Pedagogik talab
O‘quvchilarga talab bevosita va bilvosita shaklda qo’yilishi mumkin. Bevosita
talablar buyruq, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqdir. Ular jamoa endi tarkib topayotgan paytda
guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichi uchun xosdir. Bilvosita talablar - iltimos,
maslahat, shama qilish va hokazolar o‘quvchilarda muayyan darajada shakllangan
e’tiqod, motivlar, to‘g‘ri xulq-atvor, odamlar bo‘lishini taqozo etadi. Talablarning
bilvosita shakli ko‘pincha bevosita talablardan samaraliroq bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri
Jamoaning baholari, mulohazalari, irodasini birlashtiruvchi jamoatchilik fikri
mohir pedagog qo‘lida katta tarbiyaviy samara beradigan faol va ta’sirchan kuchdir.
O‘quvchilarning yig‘ilishlardagi nutqlari, mavjud kamchiliklar xususida aytilgan
tanqidiy mulohazalar, devoriy gazetadagi maqolalar, o‘quvchilar o‘z-o‘zini
boshqarish organlarining qarorlari, jamoatchilikning ma’qullashi yoki qoralashi,
jamoa talabi va hokazolar jamoatchilik fikri ifodasining shaklidir. Rivojlangan
jamoada jamoatchilik fikrining roli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga jamoatchilik fikri stixiyali tarzda shakllanmaydi. U o‘qituvchi va
boshqa pedagoglar tomonidan guruhdagi tarbiya jarayonining boshqarilishi qanday
bo‘lishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |