Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi


Download 389.03 Kb.
bet122/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
Bog'liq
MA

3.Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integrasiyasini ta’minlashga “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda belgilab berilgandek ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim uzluksizligi va izchilligi hamda o‘zaro integrasiyasi davlat ta’lim standartlari doirasida, tegishli ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etgandan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’­lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I—IV sinflar), o‘pra ta’­lim (V -IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlangach ta’limni (I-IV sinflar), o‘rta ta’lim (V- IX sinflar)ni qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha munta­zam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi at­testat beriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy o‘rta ta’lim bilan izchilligi va integrasiyasini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
- maktabning I—IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’­lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunarkollejlaridan oldin va keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantikiy bog‘liqlikligi hamda biri birini takrorlamasligini xisobga olinishi lozim;
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, izchilligi va integrasiyasi ta’minlangan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling