“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Tarbiyaviy ta’sirning birligi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Tarbiyaviy ta’sirning birligi. Bu prinsip tarbiyaga daxldor bo‘lgan barcha
shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pedagogik ta’sirni o‘zaro to‘ldirgan holda,
birlashib harakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yishlari,
bir-birlari yordam berishlari talab etiladi.
2. O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari
Tarbiyaviy tizimining eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri – bu shaxsni
ijodkorlikka, mustaqillikka, insonparvarlikka, o‘zini qadrlay bilish va o‘zgalarga
hurmat qilishga o‘rgatishdir.
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari
qo‘yiladi.
 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning  ustivor  yo‘nalishlari quyidagilar
hisoblanadi:
· o‘quvchilarning qiziqishi-xohishiga qarab ta’lim muassasasi va undan
tashqarida tashkil etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish;
· o‘quvchilar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar o‘tkazish;
· fan to‘garaklari, texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar va amaliy ijodkorlik
to’garaklari mazmunini o‘zgartirish;


137
· badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish;
· ta’lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida o‘z-o‘zini
boshqarishni rivojlantirish.
 Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,  guruh
rahbari,  muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar o‘quvchi  yoshlarni  tarbiyalashda asosiy
shaxslar hisoblanadi. Ular o‘quvchi yoshlarning individual xususiyatlarini, hayot
sharoitini o‘rganadi va tahlil etadi, o‘quvchilar jamoasining rivojlanishi borasida
bashorat qiladi, ularning shaxs sifatida o‘z-o‘zini  belgilashiga yordam beradi.
·
O‘quv-tarbiyaviy jarayonida yuritiladigan asosiy hujjatlardan biri bu
o‘quvchilarching psixologik pasporti - xarakteristika. Ta’lim muassasasida har bir
o‘quvchining psixologik pasporti bo‘lishi lozim. Uni muntazam ravishda to‘ldirilib
borilishi tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi har qanday shaxs (ma’naviyat-ma’rifat
ishlari  bo‘yicha direktor o‘rinbosari, guruh rahbari, muhandis-pedagog, tarbiyachi
o‘quvchi)ning refleksiv madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Pasport
xarakteristikada qayd  etiladigan ma’lumotlar uchta manba orqali olinadi: kuzatish va
o‘quvchilar bilan suhbatlashish, hujjat (shaxsiy varaqalar, tibbiyot ko‘rigi, kartalar,
jurnallar va boshqalar) bilan test savollari, treninglar o‘tkazish orqali. Tarbiyaviy
masalalarni  hal  etishdagi  qiyinchiliklar o‘quvchi-yoshlarning o‘smir yoshi bilan
bog‘liq muammolar, ularning jismoniy va ruhiy o‘ziga xosligi, yoshlarning norasmiy
guruhlari ommaviy axborot vositalarining o‘quvchi-yoshlarning xulq-atvoriga
ta’sirining yoritishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari o‘smirlarga ta’sir ko‘rsatish
borasida raqobatlarning kuchayganini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Bunda shubhasiz, ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar g‘olib kelmog‘i kerak.
Ta’lim muammolarda o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan ishlashga katta o‘rin
ajratiladi. Ota-onalar bilan muntazam ravishda psixolog suhbatlashadi va
maslahatlashadi. Xolbuki, bunga doimiy ravishda ehtiyoj ortib bormoqda. Shuning
uchun ota-onalar lektoriyalarini muntazam ravishda (psixolog suhbatlashadi va
maslahatlashadi) yo‘lga qo‘yishi muhimdir. Pedagoglar huquqni muhofaza etuvchi
tashkilotlarning xodimlari va boshqalar ishtirokida anjumanlar tashkil etish yaxshi
samaralar beradi. O‘quvchilarga tarbiya berish va ular shaxsini rivojlantirishda
adabiyotning tarbiyalovchi imkoniyatidan foydalanishi muhim ahamiyatga ega.
Badiiy adabiyot ta’sirida o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning o‘ziga xos jihati
shundan iboratki, bunda ular ijodiy qobiliyatini, barcha ma’naviy imkoniyatlarini
namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari  jamoaning ijodiy ishlari
metodikasi bo‘yicha tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish o‘quvchilarning aqliy
imkoniyatlarini oshiradi. Jamoaning ijodkorlik ishlari deyilganda, ta’lim
muammosida turli mavzular bo‘yicha har xil anjuman, yig‘ilishlar, tadbirlar,
ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni  tashkil   etish  tushuniladi. Shuningdek, o‘qituvchi va
o‘quvchilar ishtirokida turli uyushma yoki jamoat tashkilotlari tuzilib, ishlab
chiqilgan  Nizomlar asosida tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Bizning nazarimizda,  o‘quvchining  ta’lim-tarbiyasi borasida ushbu maqsadlar
hozirgi zamon o‘zbek  ta’limi  uchun istiqbolli hisoblanadi. Darhaqiqat, tarbiyalash
texnologiyalari borasida Vatanimiz fani va amaliyotida yetarli darajada katta
tajribalar to‘planganini e’tirof etmoq zarur. Demak, ma’naviy meros  va uning natijasi
o‘laroq, ma’naviy kamolot maqsadga erishish kafolatdir, desak xato bo‘lmaydi. Har


138
qalay yosh avlodni oldindan belgilangan stereotiplar asosida shakllantirish payti o‘tdi.
Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
tendensiyalari bilan muntazam tanishtirib borish  o‘ta muhimdir. Bu ularning o‘z
hayoti yo‘lini erkin tanlashga imkoniyat yaratadi. Demak, yangi maqsadlarga
muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish usullari ham o‘zgaradi.
 O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish
ularning jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda
esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
 Tarbiyaviy ishlar darsdan tashqari faoliyat bo‘lib, tarbiyalamoq o‘quvchi-
yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir.
 Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tarbiyaviy ishlarda
katta samara beradi. Texnologiya - bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rag‘batlantirish
qonunlarini o‘zida jo qilgan va yakuniy natijasini harakatlaydigan pedagogik
faoliyatdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda loyiha usulida keng
foydalanilmoqda. Loyiha asosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tarbiyaviy
ish strategiyasini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Loyiha usullari - maqsadga
yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, maqsad oldindan belgilanadi. Tarbiyaviy
yoshlar loyihasi  bu o‘quvchilarning ijodiy, ma’lum  darajada mustaqil faoliyati:
•    bunda o‘quvchilarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani ijro
etish uchun zaruriy material-ma’lumotlar to‘plashadi;
•    tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish  bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi;
•   tadbirlarni amalda tashkil etish - o‘tkazishda faoliyat ko‘rsatishadi;
•   tadbirlarning ijtimoiy ahamiyatini bilishadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling