“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
maqsad va vazifalari
Har qanday ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati va uni nazorat qilishning maqsadlari bir-birini taqozo etuvchi va uzviy aloqador: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Bu maqsadlar bir-birlari bilan uzviy aloqadorligi sababli ularning har birini shartli ravishda alohida-alohida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: I. Ta’limiy maqsad - mavzu bo‘yicha o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra aniqlanib, o‘quvchilarda o‘rganilayotgan ob’ektning muhim xususiyat (jihat)lari, namoyon bo‘lish shakllari haqida bilim va ulardan amaliyotda (kasbiy faoliyatda yoki umuman hayotda) foydalanish bo‘yicha ish-harakat usullarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. II. Tarbiyaviy maqsad - o‘rganilayotgan ob’ektni jamiyat va tabiat hayoti, manfaati uchun qanday ahamiyatga egaligini ko‘zda tutib, o‘quvchi shaxsida shakllanishi lozim bo‘lgan shaxsiy (ijobiy va salbiy) xislat hamda fazilatlarni ko‘zda tutadi. III. Rivojlantiruvchi maqsad - tahsil oluvchining dasturiy materialni o‘zlashtirishi natijasida bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish bilan bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlarining shakllantirilishini ko‘zda tutadi. Fikr yuritish o‘rganilayotgan ob’ektni muhim o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olish idrok etish va mushohada yuritish uchun diqqatni qaratilishini talab etadi. Ta’lim-tarbiya ishini o‘quvchilarning yoshi va boshqa individual xususiyatlariga ko‘ra tashkil etish — individual va tabaqalashgan yondoshuv bu sohadagi muhim masala bo‘lib, maqsadga erishish shart-sharoitlari, metodlari, vositalarini tanlashga imkon beradi. Ta’lim-tarbiya ishida quyidagilar hisobga olinmog‘i zarur: 1.Ta’lim-tarbiya ishini yakka va jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirish. 2. Har bir o‘quvchining kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga olish va undan oqilona foydalanish. 3. Har bir o‘quvchiga mos keladigan vazifalarni berib o‘z kuchiga ishontirish. 4. O‘quv masalalarining muammolilik va qiyinlik darajasini asta-sekinlik bilan oshirib borish. 5. Mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishish. 6. Ko‘zlangan umumiy maqsadga har bir o‘quvchining o‘z kuchi bilan erishish shart-sharoiti metodlari va vositalarini oldindan topish. 7. Dars vaqtidan unumli foydalanishga erishish. 8. O‘zlashtirilgan bilim va ish-harakat usullarini mustahkamlash va qo‘llash maqsadlarida o‘quvchilarni ijodiy mustaqil ishlarini tashkil etish va shu kabilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling