Reja: Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi


Download 156.2 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi156.2 Kb.
#1646855
Bog'liq
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING O\'ZBEKISTON RESPUBIKASI DAVLAT ORGANLARIDAGI TIZIMI


HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING O'ZBEKISTON RESPUBIKASI DAVLAT ORGANLARIDAGI TIZIMI
Reja:


1.Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi
2. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlari (funksiyalari) va ularni amalga oshiruvchi organlarning umumiy tavsifi
3. «Huquqni muhofaza qilish organlar» fanining tushunchasi va mazuni
4. «Huquqni muhofaza qilish organlari» fanining
yuridik fanlar tizimida tutgan urni
5. Huquqni muhofaza qilish organlari to`¦risidagi qonunchilik

Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi


Adabiyotlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar fao-liyati hamda ularni tavsiflovchi belgilar to`¦risida yagona fikr yo`q. Ayrim mualliflar «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» tushunchasiga keng va har tomonlama yondashganlar, ularning fikricha huquqni muhofaza qilish organlariga barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari va boshqa ijro organ-larini kiritish mumkin, sud, prokuratura, hamda advoka-tura va notariat to`¦risida gapirmasa ham bo`ladi, chunki yuqorida sanab o`tilgan organlarning barchasi huquqni muho-faza qilish hamda qo`riqlashda o`z o`rniga ega.[1]
Davlat organlari turli xil masalalarni hal qiladi-lar, ya`ni iqtisodiyot faoliyatini ta`minlash, tashqi siyosat-ni amalga oshirish, ilm-fan rivojiga sharoit yaratib berish, ta`lim, madaniyat, mudofaa qobiliyatini ta`minlash v.b. Har bir davlat organi o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda qonuniylikni ta`minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnat kollektivlarini huquq va qonuniy manfaatlarini qo`riqlash, huquqbuzarlik va ji-noyatchilikka qarshi kurashish kabi bir qator huquqni muho-faza qilish sohasidagi faoliyatni ham amalga oshiradilar.
Davlat va jamiyatdagi institutlarning huquqni muho-faza qilish yo`nalishi O`zbekiston Respublikasi Konstitu-siyasida o`rnini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 13-modda-sida: «O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquq-lari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi».
Ushbu masala O`zR Konstitutsiyasining 2,15,19,20,43-mod-dalari va boshqa bir qator moddalarda o`z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda fuqarolar o`zlarining huquq va erkin-liklarini qonuniy yo`llar bilan ta`minlashni talab qilishga haqlidirlar.
Shuni ta`kidlash kerakki, ko`pgina davlat organlari-ning faoliyat doirasi inson huquq va erkinliklarini ta`-minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarni oldi-ni olish, qonuniylikni ta`minlash masalalarini hal qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Birinchi navbatda ular xo`ja-lik, fan, madaniyat, mudofaa qobiliyati, tashqi siyosat va boshqa sohalar bilan shu¦ullanishadi. Qonuniylikni ta`-minlash va tartibni saqlash funksiyalarini ular o`zlari-ning asosiy faoliyatlari bilan birgalikda amalga oshiradi-lar.
Yuridik adabiyotlarda huquqni muhofaza qilish fao-liyatiga tor, o`ziga xos yondashuv mavjud.
V.M. Semyonov huquqni muhofaza qilish organlarini quyidagicha ta`riflaydi: huquqni muhofaza qilish organ-lari – bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari bo`lib, ular o`z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga oshiradilar, qonuniylik va huqu-qiy tartibotni ta`minlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoa-lari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta`sir choralarini qo`llaydilar.[2]
Ushbu tushuncha o`zining mohiyatiga ko`ra barcha davlat organlariga tegishlidir, chunki sanab o`tilgan funksiyalar ularning barchasiga xosdir.
Ushbu tushunchaning asosini qonuniylik hamda huquqiy tartibot tashkil etadi. 1992 yil qabul qilingan O`zR Kons-titutsiyasida qonuniylik va huquqiy tartibot iboralari ko`p ishlatilgan, aniqro¦i 121-moddaning 2-qismida: «Qonuniy-lik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko`rsa-tishlari mumkin» deyilgan. Qonuniylik va huquqiy tarti-bot O`zR Konstitutsiyasining 24-42, 43-54 hamda boshqa modda-larda ham ko`rsatilgan va kafolatlangan.
Ushbu bobda huquqni muhofaza qilish faoliyati hamda «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» tushunchasining umu-miy masalalari ko`rilayotgan ekan, bu yerda ushbu masala yuzasidan izlanishlar olib borgan bir qator mualliflar-ning qarashlari, fikrlarini keltirib o`tish maqsadga muvo-fiq bo`ladi.
Shuni ta`kidlash joizki, ushbu masalaga yondashuvlar hamda qarashlar turlichadir.
Masalan, A.P. Rijakovning fikricha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo`lib qonunga muvofiq jismoniy (yuri-dik) shaxslarning hamda davlatning huquq hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi hamda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta`minlovchi muassasa, mansabdor shaxs yoki boshqa shaxslar (masalan, sudya, tergovchi, yuridik yordam ko`rsatuvchi fuqaro) hisoblanadi.[3]
Bizning fikrimizcha, ushbu tushuncha yetarli darajada to`liq bo`lmay, unda faqatgina huquqni muhofaza qilish faoliyatining ayrim elementlari to`¦risida gap boradi.
V.N. Galuzoning fikricha: «Har bir huquqni muhofaza qiluvchi organ o`z ichiga alohida elementlarni olgan murak-kab tashkiliy tizimni aks ettiradi. Ushbu tizim zamirida, odatda, Rossiya Federatsiyasining federativ tuzumi, uning ma`muriy hududiy bo`linishi hamda harbiy-ma`muriy bo`li-nishi yotadi».[4]
Ushbu fikrni B.N. Gabrichidze asosli ravishda tanqid qilib, davlatning harbiy-ma`muriy bo`linishi hech qanday vaziyatda huquqni muhofaza qilish organlarining butun tizimiga ta`sir ko`rsatmasligini ta`kidlaydi.[5]
Quyidagicha ta`rif ham mavjud: «Huquqni muhofaza qilish organlari sohaviy faoliyati xususiyati bo`yicha alo-hida mustaqil davlat organlari guruhini tashkil etib, ular oldilariga aniq bir maqsadni qo`yadilar».[6]
Yuqoridagi ta`rif o`zining qisqaligidan «ajratilgan» deganda nimani nazarda tutishi hamda «sohaviy faoliyat» nimani anglatishi haqida tu¦iladigan savollarga javob bermaydi.
Adabiyotlarda shunday ta`rif ham borki, unda asosan «Huquqni muhofaza qilish organlari» atamasi terilgan, yi¦ma hisoblanadi.
Unda bir necha davlat organi birlashgan bo`lib, xususiya-tiga ko`ra ular huquqni muhofaza qilish sohasida qonun bilan belgilangan vakolati doirasida shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, huquq va erkinliklarini qo`riqlash bo`yicha ixtisoslashgan holda faoliyat olib boradilar yoki huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan boshqa funksiyalarni birgalikda amalga oshiradilar.[7]
Ushbu ta`rif tanqid qilingan bo`lib, bizning fikri-mizcha bu tanqid asoslidir. Chunki bu yerda ushbu guruhlar-ning prinsiplari qanday ekanligi, fuqarolar, jamiyat, davlat manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qi-lishga ixtisoslashgan organlar qaysilar ekanligi aniq yori-tib o`tilmagan. K.F. Gutsenko va M.A. Kovalevlarning huquq-ni muhofaza qilish faoliyati mazmuni va xususiyatlariga taalluqli fikrlari bizda qiziqish uy¦otadi.
Huquqiy tartibot organlari tushunchasi bilan huquqni muhofaza qilish organlari tushunchasi bir-biriga yaqin hisoblanadi. Ushbu tushunchalar o`xshash bo`lgani bilan ular aynan bir tushuncha degan fikr uy¦otmasligi kerak. Chunki har qanday huquqiy tartibot organi huquqni muhofaza qilish organi emas. Aytib o`tish joizki, huquqni muhofaza qilish organlari safiga huquqiy tartibot organlaridan bir qismini kiritib bo`lmaydi.
U yoki bu davlat organini huquqni muhofaza qilish organlari safiga qo`shishda amal qiladigan talablarni ang-lashda «huquqni muhofaza qilish faoliyati» deb nom olgan faoliyatning xususiyatlarini aniqlash kerak. Ushbu tushuncha nisbatan yosh tushuncha hisoblanib, amaldagi huquqshunoslik-ka 50 yillar oxiri – 60 yillar boshlarida kirib kelganligi sababli boshqa atama va tushunchalarga qaraganda «mur¦ak» deyish o`rinli bo`ladi. Uning atrofida faol tortishuvlar kechmoqda, turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ammo hozirgi amaldagi qonunchiligimizda bu haqda aniq ko`rsatmalar yo`q.
Davlat faoliyatini ko`rib chiqayotgan mavjud doktrina-lar aniq xususiyatlarga ega. Ulardan biri shunda ko`rinadi-ki, bunday faoliyat har qanday usul bilan amalga oshmaydi, balki faqat huquqiy ta`sir chorasini qo`llagandagina no-moyon bo`ladi. Unga qonun bilan yo`l qo`yilgan davlatning majburlov hamda jazolash usullarini kiritishimiz mum-kin. Masalan, jinoyat sodir etilgan taqdirda, unga nisbatan jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jazo yoki qonunda belgilangan boshqa huquqiy ta`sir chorasi qo`llaniladi; jinoiy javobgarlik keltirib chiqarmagan holda moddiy zarar yetkazilganda, zararni qoplash majburiyati yuklanadi; agar shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar bajaril-magan bo`lsa, aytaylik biron-bir xizmat yoki mahsulot tayyor-lash lozim darajada bajarilmasa, u holda moddiy sanksiya qo`llaniladi; shaxs avtotransport vositasini mast holda boshqargan taqdirda, unga nisbatan jarima qo`llanishi yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi va h.k. Huquqiy ta`sir choralarning huquqka xilof harakatlarni ogohlantirish, ularni profilaktika qilish turlariga katta ahamiyat berilgan.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining ikkinchi aha-miyatli belgisi huquqiy ta`sir choralarini qo`llashda qonun yoki boshqa huquqiy me`yorlarda ko`rsatilgan shartlarga to`la mos kelishidir. Faqat ulargina huquqiy ta`sir choralarini qo`llashga asos bo`la oladilar. Shunday ta`sir chorasini qo`l-lovchi organ qonunga aniq, puxta amal qilishga majbur. Ma-salan, agar qonunga asosan birinchi marta bezorilik jinoya-tini sodir etganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi qo`llanila-digan bo`lsa, u holda yuqoridagi ta`sir choralari faqat shu chegaralarda qo`llanilishi lozim.
Uchinchidan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga xos belgilardan biri shundaki, u faqat qonunda belgilangan ma`lum tartibga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Misol uchun jinoiy jazoni belgilaydigan yoki undan ozod qiladigan yoxud sudlanuvchini oqlaydigan sud hukmi faqat protsessual normalarda belgilangan tartibda sud muhoka-masida ish holatlari to`la, har tomonlama xolisona muhoka-ma qilgandan keyingina chiqariladi. Bunday muhokama mas-lahatxonada maslahatlashuv sir saqlangan va boshqa tartib-qoidalarga rioya qilgan holda o`tkaziladi. Qonunda boshqa huquqbuzarliklarni hal qilishning o`z tartib-qoidalari belgilangan. Mulkiy, meros, ishdan bo`shatilganlik to`¦risi-dagi va boshqa nizolarni ham hal qilishning o`ziga xos tegishli tartib-qoidalari mavjud. Xulosa qilib aytganda u yoki bu huquqiy ta`sir chorasini qo`llash yoki qo`llamaslikka qaror qilish uchun qonunda majburiy ravishda amal qilish lozim bo`lgan aniq qoidalar o`rnatilgan. Ularni buzganlik qarorni noqonuniy hamda haqiqiy emas deb topish uchun asos bo`ladi.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining oxirgi belgisi shuki, faoliyatni amalga oshirish, avvalo, maxsus vakolat-larga ega bo`lgan davlat organlariga yuklatiladi va ular o`z navbatida tegishli ravishda tayyorlangan xodimlar – aksa-riyat holda yuristlar va boshqa sohalarni egallagan mutaxas-sislarga ega bo`ladilar. Ularning ixtiyoriga moddiy va tex-nik vositalar beriladi. Bunday davlat organlarini tashkil etish va ularning faoliyati alohida qonunda belgilanadi va shu bilan bir qatorda muhim masalalarni hal etishning pro-sessual tartibi ham mavjud. Bularning barchasi huquqni muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta`sir choralarini qo`llashga qaror qilishida tezkorlik, asoslilik, qonuniylik va adolatni ta`minlash uchun zarur.
Yuqorida aytilganlarni e`tiborga olib huquqni muho-faza qilish deb hisoblanayotgan faoliyat tushunchasini aniq-lash mumkin. Keltirilgan belgilar va ularga berilgan qis-qacha sharhlardan ko`rinib turibdiki, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga shunday davlat faoliyatini kiritish mumkinki, unda maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organ-lari qonunga hamda belgilangan tartibga qat`iy rioya qilgan holda huquqni muhofaza qilish maqsadida huquqiy ta`sir chorasini qo`llaydilar.[8]
Bu tushunchada asosan huquqni muhofaza qiluvchi davlat faoliyati haqida gap boradi. Biroq bunday faoliyat faqat-gina huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki barcha davlat organlari tomonidan u yoki bu darajada amalga oshriladi.
Yuqorida keltirilgan barcha tushuncha va ta`riflarni tahlil qilib, huquqni muhofaza qilish faoliyati – bu dav-lat va uning nomidan maxsus vakolatli organlarning qonun bilan belgilangan tartibda huquqiy ta`sir chorasini qo`l-lash orqali qonuniylikni, huquqiy tartibotni ta`minlash, jamiyat, davlat va boshqa fuqarolik birlashmalarining huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, fuqaro-larni huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatdir deyish mumkin.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining belgilari quyidagilar:
1. Huquqni muhofaza qilish faoliyati maxsus vakolatga ega bo`lgan, faoliyati, tuzilishi, tarkibi qonun bilan qat`iy tartibda belgilangan davlat organlari tomonidan amalga oshriladi.
2. Huquqni muhofaza qilish faoliyati fuqarolar, ja-miyat va davlatni jinoyatchilik yoki boshqa tahdidlardan himoya qilishga yo`naltirilgan.
3. Huquqni muhofaza qilish faoliyati qonun bilan bel-gilangan qat`iy tartibda amalga oshiriladi. Vakolatli or-gan u yoki bu ta`sir ta`sir chorasini qo`llash yoki qo`llamas-likdan oldin o`sha holat bo`yicha qonun bilan belgilangan qoidalarga rioya qilishga majbur.
4. Huquqni muhofaza qilish faoliyati faqat davlatning majburlov yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasini qo`llash orqali amalga oshiriladi.
5. Huquqiy ta`sir chorasi qat`iy tartibda qonun aso-sida bo`lishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan hamda huquqiy davlat qurilayotgan hozirgi davrda jamiyat va davlat hayotida hu-quqni muhofaza qilish organlarining ahamiyati va roli oshib boradi. Shunday ekan, ko`pgina davlat organlari hamda maxsus organlarning huquqni muhofaza qilish faoliyati ham oshib boradi.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlari (funksiyalari) va ularni amalga oshiruvchi organlarning umumiy tavsifi
Umuman olganda, funksiyalar – u yoki bu organ, tashki-lot, shuningdek, jamoat birlashmalari faoliyatining asosiy, bosh yo`nalishlari bo`lib hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish sohasidagi funksiyalar to`¦-risidagi masala davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, ma`muriy huquq, jinoyat huquqi va jinoyat protsessi sohalarida ish olib boruvchi olimlar va tadqiqotchilarni diqqatini tortadi.
Funksiyalarning eng umumiy ko`rinishi – u yoki bu organ, tashkilot, shuningdek, jamoat birlashmalari faoliyati kon-turlari va chiziqlarining asosiy, bosh yo`nalishlari bo`lib hisoblanadi.
I.L. Bachiloning monografiyasida davlat organlari funksiyalarining tabiati va xususiyati to`¦risida tadqiqot-lar olib borilgan. Bunda muallif boshqaruv organlari funksiyalarining bir-biri bilan o`zaro aloqadorligi hamda huquqiy maqomini belgilovchi va tashkiliy huquqiy fao-liyatiga oid ma`lumotlarni muntazam ravishda almashib turishga asoslanganligini e`tirof etadi. Ushbu organlar boshqaruv obyektlarini siyosiy – iqtisodiy, rejali, uslu-biy, moddiy, texnikaviy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta`minlaydi, ya`ni, ularning oldida turgan boshqaruv tizi-mining vazifalarini belgilab beradi.[9]
Ushbu tadqiqotlar boshqaruv organlarini tushunishda juda muhim bo`lgan holatlarni o`zidan aks ettiradi. Funk-siyalar davlat organi faoliyatining mazmunini yetarli dara-jada aniqlashtirib beradi. Huquqni muhofaza qilish organ-lari funksiyalari haqida turli xil fikrlar mavjud va ular quyidagilar.[10]
Huquqni muhofaza qilish faoliyati o`zining mazmuniga ko`ra bir tomonlama emas. Uning ko`p qirraligi esa mazkur davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini, mazmunini aniqlashda bajariladigan turli xil ijtimoiy funksiya-larda namoyon bo`ladi. Bunday yo`nalishlar (funksiyalar) qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- konstitutsiyaviy nazorat;
- odil sudlov;
- sudlar faoliyatini tashkiliy ta`minlash;
- prokuror nazorati;
- jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish;
- jinoyat ishlari bo`yicha yuridik himoya va yordam ko`rsa-tish;
Yuqorida sanab o`tilgan har bir yo`nalish o`zining aniq belgilangan natijalariga erishish maqsadini ko`zlaydi, ya`ni: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normala-rini buzish holatlarini bartaraf etish; jinoiy va fuqa-rolik ishlarini adolatli muhokama qilish va hal qilish; sudlarning normal faoliyat ko`rsatishi uchun imkoniyatlar yaratish; prokurorning ta`sir etish choralari yordamida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va bartaraf etish; jinoyatlarn fosh etish va uni sodir etgan shaxslarni javob-garlikka tortish; sudda ishlarni ko`rish uchun hujjatlarni tayyorlash; yuridik yordamga muhtoj bo`lgan barcha shaxslarga, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordam ko`rsatish. Ushbu natijalarga eri-shilgan taqdirda yuqorida ta`kidlab o`tilgan huquqni muho-faza qilish faoliyatining vazifalarini bajarilishi ta`-minlanadi.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar (yo`nalishlar) bir-biri bilan uzviy bo¦liq va bir-birini to`ldirib turadi. Shuni ta`kidlash joizki, konstitutsiyaviy nazorat va odil sudlov bularning orasida eng muhim o`rinni egallaydi. Ular o`zining mazmun jihatdan hozirgi kunda sud hokimiyati deb nomlanadi. Ma`lumki, davlat hokimiyatining mazkur tarmo¦i huquqiy davlatning asosiy, bosh belgisi bo`lishi kerak. Chunki, huquqiy davlatni barpo etish uchun sud huquqiy islohotlarni shakllantirib, ularni rivojlantirib bori-lish lozim. Buni davlatning samarali konstitutsiyaviy nazo-ratisiz va odil sudlovsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular-ning rivojlanishi va kengayib borishi jamiyat va davlat mexanizmiga o`z ta`sirini o`tkazadi. Chunki, bu hol jamiyat va davlat mexanizmi samarali bo`lishini ta`minlaydi.
Odil sudlov – bu huquqni muhofaza qilish faoliya-tining shunday funksiyasiki, u davlat va nodavlat tashki-lotlari, mansabdor shaxslarning, inson va fuqarolarning huquq va qonuniy manfatlarini amalga oshirishga bevosita aloqador. Bundan tashqari, boshqa huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid funksiyalarni ham bajaradi. Masalan, agar dastlabki tergov vakolatli organlar tomonidan har tomon-lama, to`la va xolisona olib borilmasa, shuningdek, ish bilan bo¦liq bo`lgan kerakli dalillar va boshqa hujjatlar aniq-lanmasa, bunda jinoyat ishlari bo`yicha qonuniy, asoslanti-rilgan va adolatli hukm chiqarib bo`lmaydi. Shuning uchun odil sudlov huquqni muhofaza qilish faoliyatining yuragi ekanligini e`tirof etish kerak.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga oid vazifalarni amalga oshiruvchi aniq organlar mavjud bo`lib, ular huquqni muhofaza qilish organlari deb nomlanadi. Hozirgi kunda bunday organlar haqidagi masala turlicha hal etiladi.
Masalan, A.P. Rijakov huquqni muhofaza qilish fao-liyatining 17 turdagi asosiy yo`nalishlari haqida fikr yuritgan. Bularga quyidagilar kiradi:
1) Odil sudlovni amalga oshirish;
2) Sudlarning faoliyatini tashkiliy ta`minlash;
3) Jinoyat - ijroiya faoliyati;
4) Prokuror nazorati va prokuratura sohasidagi fao-liyatning boshqa yo`nalishlari;
5) Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish faoliyati;
6) Dastlabki tergov;
7) Surishtiruv;
8) Tezkor - qidiruv faoliyati;
9) Notarial faoliyat;
10) Jinoyat ishlari bo`yicha yuridik himoya va yordam ko`r-satish (yuridik xizmat);
11) Sud ish yurituvi (jinoyat protsessi);
12) Xavfsizlikni ta`minlash;
13) Jamoat tartibini qo`riqlash;
14) Bojxona to`¦risidagi qoidalarni buzganlikka doir ishlarni yuritish;
15) Soliq to`¦risidagi huquqbuzarliklarga doir ishlar-ni yuritish;
16) Kontrrazvedka sohasidagi faoliyat;
17) Tashqi razvedka.[11]
Boshqa mualliflar esa huquqni muhofaza qilish organ-lari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni turli xil ko`rinishlarini e`tirof etganlar.[12]
Bundan tashqari, davlat organlariga, shuningdek, huquq-ni muhofaza qilish organlariga tegishli bo`lgan umumiy xarakterdagi vazifalar haqida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining vazi-falari to`¦risida. Bularga: rejalashtirish, nazorat, inspek-siyalar, axborot bilan ta`minlash, razvedka (boshqaruv, xodimlar orasida, moliyaviy), qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini tekshirish va nazorat qilish, kuzatuvni tashkil etish, yakuniy xulosa berish va hokazolarni kiritish mumkin.
Bizningcha, huquqni muhofaza qilish faoliyatining aso-siy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
1) konstitutsiyaviy nazorat, uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarning O`zbekiston Respubli-kasi Konstitutsiyasiga mosligini tekshirish;
2) odil sudlovni yuritish, ya`ni fuqarolik va jinoiy ishlarni tortishuvchilik asosida olib borish va ular yuza-sidan qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilish;
3) xo`jalik sudlarida sud ishlarini yuritish, ya`ni fuqarolik-huquqiy munosabatlar (iqtisodiy nizolar) va boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqa-digan nizolarni hal qilishda sud hokimiyatini amalga oshirish;
4) sud organlarining normal faoliyat ko`rsatishini ta`-minlashga va sud qarorlarini ijro etish yuzasidan ishlarni tashkil etishga qaratilgan sud faoliyatini tashkillashti-rish va moddiy-texnik jihatdan ta`minlash;
5) prokuror ta`sir choralari yordamida qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan prokuror nazoratini amalga oshirish;
6) notarial faoliyat;
7) jinoyatlarni fosh etish hamda ijtimoiy xavfli qil-mish sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan faoliyat;
8) jinoyat ishlari bo`yicha yuridik himoya va yordam ko`r-satish.
Sanab o`tilgan vazifalar (yo`nalishlar)ni amalga oshi-rish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari deb atalgan davlat organlari va boshqa nodavlat organlari tash-kil topadi. Ushbu huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- sudlar (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudga bo`ysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sud-lar, xo`jalik sudlari)
- sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta`minlashni amalga oshiradigan organlar (O`zbe-kiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni lavozimga tavsiya qilish va tanlash Oliy malaka komissiyasi; O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti);
- prokuratura;
Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilin-gan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari);
- notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (nota-riat va boshqalar);
- advokatura.
Surishtiruv organlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga kiritish to`¦risidagi masala yuzasidan turli xil fikrlar mavjud. Ushbu organlarning huquqni muhofaza qilish vazifalaridan birini bajarganligini inobatga olib, ularni ham huquqni muhofaza qiluvchi organ-lar qatoriga kiritish bir jihatdan to`¦ri bo`larmikan? Mi-sol uchun, olis safarda bo`lgan kema kapitani uchun surishti-ruv vazifasi asosiy bo`lib hisoblanmaydi. Biroq, kema a`zo-laridan biri jinoyat sodir etsa, u jinoyat ishini qo`z¦atadi, shuningdek, dalillarni aniqlash va to`plash yuzasidan kechik-tirib bo`lmaydigan tergov harakatlarini amalga oshirishi shart. Ushbu vazifani quyidagi organlar: harbiy qismlar-ning komandirlari, jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, davlat yon¦in nazorati organlari va davlat bojxona xizmatining mansabdor shaxslari uchun ham asosiy vazifa deb bo`lmaydi. Bu organlarning huquqiy maqomini va vakolatlarini tartibga soluvchi qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqadigan bo`lsak, unda ushbu organlarda boshqa turli xil vakolatlar mavjud-ligi haqida fikr yuritish mumkin. Ular tomonidan bajari-ladigan huquqni muhofaza qilish sohasidagi vazifalarning bir turi asosiy bo`lib hisoblanmaydi. Bundan tashqari, bajarilishi shart bo`lgan vazifalari ham mavjud. Shuning uchun ularni huquqni muhofaza qilish organlar tarkibiga to`liq kiritish to`¦risida bir qancha qarama-qarshiliklar mavjud.
Ushbu turkumdagi organlar va mansabdor shaxslar ora-sida faqat ichki ishlar organlarini huquqni muhofaza qi-lish organlari qatoriga to`liq kiritish mumkin. Chunki ularning asosiy vazifasi - bu jinoyat va boshqa huquqbuzar-liklarni fosh etish, tergov qilish hamda ularga qarshi ku-rash hisoblanadi. Faqat ular ko`pincha jinoyatlar va ma`mu-riy huquqbuzarliklar bilan bo¦liq faoliyat yuritadilar.
So`nggi yillarda sud organlarining huquqni muhofaza qilish organlaridan biri ekanligi haqida bir qator qara-ma-qarshi fikrlar mavjud.
Masalan, V.M. Savitskiyning fikriga ko`ra, «Sovet dok-trinasi va amaliyotida jinoyatlar va boshqa huquqbuzarlik-larga qarshi kurashning sinonimi sifatida huquqni qo`riq-lash faoliyatini e`tirof etgan. Agar sudni huquqni muho-faza qilish organlaridan biri deb hisoblaydigan bo`lsak, bunda sudning vazifasi bo`lib, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari bilan birgalikda jinoyatlarga qarshi kurash faoliyatini yuritishi tushuniladi».[13] Mual-lif o`zining mulohazalarida «huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fanining bunday nomlanishini inkor etib, buning o`rniga «Sud hokimiyatini tashkil etish» deb nomlash mum-kinligini taklif etadi.
Ushbu mulohazalardan shuni ta`kidlash mumkinki, sud hokimiyati - bu hokimiyatning bo`linish tamoyiliga asoslan-gan huquqiy davlatni qurishga intilishni o`zida aks etti-ruvchi yangi siyosiy va huquqiy ¦oya hisoblanadi. Odil sudlov-ni amalga oshirishda sud organlari prokuratura va ijro etuvchi organlardan (adliya, ichki ishlar va boshqalar) musta-qildirlar. Chunki sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Shuning uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga u yoki bu organni kiritish degani, bu ularni mustaqil holda bo`lishini va boshqa turkumdagi organlarga bo`ysunishdan ozod bo`lganligini anglatmaydi. Misol uchun, huquqni muho-faza qiluvchi organlarga adliya organlarini kiritish mum-kin bo`lsa ham, ular ichki ishlar organlari yoki prokuratura organlaridan mustaqil faoliyat yuritadilar. Ayrim mual-liflarning fikriga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi or-ganlar qatoriga sud organlarini kiritmaslik mutlaqo no-to`¦ridir. Chunki ular bir so`z bilan aytganda, huquqni qo`-riqlash faoliyati bilan shu¦ullanadilar. Davlat hokimiya-tining boshqa tarmoqlariga nisbatan sud organi sud hoki-miyatini o`zida ifoda etadigan va huquqni qo`riqlay oladi-gan organ bo`lib hisoblangan va hozirgi kunda ham shunday. Shuning uchun ham sud davlat hokimiyatining boshqa tarmoq-lari ichida huquqni qo`riqlash yuzasidan o`ziga xos maqomga ega. Bunday tavsif barcha huquqshunos va olimlar tomonidan ma`qullangan.[14]
Insonlar o`zining huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etadilar. Fuqarolarning huquq va erkinlarini sud orqali himoya qilish ¦oyasi - inson huquqlari bo`yicha xalqaro bitimlarda va O`zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida belgilangan: «Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining ¦ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi».
Sudlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar safidan chiqarish huquqni muhofaza qilish faoliyatining mohiyatini tushunish bilan bo¦liqdir. Huquqni muhofaza qilish fao-liyati - faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladigan yuri-dik vositalar yordamida huquqni qo`riqlash sohasidagi fao-liyat hisoblanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurash vositasi bo`lib, sudlar tomonidan qo`llaniladigan jinoiy jazo choralari (ozodlikdan mahrum qilish, o`lim jazosi) hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning doirasi va tizimini o`rganish jarayonida Oliy Majlisning inson hu-quqlari bo`yicha vakil (Ombudsman)ni e`tiborga olish lozim. O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Oliy Majlis inson huquqlari bo`yicha vakili - Ombudsman to`¦risida»gi qonuniga binoan inson huquqlari bo`yicha vakil - mansabdor shaxs bo`lib, unga O`zbekiston Res-publikasida quyidagi organlar:
a) davlat organlari;
b) fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari;
v) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar;
g) jamoat birlashmalari;
d) mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to`¦-risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini amalga oshi-radi.
Ushbu qonunda belgilanishicha, O`zbekiston Respublika-sining Inson huquqlari bo`yicha vakillik instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini to`ldiradi.
Vakil O`zbekiston Respublikasining Inson huquqlari to`¦risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fu-qarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko`maklashadi (1-modda).
Shuni ta`kidlash joizki, inson huquqlari bo`yicha vakil yuqorida qayd etilgan organlar tomonidan inson huquqlari to`¦risidagi qonunchilikning samarali bajarili-shini nazorat qilib boradi. Lekin faoliyat yuzasidan tegish-li organlar tomonidan amalga oshiriladigan umumiy nazo-ratni amalga oshirmaydi. Inson huquqlari bo`yicha vakil - O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va O`zbekiston Respub-likasi hududida bo`lgan chet el fuqarolari, hamda fuqaro-ligi bo`lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari buzilish holatlari yuzasidan tegishli tashki-lotlar va mansabdor shaxslarning harakat yoki harakatsiz-liklari ustidan shikoyatlarni ko`rib chiqadi, shuningdek, o`zining tergov harakatlarini olib borish kabi huquqlarga ega.
Shu bilan birga, inson huquqlari bo`yicha vakil inson yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan ularning roziligi asosida uchinchi shaxslarning, hamda jamoat birlashmalari-ning shikoyatlarini ko`rib chiqish uchun qabul qiladi. Vakil sud vakolatiga tegishli bo`lgan masalalarni ko`rib chiqmaydi. U o`z holicha huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshira olmaydi. Agar arizachi o`zining huquq va erkinlik-larini himoya qilishda boshqa vositalardan foydalangan bo`lsada, lekin qabul qilingan qarorlardan qoniqish hosil qilmay shikoyat qilsa, bunday shikoyatlarni vakil tomonidan ko`rib chiqish - uning asosiy vazifasi bo`lib hisoblanadi.
Vakil shikoyatlarni ko`rib chiqish jarayonida shuningdek, o`z tashabbusi bilan tekshirish o`tkazish jarayonida fuqaro-larning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzi-lish holatlari yuzasidan quyidagi huquqlarga ega:
1) tekshirish o`tkazish jarayonida aniqlanishi lozim bo`lgan holatlar yuzasidan tashkilotlar va mansabdor shaxs-larning birgalikda ishtirok etishlarini ta`minlash;
2) aniqlanishi lozim bo`lgan holatlar yuzasidan tekshi-rish o`tkazish uchun tashkilotlar va mansabdor shaxslarning vakillarini taklif etish;
3) tashkilotlar va mansabdor shaxslarga hech qanday to`siqlarsiz tashrif buyurish;
4) tashkilotlar va mansabdor shaxslardan tegishli ma`lumotlar hamda hujjatlarni talab qilish va olish;
5) mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
6) aniqlanishi lozim bo`lgan masalalar bo`yicha tashki-lotlar va mutaxassislarga xulosalarni tayyorlash mas`uliya-tini yuklash;
7) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy man-faatlariga ta`sir etuvchi masalalar bo`yicha tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan o`tkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish;
8) ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslar bilan uchrashuvlar o`tkazish;
9) inson huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakat-larni amalga oshirgan shaxslar ustidan ularni javobgar-likka tortish haqida tegishli organlarga iltimosnomalar bilan murojaat etish.
Shikoyat bo`yicha tergov tugaganidan so`ng vakil tomonidan tegishli organlarga yuboriladigan xulosa fuqarolarning huquqlarini buzish holatlarini huquqiy himoya qiluvchi muhim vosita bo`lib hisoblanadi. Vakilning xulosasi o`zi-ning huquqiy mohiyatiga ko`ra, tavsiya etuvchi xarakterga ega.
«Huquqni muhofaza qilish organlar» fanining
tushunchasi va mazmuni
Fan yoki o`quv kursining predmetini aniqlash, ilmiy bilimlar mazmunini tashkil etuvchi bilish jarayonining chegaralarini aniqlash, ushbu ilmiy tarmoq mazmunini o`rganish bilan bo¦liq.
Avvalambor shuni ta`kidlash joizki, mazkur o`quv fani huquqiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Masalan, konstitu-siyaviy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi va boshqa huquq sohalari huquqiy tarmoq sifatida e`tirof etiladi, lekin mazkur fanni huquqiy tarmoq sifatida e`tirof etib bo`lmaydi. Chunki bu fan huquqning boshqa o`ziga xos tarmoq-lari tarkibidan tashkil topgan ixtisoslashgan o`quv kursi bo`lib hisoblanadi. Biroq «Huquqni muhofaza qilish organ-lar» fani davlat va huquq sohasidagi barcha tadqiqotchilar uchun o`ta foydali va muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur o`quv fani murakkab va mukammal xarakterga egadir. «Huquqni muhofaza qilish organlari» fani predme-tining mazmuni huquqni muhofaza qilish faoliyatini amal-ga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek, mazkur faoliyat-da ishtirok etish uchun jalb etilgan ayrim nodavlat tashki-lotlar to`¦risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Ularning orasida nafaqat huquqni muhofaza qilish to`¦risidagi ma`-lumotlar, balki uning aniq yo`nalishlari (vazifalari) to`¦-risida, shuningdek, ma`lum bir organlar yoki tashkilotlarni tuzish haqida, ularning tuzilishi, o`zaro aloqadorligi va bir-biriga bo¦liqligi, ularning asosiy vakolatlari va vazifalari hamda butun davlat mexanizmi to`¦risidagi va bir-biri bilan o`zaro munosabatlari haqidagi ma`lumotlar markaziy o`rin egallaydi. Shu bilan birga tegishli organlar xodimlarini tayinlash va tavsiya etish tartibi, shuningdek, ularni javobgarlikka tortish asoslari va tartibiga juda katta e`tibor beriladi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fani – huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlarini, ularni tashkil etish hamda huquqni muhofaza qilish fao-liyatini amalga oshiradigan davlat organlarining tizimini o`rganuvchi yuridik fan hisoblanadi. Ushbu tizimga kiruvchi davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari amalga oshi-radigan faoliyati yuzasidan bir qator maqsadlarni ko`zlay-di. Bu maqsadlar quyidagilardan iborat:
1. Qonun ustuvorligi va huquq-tartibotni ta`minlash;
2. Ijtimoiy adolatni ta`minlash;
3. Fuqaroviy tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash;
4. Jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurash olib borishni ta`minlash;
5. Fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni tarbiyalash va shakllantirishni ta`minlash.
Yuqorida sanab o`tilgan umumiy maqsadlarni o`z oldiga qo`ygan davlat tashkilotlariga:
1. Sud
2. Prokuratura
3. Adliya
4. Jinoyat ishlarini tergov qiluvchi organlar
5. Notariat kabi tashkilotlar kiradi.
O`zining mohiyatiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi fu-qarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga yuridik yordam ko`r-satuvchi advokatura – huquqiy instituti ham yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun faoliyat yuritadi.
Yuqorida qayd etilgan tashkilotlar va muassasalar dav-latning umumiy qonunchiligiga rioya qilish bilan birga o`zi-ning ichki qonunlariga ham bo`ysunadilar. Ular maqsadlariga erishish uchun aniq vazifalarni amalga oshiradilar. Shu bilan birga ular davlat bilan jamiyatning huquqni muhofa-za qilish va huquqni qo`riqlash faoliyatlarida o`ziga xos o`rinni egallaydi.
Mazkur fanning maqsadi – huquqshunos talabalarga huquqni qo`llash va huquqni muhofaza qilish mexanizmi, shuningdek, ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar haqida ma`lumotlar berishdan iborat. «Huquqni muhofaza qilish organlari» fanida ushbu faoliyat bilan bo¦liq bo`lgan tash-kiliy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar o`rganiladi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fanining pred-meti xorijiy mamlakatlarning sud va prokuratura organ-larining tamoyillarini, vazifalarini, tuzilishini belgi-lovchi huquqiy normalarni, shuningdek, har bir mamlakat-ning umumiy qonunchiligida yuzaga keladigan o`ziga xos tari-xiy sharoitlarini va sabablarini o`rganadi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fanining mazmu-ni quyidagi bo`limlardan iborat:
1) Huquqni muhofaza qilish organlari fanining asosiy tushunchasi, predmeti va xususiyatlari, huquqni muhofaza qilish organlari to`¦risida qonunchilik bo`limi;
2) O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati, shuningdek, sud tizimini tashkil etish, sud korpusini shakllantirish, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va umumiy yurisdiksiyadagi sudlar, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi;
3) Odil sudlov va uning asosiy tamoyillari;
4) Sudlar faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta`minlash faoliyati;
5) Prokuratura va prokuror nazorati;
6) Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishni amalga oshiruvchi organlar;
7) Yuridik xizmat ko`rsatuvchi organlar, ularni tashkil etish va ularning vazifalari;
8) Xorijiy mamlakatlarning sud, prokuratura va boshqa huquq-tartibotni ta`minlovchi organlar.
Oxirgi yillarda «Huquqni muhofaza qilish organlari» fani mazmuni va tizimi yuzasidan bir qancha izlanishlar olib borilmoqda. Rosssiya Federatsiyasida oxirgi yillarda nashr etilgan ayrim darsliklarda huquqni muhofaza qilish organlar qatoriga kiruvchi hisob palatasi, FVV (Favqulod-da vaziyatlar vazirligi), Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, Statistika, Standartlashtirish, Meterologiya davlat qo`mitalari tashkil etilgan.[15]
Shubhasiz ushbu organlar davlat mexanizmida o`ta mu-him ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak huquqshunoslar uchun yuqo-rida qayd etilgan organlarni tashkil etish yuzasidagi masa-lalarni o`rganish kerak, lekin «Huquqni muhofaza qilish organlar» fanida emas. Balki Konstitutsiyaviy huquq, ma`-muriy huquq, moliya huquqi fanlari ushbu organlarga ko`p-roq e`tibor beradi. Bu esa bo`lajak huquqshunoslarga maz-kur organlarni yanada chuqurroq o`rganish uchun imkoniyat yaratadi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fanining
yuridik fanlar tizimida tutgan o`rni
«Huquqni muhofaza qilish organlari» – yuridik fan emas, balki o`quv fani bo`lib, u talabalarga huquqni muho-faza qilish sohasida boshlan¦ich bilimlarni beradi, lekin ushbu bilimlar boshqa o`quv fanlarida aniq va kengroq beri-ladi. «Huquqni muhofaza qilish organlari» fani o`zining predmetiga ega va yuridik fanlar tizimida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda bu fan boshqa yuridik fanlar bilan ma`lum bir munosabatda va aloqadadir.
Avvalambor, bularning orasida davlat va huquqni kelib chiqishi va mohiyatini, ularning harakatlanish mexanizmini rivojlanishini o`rganuvchi «davlat va huquq nazariyasi» fanini ko`rsatib o`tish lozim. «Huquqni muhofaza qilish organlar» fani davlat va huquq nazariyasida belgilangan tushunchalarga ya`ni davlat, uning funksiya va vazifalari, mexanizmi hamda huquq, huquq ijodkorligi, huquqiy norma, huquqni anglash, qonuniylik va hokazolarga tayanadi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fani «Davlat va huquq tarixi» yuridik fani bilan ham chambarchas bo¦liqdir. Sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar va advokatura organ-larining tashkil etilishi va ularning faoliyati bilan bo¦-liq masalalarni bilish uchun tarixiy yondashish kerak. Shuningdek, aniq huquqiy jarayonlarni statistikada emas, balki tarixiy hodisalar manzarasida, to`plangan yuridik tajribalarmizni xorijiy mamlakatlar tajribalari bilan taqqoslash orqali o`rganish lozim. Bunday ma`lumotlarni o`rganish o`zimizning va xorijiy tarixni bilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fani «Konstitu-siyaviy huquq» fani bilan bo¦liqligi shundaki, unda huquq-ni muhofaza qilish organlarning barcha davlat organlari tizimidagi o`rni va roli haqida umumiy tavsif berilgan. Bundan tashqari ular o`rtasidagi o`zaro aloqalarning xusu-siyatlari va tuzilishi, hamda faoliyati bilan bo¦liq bo`lgan konstitutsiyaviy tamoyillari va boshqa ko`plab masalalar yoritib berilgan. Yuqorida ko`rsatilgan masalalarni ko`rib chiqish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpo-¦iston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar asosida amalga oshiriladi.
«Huquqni muhofaza qilish organlar» fani «Ma`muriy huquq» fani bilan bo¦liq. Bu fanda barcha davlat boshqaruv organlarining vakolati va tizimiga oid normalar o`rgani-ladi. Ushbu bo¦liqlik, avvalambor O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va unga bo`ysunuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarda ko`rinadi. «Ma`muriy huquq» fanida ko`rsatilgan organlar davlat boshqaruvining butun tizimi sifatida ko`rib chiqi-ladi. Shu bilan birga unda tegishli qilmishlar uchun ma`mu-riy javobgarlikni qo`llash to`¦risidagi asosiy qoidalar o`rganiladi.
Mazkur fan «Jinoyat huquqi» va «Jinoyat protsessual huquqi» fanlari bilan har tomonlama aloqador. Ushbu fan-lar inson va fuqarolarning hayoti, so¦li¦iga qarshi jinoyat-larga, terrorizm, iqtisodiy va boshqa jinoiy huquqbuzar-liklarga qarshi kurash, shuningdek, jinoyatlarni fosh etish-ning protsessual tartibi, jinoyatni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish va bunday shaxslarga nisbatan huqu-qiy ta`sir etish choralarini qo`llashga oid masalalarni o`zida ifodalaydi.
Huquqni muhofaza qilish organlarini tashkil etish, ular tomonidan bajariladigan faoliyatning mazmuni va amalga oshiriladigan aniq harakatlarning tartibi (jarayo-ni)ga ma`lum miqdorda bo¦liqdir. Aksincha: tashkiliy fao-liyatning mazmuniga doir masalalarni hal qilishga, aniq-ro¦i, prokuror bilan tergovchi, prokuror bilan sud hamda ayblanuvchining himoyachisi – advokati bilan tergovchi o`r-tasidagi o`zaro munosabatlar qanday bo`lishi va amalda qanday bo`layotganiga bo¦liq.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» fani «Soliq huquqi» bilan ham ma`lum aloqada bo`lib, xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatida o`z-o`zini boshqarish subyekt-lari, ya`ni soliq organlari bilan aloqadordir. Ular soliq sohasiga oid huquqbuzarliklarni fosh etadi va bartaraf etadi. Bundan tashqari ular soliq va yi¦imlarning o`z vaq-tida to`lanishini ta`minlaydi, shuningdek, soliq va yi¦im-larni to`lashdan bo`yin tovlagan yuridik va jismoniy shaxs-larni aniqlab, ularni javobgarlikka tortadilar.
«Huquqni muhofaza qilish organlari» o`quv fani sifa-tida «Fuqarolik protsessi» fani bilan ham chambarchas bo¦-liq. Bu fan huquqni muhofaza qilish organlaridan biri bo`lgan sudlarning faoliyati bilan bevosita aloqada, lekin bu sudlar mulkiy va ayrim nomulkiy nizoli ishlarni – fuqarolik ishlarini ko`rib chiqadi va hal qiladi.
Bundan tashqari yuridik oliygohlarning yuqori bosqichi-da ta`lim olayotgan talabalarga «Prokuror nazorati» fani ham o`tilmoqda. Bu fan – «Huquqni muhofaza qilish organ-lari» fanining ma`lum bir mavzusi bo`lmish prokuratura va uning organlariga bo¦liq qo`shimcha ma`lumotlar beradi. Ush-bu ma`lumotlar prokuraturani tashkil etish asoslari haqi-da ma`lum tushunchalarni kengaytirib beradi, ya`ni proku-ror nazorati va prokuratura faoliyatining boshqa yo`nalish-larini amalga oshirish mazmuni, shakli va uslublari haqi-dadir. Shunday qilib, «Huquqni muhofaza qiluvchi organ-lari» fani boshqa huquqiy tarmoqlar va yuridik fanlar bilan aloqadorligi to`¦risidagi masalani ko`rib chiqishni yakunlash mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari to`¦risidagi qonunchilik
«Huquqni muhofaza qilish organlari» ixtisosligi ko`p-gina davlat va nodavlat muassasalari hamda mas`ul vazifa-ni bajarayotgan mansabdor shaxslarga tegishlidir. Bunday faoliyat qonun bilan tartibga solinishi lozim. Bunday talabni qo`yishdan maqsad, ushbu muassasalar hamda tashki-lotlar o`zlarining faoliyatlari natijasida insonlarning huquq va erkinliklariga tiklab bo`lmas darajada zarar yetkazish ehtimolini bartaraf etishdir.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashkiliy asoslari hamda funksiyalarini o`rganib chiqish uchun bir qancha normativ-huquqiy aktlarni o`rganish zarur bo`ladi, vaholanki ularning aniq miqdorini aniqlash mushkul. Hu-quqni muhofaza qilish organlari tayanadigan huquqiy baza-ni odatda tasniflashga yondashiladi. Nazariyada bunday yonda-shishning ikkita asosi mavjud. Ulardan biri – qonun kuchi-dan qat`i nazar guruhlanayotgan aktlarning predmetiga (maz-muniga) qarab, ikkinchisi – huquqiy ahamiyatiga qarab.
Barcha huquqiy aktlarni ularning mazmuniga qarab quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin:
 Umumiy xarakterdagi;
 Odil sudlov, sud hokimiyati va sudlar to`¦risidagi;
 Sudlar faoliyatini tashkiliy ta`minlash va ularni amalga oshiruvchi organlar to`¦risida;
 Prokuror nazorati va prokuratura organlari to`¦ri-sida;
 Jinoyatchilikni aniqlash va tergov qilishni tashkil-lashtirish to`¦risida;
Yuridik yordamni tashkillashtirish to`¦risida.
Predmetiga ko`ra normativ-huquqiy hujjatlar quyida-gicha klassifikatsiya qilinadi.
Umumiy xarakterdagi aktlar:
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasi.
«O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish to`¦risida»gi 24 aprel 2003 yil qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi qonuni.
«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun-chilik palatasi to`¦risida»gi 12.12.2002y. O`zbekiston Res-publikasi qonuni.
«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to`¦-risida»gi 12.12.2002y. O`zbekiston Respublikasi Konstitu-siyaviy qonuni.
Xalqaro hujjatlar:
1) Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi 10 dekabr 1948 yil (30.09.1991 yil qo`shilgan);
2) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Pakt 10 dekabr 1966yil (31.08.95 yil qo`shilgan);
3) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Paktga qo`shimcha bayonnoma 10 dekabr 1966yil (31.08.95 yil qo`shilgan, 28.12.95da kuchga kirgan);
4) Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to`¦risida Konvensiya 10 iyul 1958 yil (O`zR Oliy Majlisining №184-I sonli qarori bilan 22.12.95da ratifi-katsiya qilingan);
5) MDHning inson huquqlari va asosiy erkinliklari to`¦risidagi Konvensiyasi 26.05.95yil;
6) Huquqiy yordam va fuqarolik, oila hamda jinoyat ishlari bo`yicha huquqiy munosabatlar to`¦risidagi Minsk Konvetsiyasi 22.01.93yil (28. 03. 97da o`zgartirilgan).
Odil sudlov, sud hokimiyati va sudlar to`¦risidagi aktlar:
1) O`zbekiston Respublikasining «Sudlar to`¦risida»gi qonuni. 2 sentabr 1993 yil (yangi tahriri 14 dekabr 2000yil, №162-II);
2) «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to`¦-risida»gi qonun. 30.08.95yil (O`zR «447-II-sonli qonunining VII bo`limiga asosan 13.12.2002da o`zgartirilgan);
3) O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquq-lari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`¦risida»gi qonuni. 30.08.1995yil, №108-I;
4) «O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil etish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-2421. 23.09.1999yil;
5) «Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-2599. 04.05. 2000yil;
6) «O`zbekiston Respublikasida sud tizimini takomil-lashtirish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Preziden-tining Farmoni. PF-2421. 23.09.99yil;
7) «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi to`¦risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF-2943. 24.09.2001yil;
8) O`zbekiston Respublikasida sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. №383. 22.09. 2001yil;
9) «Sudyalarning malaka hay`atlari to`¦risidagi Ni-zom». (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan tasdiqlangan. №323-II. 07.12.2001yil).
10) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi Nizomi. (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ilova. PF-2943. 24.09.2001);
11) Sudyalarning malaka darajalari to`¦risida Nizom. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan. №164-II. 14.12.2000yil);
12) Sud xodimlarining mansab darajalari to`¦risida Nizom. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan. №164-II. 14.12.2000yil);
13) «Sud hokimiyati to`¦risida»gi O`zbekiston Respubli-kasi Oliy sudi Plenumi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining qarori. №1/60. 20.12.96 yil;
14) «Sud qarorlari to`¦risida»gi O`zbekiston Respubli-kasi Oliy sudi Plenumi qarori. №13. 17.04.98yil (14.06. 2002yil o`zgartirilgan).
Xalqaro hujjatlar:
15) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Paktga qo`shimcha bayonnoma 10 dekabr 1966yil (31.08.95 yil qo`shilgan, 28.12.95da kuchga kirgan);
16) Irqiy kamsitishlarning har qanday ko`rinishlarini yo`q qilish to`¦risidagi xalqaro Konvensiya. 21.12.65yil (qo`shilgan 31.08.95yil);
17) Qiynoq va shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat va jazolashning turlariga qarshi Konvensiya 10.12.84 y. (qo`shilgan muddati 31.08.95 yil.
18) BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan ma`qul-langan sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsip-lari. 13.12.85yil (30.05.97yilda qo`shilgan);
Sudlar faoliyatini tashkiliy ta`minlash va ularni amalga oshiruvchi organlar to`¦risida aktlar:
1) O`zbekiston Respublikasining «Sudlar to`¦risida»gi qonuni. 2 sentabr 1993 yil (yangi tahriri 14 dekabr 2000y, №162-II); (O`zbekiston Respublikasi Qonunining V bo`limi №320-II, 07.12.2001., №568-iI, 12.12.2003, O`zbekiston Respub-likasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1993, №10, 367 b. O`zbe-kiston Respublikasi Oliy sud Axborotnomasi, 1995, №9. 193m; 1996, №2 56-m), O`zbekiston Respublikasi Konstitu-siyaviy sudi to`¦risidagi qonun. 30 avgust, 1995, №568-I (O`zbekiston Respublikasi qonuni VII bo`lim №447-II, 13.12. 2002).
2) «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to`¦-risida»gi qonun. 30.08.95yil (O`zR «447-II-sonli qonunining VII bo`limiga asosan 13.12.2002da O`zbekiston Respublikasi qonuni VII bo`lim 30.08.2003 y. o`zgartirilgan);
3) «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonu-ni. №258-II. 29.08.2001yil;
4) «O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil etish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-2421. 23.09.1999yil;
5) «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuri-dagi sud qarorlarini ijro etish va sudlar faoliyatini moliyaviy hamda moddiy-texnik ta`minlash departamenti to`¦risida»gi Nizomi. (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №383-sonli qaroriga №1-ilova. 22.09. 2002y, №197 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 13 bandiga ilova 30.04.2003);
6) «Harbiy sudlar faoliyatini tashkillashtirish to`¦ri-sida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 14.12.2000yilda tasdiqlangan. №164-II;
7) «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`¦ri-sida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-si qarori bilan 27.08.2003y. №370. (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №528 qarorining 2 bandiga ilova 21.11.2003; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №28 qarorining 40 bandiga ilova 17.01.2004);
Prokuror nazorati va prokuratura organlari to`¦ri-sida:
1) O`zbekiston Respublikasining «Prokuratura to`¦risi-da»gi qonuni. 9 dekabr 1992yil. (29.08.2001 yilda yangi tah-rirda qabul qilingan O`zR Oliy soveti Axborotnomasi №257-II, 1993., №1, 29-m, №6, 266-m; O`zbekiston Respublika-si Oliy Majlis Axborotnomasi №9, 145-m, 1997., №2, 56-m; №9, 241-m; 1999., №9, 299-m; O`zbekiston Respublikasi qonuni 5 bo`lim №482-II, 25.04.2003);
2) «Davlat soliq xizmati to`¦risida»gi qonuni. 9dekabr 1992yil (yangi tahrirda 29.08. 2001yil);
3) O`zbekiston Respublikasi prokuratura xodimlarining mansab darajalari to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respub-likasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. №748-XII (20.08.1999yil o`zgartirilgan);
4) O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini ra¦batlantirish va intizomiy javobgarligi to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 30. 08. 1996yil tasdiqlangan. №281-I;
5) O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Depar-tamenti to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining №291-qaroriga №5-ilova 06.07. 2001yil №291. (28.11.2002yilda o`zgartirilgan №415);
6) O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish depar-tamentida xizmatni o`tash to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №291-qaroriga №6-ilova 06.07.2001yil №291. O`zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasi tomonidan №415. 28.11.2002. o`zgartirilgan.
7) Qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`¦risidagi O`zbekiston Respublikasi Pre-zidentining Farmoni 11.03.2004 y. №3406.
Jinoyatchilikni aniqlash va tergov qilishni tashkil-lashtirish to`¦risida:
1) O`zbekiston Respublikasining «Prokuratura to`¦risi-da»gi qonuni. 9 dekabr 1992yil. (29.08.2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan); O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 1996 y., №9, 145-m; 1997 y., 2, 56-m; №9, 241-m; 1999 y., №9, 229-m; O`zbekiston Respublikasi qonuni 5 bo`limiga muvofiq №482-II. 25.04.2003 y. o`zgartirilgan.
2) O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi. 22.09.1994yil qabul qilingan. 1 aprel 1995yil amalga kiri-tilgan;
3) «Davlat soliq xizmati to`¦risida»gi qonun. 9.12. 1992yil (yangi tahrirda 29.08.2001yil);
4) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mita-sini tashkil qilish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidetining Farmoni PF-1815. 8.07.1997yil;
5) «O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasi to`¦risi-da»gi qonun. 29.08.1997yil (1.05.1998yilda o`zgartirilgan);
6) «Davlat bojxona xizmati to`¦risida»gi qonun. 20.08. 1999 yil;
«O`zbekiston Respublikasi bojxona organlarida xiz-matni o`tash to`¦risidagi vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarori. 04.04.1998yil;
7) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi faoliyatini tashkillashtirish to`¦risida»gi O`zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №374. 30.07. 1997yil (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.1997yildagi №392-sonli, 16.04.1998yildagi №161-son-li, 01.05.2002yildagi №150-sonli, 16.10.2003 yildagi №446-sonli, 19.11.2003 yildagi №520-sonli, 25.12.2003 yildagi №567-sonli qarorlari bilan o`zgartirilgan);
8) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organla-rining intizomiy Ustavini tasdiqlash to`¦risida»gi O`zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. №135. 27.03.1998;
9) «O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarori №270. 25.10.91yil (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №602-sonli, qarori bilan 14.12. 1994yilda o`zgartirilgan);
10) «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyatini tashkillashtirish to`¦risida»gi O`zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №14. 12.01. 1998yil (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №427-sonli qarori bilan 14.09.1999yilda 9-bandi, №180-sonli qarori bilan 05.05.2000 yilda 3-bandi, №446-sonli qaroriga 1-ilova 3-band 16.10.2003, №520-sonli qaroriga 2-ilova 9-band 19.11.2003 yilda o`zgartirilgan);
11) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan №374. 30.08. 1997yil;
12) O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. 26.12. 1997yil;
13) O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Depar-tamenti to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining №291-qaroriga №5-ilova 06.07. 2001yil №291. (28.11.2002yilda o`zgartirilgan №415);
14) «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi ekspert Kengashi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №14 qaroriga №8-ilova. 12.01.1998yil (05.05.2000yilda o`zgartirish kiri-tilgan);
15) O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xiz-mati Nizomi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarori bilan tasdiqlangan №278. 2.11. 1991yil.
16) O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi to`¦risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi qaroriga №1 qo`shimcha (O`zR Vazirlar Mahkamasi-ning 01.03.2001 yil qabul qilingan №103 qaroriga 15 band, 06.07.2001 yil №291 qaroriga №7 band, 17.02.2004 yil №74 qaroriga 4-band).
Yuridik yordamni tashkillashtirish to`¦risida:
1) «Advokatura to`¦risida»gi qonun. 27.12.1996yil (15.12. 2000 yilda o`zgartirilgan; O`zbekiston Respublikasi qonuni 17 bo`lim №175-II, XVIII bo`lim №482-II, 25.04.2003, XII bo`lim №568-II, 12.12.2003ga muvofiq).
2) Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokat-larning ijtimoiy himoyasi to`¦risida»gi qonun №721-I. 25.12. 1998yil;
3) «Notariat to`¦risida»gi qonun. 26.12.1996yil; (O`zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlis, 1997., №2, 42-m; o`zgar-tirilgan. O`zbekiston Respublikasi qonunining 1 bo`lim 16 bandi, №175-II. 15.12.2000, XVII bo`lim №482-II. 25.04.2003. O`zbekiston Respublikasi qonuni X bo`lim №168-II. 12.12.2003);
4) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mar-kaziy apparati tarkibida «Iqtisodiy islohotlar bo`yicha qonun va normativ hujjatlarning loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o`tkazish boshqarmasini tashkil qilish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.01.1994 yil qarori.
5)«O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliya-tini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 27.11. 2003y. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi № 528 qarorining 40-bandi; №28. 17.01.2004.
6) «Advokatlik byuro, hay`at, firmalarni ro`yxatga olish va fuqarolarga advokatlik faoliyati bilan shu¦ul-lanish litsenziyasini berish tartibi to`¦risida»gi O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.03.1997 yil №139 sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (Ushbu Nizom-ga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2003 yil №197 sonli, 05.11.2003 yil №485 sonli qarori bilan o`zgartirish kiritilgan)
7) O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodek-si. 22.09.1994yil qabul qilinib, 1.04.1995 yilda amalga kiri-tilgan;
8) O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Ko-deksi. 30.08.1997yil;
9) O`zbekiston Respublikasi xo`jalik protsessual kodek-si O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi №479-I qarori bilan 30.08.1997. kiritilgan. (O`zbekiston Respublikasi qonuni №621-I, 01.05.1998, №621-I, O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan 14.12.2000, O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan 30.08.2002. №405-II, O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan 30.08.2003da o`zgartirilgan);
Huquqni muhofaza qilish organlari to`¦risidagi huqu-qiy-me`yoriy aktlarni yuridik kuchiga qarab tasniflash amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiri-ladi. Huquqni muhofaza qilish organlari to`¦risidagi me`yo-riy hujjatlar ham boshqa huquqiy hujjatlar kabi aniq iyerarxik shaklga ega.
O`zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy huj-jatlar to`¦risida»gi 14 dekabr 2000yilgi (5-modda) Qonu-niga asosan huquqiy-me`yoriy hujjatlarning yuridik kuchiga qarab quyidagicha iyerarxiyasi belgilangan:
1) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2) O`zbekiston Respublikasi qonunlari;
3) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari;
4) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari;
5) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror-lari;
6) Vazirliklar, davlat qo`mitalari va boshqa muassasa-larning normativ-huquqiy hujjatlari;
7) Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlari.
Qoraqalpo¦iston Respublikasining huquqiy-me`yoriy aktlarining turlari hamda ularga qo`yiladigan talablar Qoraqalpo¦iston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ko`rinib turibdiki, u yoki bu aktlarning qanday o`rinda turishi ushbu aktni qabul qilgan organga qarab belgilanadi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to`¦risida»gi qonun O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oliy yuridik kuchga ega bo`lgan hujjat deb tan olgan. Chunki unda jamiyat va davlat hayotining asosiy masalalari tartibga solingan. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining «huquqni muhofaza qilish organlari»ning ixtisosligi bo`yicha uchun Konstitutsiyaning «fuqarolarning asosiy huquqlari, erkin-liklari va majburiyatlari» deb nomlangan ikkinchi bo`limi, «O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati» deb nomlangan XXII bobi hamda «Prokuratura» deb nomlangan XXIV bob-lari muhim o`rinni egallab, rahbariy ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limida fuqarolaring qonun oldida tengligi, har bir fuqaroni shaxsiy, turar-joy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi, telefon so`zlashuvlari va xat yozishmalarning siri, aybsizlik prezumsiyasi va boshqa-lar belgilangan. Konstitutsiyaning 19-moddasida shunday deyilgan: «Fuqarolarning Konstitutsiya va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emas». Xuddi shu bo`limda «Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi», - deyilgan (44-modda). Yuqorida keltiril-gan normalar huquqni muhofaza qilish organlari faoliya-tining asosini tashkil etadi. Ushbu iyerarxiyada xalqaro huquqdagi va O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartno-malardagi normalar va prinsiplar ma`lum bir qiziqishni uy¦otadi. O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari-ning eng yuqori o`rnini quyidagi asoslar orqali talqin etishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy huj-jatlar to`¦risida»gi qonuni faqatgina milliy qonunchilik masalalarini tartibga soladi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa bu yo`nalishda hech qanday holatni o`zida belgilamaydi, lekin «O`zbekiston xalqi, ...xalqaro huquq-ning umume`tirof etgan normalarini tan olgan holda» Preambulasi bundan mustasno. Bundan xulosa qilish mum-kinki, O`zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar bilan milliy qonunchiligimiz o`rtasida muam-mo tu¦ilganda, xalqaro normalar ustun turadi. Bunday fikrga O`zbekiston Respublikasining bir qancha qonunlarini sharhlash orqali kelish mumkin. O`zbekiston Respublikasi-ning 22 dekabr 1995 yilda[16] qabul qilingan «Xalqaro shart-nomalar to`¦risida»gi qonunida «O`zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalarga xalqaro huquq normalariga asosan O`zbekiston Respublikasi qat`iy ravish-da amal qiladi», - deyilgan.
Bu masala O`zbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalari tobora ko`payib borayotgan davrda borgan sari mu-him ahamiyat kasb etmoqda, shu jumladan, sudlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlar faoliyatini tashkillash-tirish ham. Eng avvalo ularning ichida: Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Pakt 16 dekabr 1966 yil[17] (31.08.95 yil qo`shilgan), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦-risidagi xalqaro Paktga qo`shimcha protokol 16 dekabr 1966 yil[18] (31.08.95 yil qo`shilgan)lar ajralib turadi. O`zbe-kiston Respublikasining ushbu xalqaro hujjatlarga qo`shi-lishi O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xalqaro or-ganlarning yurisdiksiyasini tadbiq etilishi va fuqarolarni belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishini anglatadi. Shunday qilib O`zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi BMTning inson huquqlari bo`yicha Qo`mitasiga xalqaro Paktda ko`rsatilgan fuqarolik va siyosiy huquqlari buzilganligi haqida yozma ravishda murojaat qilishi mum-kin, agar huquqni himoya qilishning ichki imkoniyatlari tugagan bo`lsa. Bundan tashqari MDH doirasida ham quyi-dagicha kelishuv mavjud: Fuqarolik, oila va jinoiy huqu-qiy munosabatlar va huquqiy yordam to`¦risidagi Minsk Kon-vetsiyasi 22.01.93yil (O`zbekiston Respublikasi Oliy kengashi qarori bilan 6.05.1993da ratifikatsiya qilingan, 28.03.97da o`zgartirilgan).
Xalqaro shartnomalar:
1) Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi 10 de-kabr 1948 yil (30.09.1991 yil qo`shilgan);
2) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Pakt 10 dekabr 1966 yil (31.08.95 yil qo`shilgan);
3) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`¦risidagi xalqaro Paktga qo`shimcha bayonnoma 10 dekabr 1966 yil (31.08.95 yil qo`shilgan, 28. 12. 95yilda kuchga kirgan);
4) Xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro qilish to`¦risida Konvensiya 10 iyul 1958 yil (O`zR Oliy Majlisining №184-I sonli qarori bilan 22.12.95 yilda ratifikatsiya qilingan);
5) MDHning inson huquqlari va asosiy erkinliklari to`¦risidagi Konvensiyasi 26.05.95yil;
6) Fuqarolik, oila va jinoiy huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to`¦risidagi Minsk Konvetsiyasi 22.01.93yil (28.03.97da o`zgartirilgan).
Iyerarxik tuzilmaning keyingi o`rinlarida qonunlar o`rin olgan. O`zbekiston Respublikasi qonunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum yo`li bilan qabul qilinib, ijtimoiy munosabatlarning mu-him tarmoqlarini tartibga soladi. Bu darajadagi hujjat-larda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta`minlash, fuqa-rolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qi-lish bilan bo¦liq mas`uliyatli vazifalar ishonib topshi-rilgan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati bilan bo¦liq muhim masalalar hal qilinadi. Ular qabul qilgan qarorlar mavqei qonun mavqei bilan mustahkamlangan bo`ladi. Bu ular o`z faoliyatlarini lozim darajada amalga oshirishlari uchun kafolatlardan biridir. Ushbu qonunlar guruhiga:
1) O`zbekiston Respublikasining «Sudlar to`¦risida»gi qonuni. 2 sentabr 1993 yil (yangi tahriri 14 dekabr 2000 yil, №162-II); (O`zbekiston Respublikasi qonuni V bo`lim. №320-II. 07.12.2001, №568-II. 12.12.2003.
2) «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to`¦-risida»gi qonun. 30.08.95yil (O`zR «447-II-sonli qonunining VII bo`limiga asosan 13.12.2002da o`zgartirilgan; O`zbekiston Respublikasi qonuni VII bo`lim. 30.08.2003);
3) O`zbekiston Respublikasining «Prokuratura to`¦ri-sida»gi qonuni. 9 dekabr 1992yil. (29.08.2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan; O`zbekiston Respublikasi qonuni XVII bo`lim. №482-II. 25.04.2003, XI bo`lim. №568-II. 12.12.2003);
4) «Davlat soliq xizmati to`¦risida»gi qonun. 9.12. 1992yil (yangi tahrirda 29.08.2001yil;)
5) «O`zbekiston Respublikasi davlat chegaralari to`¦ri-sida»gi qonun №820-I. 20.08.1999 yil;
6) O`zbekiston Respublikasining «Advokatura to`¦risi-da»gi qonuni. 27.12.1996yil; (O`zbekiston Respublikasi qonu-ni I bo`lim. 17 bandi. №175-II. 25.04.2003, O`zbekiston Respub-likasi qonuni XII bo`lim. №568-II. 12.12.2003)
7) Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokat-larning ijtimoiy himoyasi to`¦risida»gi qonun №721-I. 25.12. 1998yil;
8) O`zbekiston Respublikasining «Notariat to`¦risida»gi qonuni. 26.12.1996yil; (O`zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lis, 1997 №2. 42-m; o`zgartirilgan. O`zbekiston Respublikasi qonuni I bo`lim 16 bandi. №175-II, 15.12.2000., O`zbekiston Respublikasi qonuni XVII bo`lim №182-II. 25.04.2003, O`zbe-kiston Respublikasi qonuni №568-II. 12.12.2003);
9) O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquq-lari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`¦risida»gi qonuni. 30. 08. 1995yil, №108-I;
10) O`zbekiston Respublikasining «Davlat bojxona xiz-mati to`¦risida»gi qonuni №472-I. 29.08.1997yil (1.05. 1998yilda o`zgartirilgan);
11) O`zbekiston Respublikasining «Sud va boshqa organ-larning hujjatlarini ijro etish to`¦risida»gi qonuni №258-II. 29.08.2001yil;
12) «Jinoiy jazolarning liberalizatsiya qilish munosa-bati bilan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat, jinoyat pro-sessual va ma`muriy huquqbuzarlik to`¦risida»gi qonunlar-ga 29.09.2001 yil №254-II-sonli o`zgartirish kiritish.
13)O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodek-si. 22.09.1994yilda qabul qilingan hamda 1.04.1995yilda kuch-ga kirgan;
14) O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksi. 30.08.1997yil;
15) O`zbekiston Respublikasi xo`jalik protsessual Ko-deksi. 30.08.1997yil. (O`zbekiston Respublikasi qonuni №479. 30.08.1997yilda o`zgartirilgan. №621-I. 01.05.1998, O`zbekiston Respublikasi qonuni №163-II. 14.12.2000, O`zbekiston Respub-likasi qonuni №405-II. 30.08.2002, O`zbekiston Respublikasi qonuni №535-II. 30.08.2003).
Iyerarxik guruhlardan biri hisoblanmish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari O`zbekiston Respub-likasi qonunlariga asoslangan holda hamda ularni ijro etish maqsadida qabul qilinganligini ta`kidlab o`tish lozim. Masalan, Oliy Majlis tomonidan sud va prokuratura organlari faoliyatini tashkillashtirish sohasida muhim ahamiyat kasb etadigan nizomlar tasdiqlangan. Ularga:
1) «Sudyalarning malaka hay`atlari to`¦risida»gi Ni-zom. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan tasdiqlangan. №323-I. 07.12.2001yil);
2) «Sudyalarning malaka darajalari to`¦risida» Nizom. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan. №164-II. 14.12.2000yil);
3) «Sud xodimlarining mansab darajalari to`¦risi-da»gi Nizom. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan. №164-II. 14.12.2000yil; O`zbekis-ton Respublikasi qonuni XXVII bo`lim №568-II. 12.12.2003);
4) «Harbiy sudlar faoliyatini tashkillashtirish to`¦ri-sida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 14.12.2000yilda tasdiqlangan. №164-II;
5) O`zbekiston Respublikasi prokuratura xodimlarining mansab darajalari to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respub-likasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. №748-XII (20.08.1999yil o`zgartirilgan);
6) «O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini ra¦batlantirish va ularning intizomiy javob-garligi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 30.08.1996yil tasdiqlangan. №282-I.
Huquqiy aktlar iyerarxiyasining keyingi ustunida O`zbe-kiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari o`rin egal-laydi. Ushbu aktlar mazmunini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar belgilaydi. Farmonlar orqali qandaydir organ yoki uning bir bo`¦inini tashkil etish yoki unga u yoki bu vazifani yuklash yoxud olib tashlash bilan bo¦liq masalalar tasdiqlanadi. Misol qilib quyida-gilarni keltirishimiz mumkin:
1) «O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil etish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-2421. 23.09.1999yil;
2) «Sudyalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni № UP-2943. 24.09. 2001yil;
3) «O`zbekiston Respublikasining sud tizimini tako-millashtirish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Pre-zidentining Farmoni. PF-2682. 14. 08. 00yil;
4) «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF-2943. 24.09.2001yil;
5) «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi sudyalik mansabiga tanlash va tavsiya qilish oliy kvalifi-katsiya komissiyasi to`¦risida»gi Nizom («O`zbekiston Respub-likasi Prezidenti Farmoniga ilova 24.09.2001yil №UP-2943.
6) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi-ni tashkil qilish to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-1815. 8.07.1997yil.
7) «Qishloq xo`jaligini isloh qilishga doir qonunlarni ijrosini ta`minlashga oid chora-tadbirlar to`¦risida»gi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2004 yil №3406 Farmoni.
Huquqni muhofaza qilish organlari bilan bo¦liq huqu-qiy-me`yoriy aktlar iyerarxik «piramidasi»ning quyiroq po¦onasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari turadi. Ushbu qarorlar Konstitutsiyaga, qonun-larga, Prezident Farmonlariga qarama-qarshi bo`lishi mum-kin emas. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faqatgina vakolati doirasidagi masalalarni hal qiladi, ya`ni u odatda qonunlar va Prezident farmonlarini aniq-lashtiradi va to`ldiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari-ning nizomlari tasdiqlanishi mumkin. Masalan ularga:
1) «O`zbekiston Respublikasi bojxona organlarida xiz-matni o`tash haqidagi vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash to`¦-risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-ning №146 qarori. 04.04.1998yil;
2) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`¦risida»gi O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №374. 30. 07. 1997yil (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-ning 07.08.1997yildagi №392-sonli, 16.04.1998yildagi №161-sonli, 01.05.2002yildagi №150-sonli qarorlari bilan o`zgar-tirilgan; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №1. 1 bandi. №446 qarori 16.10.2003, O`zbekiston Respubli-kasi Vazirlar Mahkamasi №2. 8 bandi, №520, 19.11.2003, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №27. 2 bandi. №567. 25.12.2003);
3) «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`¦risida»gi O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №14. 12.01.1998yil (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining №427-sonli qarori bilan 14.09.1999 yilda 9-bandi, №180-sonli qarori bilan 05.05.2000 yilda 2-bandi o`zgar-tirilgan; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №1. 3 bandi. №446 qarori 16.10.2003, O`zbekiston Respubli-kasi Vazirlar Mahkamasi №2. 9 bandi, №520, 19.11.2003);
4) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organ-larining intizomiy ustavini tasdiqlash to`¦risida»gi O`zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. №135. 27.03.1998;
5) «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori №383. 22.09.2001yil;
6) «O`zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xiz-mati to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi qarori №278. 2.11.1991yil;
7) «O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarori. 25.10.91yil (O`zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasining №602-sonli qarori bilan 14.12. 1994 yilda o`zgartirilgan);
8) «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliya-tini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`¦risida»gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 27.08.2003 yil;
9) «O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan №374. 30.08. 1997yil;
10) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuri-dagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini mod-diy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash depar-tamenti to`¦risida Nizom (O`zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasining №383-sonli qaroriga №1-ilova. 22.09. 2001yil; O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №197. 13 bandi. 30.04.2003);
11) O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzurida-gi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №291-qaroriga №5-ilova 06.07. 2001 yil №291. (28.11.2002 yilda o`zgartirilgan №415);
12) O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish depar-tamentida xizmatni o`tash to`¦risidagi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №291-qaroriga №6-ilova 06.07. 2001yil №291;
13) «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №180-sonli qaroriga №1-ilova. 5.05.2000yil (01.03.2001 yilda hamda 06.07.2001 yilda o`zgartirish kiri-tilgan);
14) «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi ekspert Kengashi to`¦risida»gi Nizom. O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №14 qaroriga №8-ilova. 12.01.1998yil (05.05. 2000yilda o`zgartirish kiri-tilgan);
15) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №370 qarori bilan 27.08.2003 yilda tasdiqlangan. «O`zbekis-ton Respublikasi Adliya vazirligi to`¦risida»gi Nizom (O`z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №1. 3 bandi. №528 qarorining 2 bandi, 21.11.2003, O`zbekiston Respubli-kasi Vazirlar Mahkamasi №28 qarorining 40 bandi, 17.01.2004).
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi tomonidan beriladigan sharhlar ham katta rol o`ynaydi. Ushbu tushuntirishlar te-gishli organlar plenumlari qarorlari ko`rinishida bo`lib, ular tegishli masala bo`yicha qaysi qonunchilikni tadbiq etish lozimligini ko`rsatib o`tadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qonunchilikni tadbiq etish masalasidagi tushuntirishlari sudlar hamda ushbu tushuntirish berilgan qonunchilikni tadbiq etayotgan boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. Ularga: «Sud hokimiyati to`¦risida»gi O`zbekiston Respub-likasi Oliy sudi Plenumi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining 20 dekabr 1996 yilgi qa-rorini kiritishimiz mumkin.[19]
Download 156.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling