“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining yuksak mahorati va madaniyati, uning ish joyini
to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi, buyum
namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayoning eng murkkkab
vaziyatlarida o‘zini tuta bilishi, bularning hammasi o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirib olinadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori
talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarning insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish
bilan ajralmasdir.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda uni rejalashtirayotganda
har xil metod va usullarni qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va
mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa omillarni hisobga olgan holda
ob’ektlarni tanlaydi.
Bu holat kasbiy ta’lim o‘qituvchisining o‘quvchilarni texnikaviy tafakkurni
rivojlantirish omillaridan biri hisoblanadi. Unda kasb ta’limi o‘qituvchisi muayyan
tematika bo‘yicha texnikaga oid kitoblarni tanlashda to‘garak azolariga kollej
kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam beradi.
Bunday tematik ko‘rgazmalarning roli shundan iboratki, ular boshqa
o‘quvchilarni to‘garak a’zolarining ijodiy faoliyati bilan tanishtiradi. Texnikaga oid
kitoblar bilan shu tariqa tanishish shu vaqtga qadar mazkur muammo ustida bosh
qotirmagan o‘quvchilarning texnika to‘garaklariga ham qiziqishlarni oshirmasligi
mumkin emas.
Shunday qilib, texnikaviy ijodkorlik o‘quvchilarning ilmiy texnikaviy va
umumiy ta’lim fanlaridan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning tafakkurini
rivojlantiradi, mustahkam mehnat ko‘nikmalari va malakalarini tarkib toptirishga
yordam beradi, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka qiziqish uyg‘otadi, siyosiy bilim
doirasini kengaytiradi. Bu ijodkorlik kollej o‘quvchilarini istiqlol ruhida
tarbiyalashning eng muhim vositasidir.
 O‘qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga qarab 3
bosqichga bo‘lish mumkin:
Ø Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar;
Ø Amalga oshirish bo‘yicha vazifalar;
Ø Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling