Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O’quvchi-yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet105/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
MA

2. O’quvchi-yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning vazifalari
Kamolotga erishgan, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash jarayoni uning doimiy, muntazam, izchil va tizimli ravishda tarbiyalashni taqozo etadi. Bu yo‘lda kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, fundamental, kasbiy fanlar singari g‘oyaviy mazmuni talabalarga, yangi jamiyatning har bir mutaxassisiga zarur bo‘lgan ijtimoiy dunyoqarashni shakllantiruvchi tasavvurlar zahirasini hosil qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishga yangicha yondashuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. Talaba yoshlarda yagona pedagogik jarayonda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
- o‘zbek milliy mentaliteti va jahon sivilizasiyasi yutuqlariga tayanadigan manaviy qadriyatlar tizimini mustahkamlash;
- Sharq mutafakkirlari asarlarida qayd etilgan komil inson g‘oyasi, ta’limotiga amal qilish;
- O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya xususan, barkamol shaxs, yetuk mutaxassis xususiyatidagi fikr-mulohazalarni o‘rganish va ularga amal qilish.
Tarbiyaviy ishlar mexanizmi. Bunday vazifalarni hal etsh pedagogik jamoaning jismoniy va manaviy barkamol avlodni tarbiyalash, talabalarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, mehnatga halol munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash ishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yoshlar bilan ishlovchi barcha davlat va jamoatchilik tuzilmalari (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi, «Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‘bek», «Umid», «Ustoz» jamg‘armalari, Inson huquqlari bo‘yicha markaz va hokazo) bajarayotgan ishlar, dasturlardan foydalanilgan holda tarbiyaviy ishlar mexanizmini ishlab chiqish va yoshlar tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati, uning milliy istiqbol mafkurasiga asoslangan, manaviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy-maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan g‘oyaviy amal va ideallarga mos holda olib borilishi maqsadga molik masala. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglarining oldida turgan yuksak vazifadir.
Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan:
-har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviy-axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini taminlash va O‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishi, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy manaviy-axloqiy qadriyatlar, xalqning insonparvarlik an’analari hamda umuminsoniy o‘ivilizasiya yutuqlari ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish va uni etiqodga aylantirish;
-ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati meyorlari, zamonaviy qadriyatlar ehtiyoji, o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tantanalarda o‘zini ko‘rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish ruhini tarbiyalab borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar majmuida yetakchi o‘rin tutadi. Axloq yoki odob deganda - kishilarning mazkur jamiyat uchun xarakterli va muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvorlarni belgilab beradigan qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxs xulqining mazmuni mamlakatda sharqona axloq-odobga asoslangan milliy tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish jarayoni yangi ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish bilan bog‘liq. Shu manoda bugungi kun ta’lim tizimida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlari milliy axloq meyorlarini tashkil etadi.
Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlar orasida axloqiy tarbiyani amalga oshirish avvalo, ularda axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlanishi maqsadga muvofiq. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha va etiqodni tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlar, shuningdek, xatti-harakat bilan bog‘liq odat va malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan talaba-yoshlarga axloq-odob meyor va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim. Bunda asosan yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farq tushuntiriladi. So‘ngra yaxshi xulqlarni hosil qilishga qaratilgan faoliyat uyushtiriladi. Ana shu yo‘sinda yoshlarda axloqiy tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling