1. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashning maqsad va vazifalari, kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar.
2. O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari.
3. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari.
Tayanch so’z va iboralar: tarbiya, pedagogik-psixologik metodlar, tarbiya metodlari, tarbiya prinsiplari.
1.Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashning maqsad va vazifalari, kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar
Buyuk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri. Fundamental o‘zgarishlar natijasida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslar o‘zgardi. Lekin bu o‘zgarishlar ko‘pgina hollarda “yuqori”da sodir bo‘ldi va asosan qonuniy darajalarda yuz berdi. Ammo odamlar ongi va munosabatida o‘zgarishlar juda sekinlik bilan kechmoqda. Olimlarning e’tirof etishicha, davlat tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yosh avlodni yangi qonunlar asosida to‘g‘ri tarbiyalash kerak.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar jarayoni, boshqarishning demokratik va bozor iqtisodiga o‘tish, shuningdek ta’lim, ayniqsa tarbiya maqsadi va usullarining yangilanishi kasb-hunar tizimidagi o‘quvchilarning ma’naviy qiyofasini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Endi oldindan belgilangan stereotip (o‘xshash) bo‘yicha yosh avlodlarni tarbiyalash vaqti o‘tdi. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Yangi maqsadlarga muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari o‘zgarmoqda, ta’limning variativ usullari, pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va vazifasini belgilash bu ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini aniqlaydi.
Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimning konseptual g‘oyasi – shaxs rivojlanishini maqsadga yo‘naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi zarur. Bizning nazarimizda, bunday hamkorlik pedagogikasai juda qo‘l keladi. Hamkorlik pedagogikasining mazmuni o‘quvchi-yoshlarning o‘z kuchiga ishonishini ifodalovchi munosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bo‘ladi. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan o‘quvchi-yosharning o‘z-o‘zini belgtlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan so‘z, ular o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘llarini belgilashda, o‘z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo‘ladilar. O‘qituvchi unga faqat rahbarlik qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.
Tarbiya–tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilan va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyon darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |