Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari
1. Dars
2. Seminar mashg‘ulotlari
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
4. Sayohat (ekskursiya)
5. O‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash
6. O‘quvchilarning uy ishlari
7. O‘quv sexlari va maydonlarida ta’lim berish
8. Ustoz shogird tarkibida ta’lim berish
9. Xususiy (shaxsiy) ish o‘rinlarida o‘quvchilarni o‘rgatish
10. Korxonadagi ishchilar o‘rnida ishlab chiqarish amaliyoti.
Ravshanki, bularning barchasi kollej ta’lim-tarbiya mazmuni bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular ma’lum ta’limiy, tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat
qiladi. Bu ishlarning barchasini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil eta olish uchun
pedagog-tarbiyachi juda ko‘p narsalarni bilishi va uddalashi kerak. Yuqori malakali
mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojning tobora ortib borishi o‘rta maxsus, kasb-
hunar tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha rahbar, muhandis-pedagog, o‘qituvchi
va tarbiyachilarning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |