Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi


Download 389.03 Kb.
bet85/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128
Bog'liq
MA

O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi -kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
O‘quv meyoriy hujjatlari
Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongi xatti-harakat yetuk psixolog olim P.Y. Galperin va uning maslakdoshlari fikricha, asosan, quyidagi uch bosqichda amalga oshadi:

  1. Birinchi bochqich. Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi. Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi.

  2. Ikkinchi bochqich. Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy xatti-harakatlar bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi.

  3. Uchinchi bosqich. Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi.

Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-tarbiya ishi ma’lum meyorlar doirasida amal qiladi. Bu meyorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda, maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbiq etishni taqozo qildi.
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish, asosan, meyoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g‘oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling