“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari
Ta’lim tarbiya jarayonini boshqarish va nazorat qilishda quyidagilar kasb ta’limi o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak: 1) Yuqori g‘oyaviylik. O‘qituvchi o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashi kerak. 2) Yuqori texnikaviy malaka. Masalan, kasb ta’limi jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan mutaxassislikka oid o‘quv yurtining talablari, bu mutaxassisliklarga oid bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy bilimlar asoslarini egallashlari hamda keyingi amaliy faoliyat jarayonida o‘z mahorati darajasini uzluksiz oshira borishlari kerak. 3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘zi bilim va malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay, balki o‘quvchilarda ham ma’lum malakalarni tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berishi kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining o‘z qonuniyatlari bor. Maktabdagi ta’lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta’limi o‘qituvchisi psixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o‘quv jarayoniga asos bo‘ladigan muhim qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishi kerak. 4) O‘z kasbiga muhabbat. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini chuqur bilish, o‘z kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilliklarni yengib o‘tish uchun kuch va imkoniyat topa olishi kasb ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari qatoriga kiradi. Kasb ta’limi o‘qituvchisi oliy o‘quv yurtidagi tayyorgarligi xar qancha asosli bo‘lsa ham, u tugallangan hisoblanmaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mehnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb ta’limi jarayonida o‘z aksini topmog‘i kerak. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchisi fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o‘quvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib turishi kerak. 117 O‘qituvchilar kasb ta’limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar majmuasi ham o‘zgarmay qolmaydi. O‘z ishiga ijodliy yondashuvchi o‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’sir qilishning yangi shakllarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirishning yangi usullarini topadilar. Yaxshi tajriba umumlashtiriladi va ko‘pchilikning mulki bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra har bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajriba yoritiladigan vaqtli matbuotni kuzatib borishi va undan o‘z ishida foydalanishi kerak. O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida, hayot va kasbga tayyorlanishida kasbiy ta’lim o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlashi va rivojlantirishi lozim. Buning uchun guruh rahbarini, shu guruhda ishlaydigan boshqa predmetlarning o‘qituvchilarnini va o‘quvchilarning ota-onalarini jalb qilishi kerak. Ular bilan muntazam uchrashib turish va suhbatlashish bu guruhdagi o‘quvchilarni yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. Kasb ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchilarni baholashda, ish joyini tashkil etishda, topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, o‘rtoqlik, do‘stlik, ma’suliyatni sezish hissi va xokazolarini tarkib toptirishi lozim. Buning uchun birqancha vazifalarni bajaradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling