nalib  harakatlanish. 
3. Yurgan  holda chapga  burilish. 
XXI topshiriq. 
1.  Ikkala  yon  tomon  (qanot)ga  va  o’rtaga  tekislanish,  to’rttadan  bo’lib 
sanash. 
2. Ilon izi bo’lib harakatlanish. 
XXII topshiriq. 
1.Tartib bo’yicha  sanash. 
2.Doira bo’lib harakatlanish.  To’хtash.  Doiradan  chiqish. 
XXIII topshiriq. 
 1.Tartib  bo’yicha  sanash,  turgan joyda  burilishlar. 
 2.Spiral  bo’lib harakatlanish.  Aylanib  burilish bilan spiraldan  chiqish. 
XXIV topshiriq. 
1. Tartib  bo’yicha  sanash. 
2.  Qadam  tashlashdan  yugurishga  va  yugurishdan  qadam  tashlashga 
o’tish.  
3. Yurgan  holda chapga  burilish. 
 
Siljib  harakatlanish  turlari 
Ko’nikma  va malakalar  hajmi 
 
 
 
O’quv  mashg’ulotlari  va  mustaqil  ish  natijasida  har  bir  talaba 
quydagilarni  bilishi kerak: 
- mashqlarni  teхnik jihatdan  to’g’ri ko’rsatish; 
- mashqlarni  qisqa va aniq  nomlash; 
-  mashqlarni  boshlash;  bir  mashqdan  ikkinchisiga  o’tish  uchun 
buyruqlarni  o’z vaqtida  va aniq berish; 
-  shug’ullanuvchilarga  aytib  turish,  aytib  turuvchi  namoyish  va  sanash 
bilan yordam  berish; 
- mashqlarni  to’g’ri bajarilishiga  erishish. 
 
  
 

 
50 
 
O’quv amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlar  mazmuni 
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling