I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati
Download 455.5 Kb.
|
JINOYAT PROTSESSIDA SO`ROQ QILISNING PROTSESSUAL TARTIBI VA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.2. So‘roq qilish tushunchasi, ahamiyati va uning umumiy qoidalari I.3. YUzlashtirish tergov harakatining vazifasi va uni o‘tkazishning protsessual tartibi
- Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish Xulosa Adabiyotlar ro`yxati Kirish
- So‘roq qilishning umumiy qoidalari
- IBOB DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI I.1. Tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati
- Tergov harakatlarining turlari va tizimi
- Tergov harakatlarining huquqiy asoslari va shartlari.
MAVZU: JINOYAT PROTSESSIDA SO`ROQ QILISNING PROTSESSUAL TARTIBI VA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR Reja: Kirish IBOB JINOYAT PROTSESSIDA DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI I.1. Tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati I.2. So‘roq qilish tushunchasi, ahamiyati va uning umumiy qoidalari I.3. YUzlashtirish tergov harakatining vazifasi va uni o‘tkazishning protsessual tartibi IIBOB. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati II.1.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari II.2. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish Xulosa Adabiyotlar ro`yxati Kirish So‘roq qilish jinoyatni ochishda ham asosiy usullar bo‘lib xizmat qiladi. Tergov amaliyotida biror bir ochilgan jinoyat ishi yo‘qki, unda so‘roq qilish tergov harakati o‘tkazilmagan bo‘lsa. So‘roq qilish tergov harakatining ahamiyati shundaki, jinoyat izlari sifatida qolgan va moddiy dunyoning inson ongidagi in'ikosidan isbot qilishda foydalaniladi. So‘roq qilish orqali tergov harakatini o‘tkazuvchi shaxs so‘roq qilinuvchidan muayyan holat yuzasidan ma’lumotni olishi va fikrini bilishi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, ushbu tergov harakati so‘roq qilinuvchiga jinoyat ishi yoki uning muayyan holati yuzasidan bilganlarini boshqalarga ma’lum qilish va munosabatini bayon qilish imkonini beradi. So‘roq qilish o‘zining tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lgan harakatlar: tushuntirish talab qilish yoki olish, og‘zaki arizani qabul qilish (ya’ni dalil to‘plash usuli hisoblanmagan boshqa protsessual harakatlar) va fuqarolar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, ma’lumotlar to‘plash (tezkor-qidiruv choralari)dan mazmuniga ko‘ra farq qiladi.
IBOB DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI I.1. Tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati Jinoyat ishini tergov qilish va hal etish uchun avvalo qonun talablari asosida dalillarni yig‘ish, jinoyat sodir qilgan shaxsni ta’qibga olish va ishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilish, keyinchalik bu shaxsning tergov hamda sudda qatnashishini ta’minlash uchun unga nisbatan tegishli choralar ko‘rish talab qilinadi. Mana shu harakatlar jinoyat protsessining dastlabki tergov deb atalgan bosqichini tashkil etadi. Tergov harakatlari nafaqat dastlabki tergov bosqichida, balki, surishtiruv va sudda, qolaversa hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish harakatlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ham o‘tkazilishi mumkin. Tergov harakatlariga jinoyat-protsessual baho beradigan bo‘lsak, ular bir tomondan dastlabki tergovning asosiy qismini tashkil etsa, boshqa bir tomondan dalillarni to‘plash va tekshirish tizimida asosiy bo‘g‘inni egallaydi. Tergov harakatlarining ahamiyati dalillarni to‘plashning asosiy usullari ekanligidan iboratligi bois, ular jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda ham asosiy usul hisoblanadi. Tergov harakatlari qat’iy, batafsil ishlab chiqilgan shaklga ega va davlat majburlovini qo‘llash kuchi bilan ta’minlanadi. Biz quyida, keyingi mavzularda “tergov harakatlari” atamasi orqali O‘zbekiston Respublika Jinoyat-protsessul kodeksining 87-moddasida ko‘rsatilgan va X-XXV boblari bag‘ishlangan dalillarni to‘plash va tekshirishga qaratilgan isbot qilish usullari xususida so‘z yuritamiz.
Tergov harakatlarini tasniflash S.A. SHeyfer tomonidan tadqiq qilinib, tergov harakatlarini bilish usuli, ma’lumotni olish usuli va obe’ktlarni namoyon bo‘lish murakkabligiga ko‘ra turlarga bo‘linadi1. Tergov harakatlari bilish usuliga ko‘ra:
so‘rov shaklidagi tergov harakatlari; kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari; kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlariga bo‘linadi. So‘rov shaklidagi tergov harakatlarida shaxsda dalil bo‘la oladigan ma’lumotlar muloqot yoki so‘zlashuv (so‘rash) yo‘li bilan olinadi. Bunga misol qilib so‘roq qilish, yuzlashtirish tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin. Kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari muayyan ob’ekt yoki jarayonning tashqi belgilarini yoki ulardagi o‘zgarishlarni ko‘zatish orqali o‘tkaziladi. Misol tariqasida guvohlantirish, olib qo‘yish, eksperiment tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin. Kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlari bir vaqtda bilishning ikkala usuli: ham kuzatuv, ham so‘rov bilan o‘tkaziladigan tergov harakatlari hisoblanadi. Bunga ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish misol bo‘ladi. Bilish usullari jinoyat izlariga bog‘liq va ular tergov harakatlarining protsessual shakliga sezilarli ta’sir etadi. Masalan, kuzatuv usuli qo‘llaniladigan vaqtda xolislarning ishtiroki ob’ektivlik garovi sifatida talab qilinadi. Ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari: 1) ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlari; 2) yashirin ma’lumotlarni maxsus mutaxassislar yordamida, ya’ni bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlariga bo‘linadi. Ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlarida tergovchi (yoki tergov harakatini o‘tkazayotgan boshqa shaxs) ma’lumotlarni shaxsan o‘zi bevosita qabul qiladi va qayd qiladi. YAshirin axborotni mutaxassislar yordamida bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlarida dalil sifatida olinadigan ma’lumotni olish uchun maxsus bilim talab qilinadi. Ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘lgan hollarda, faqatgina ekspertiza orqali dalillar olinadi. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikning mazmuniga ko‘ra ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘ladigan holatlarda tergovchining tadqiqotni o‘tkazish va ma’lumotni olish qobiliyati borligidan qat’i nazar ekspertiza tayinlanishi shart. Tergov harakatlarining fanda mazkur mezon asosida tasniflanishi tartibi, ma’lumotni olish usuliga ko‘ra bir–biriga o‘xshash tergov harakatlarining qanday holatda o‘tkazilishini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun bir holat yuzasidan tergov eksperimenti yo guvohlantirish o‘tkazish yoki ekspertiza tayinlash kerakmi?-degan savollarga ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari turlarga ajratish orqali javob olish mumkin. CHunki mazkur tasniflash yuqorida sanab o‘tilgan tergov harakatlari o‘tkaziladigan holatlarning chegarasini belgilab beradi. Ob’ektlarining murakkabligiga ko‘ra tergov harakatlari ikki guruhga bo‘linadi. Bular: 1) bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari; 2) bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari. Bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lumot manbasi bo‘lib bitta ob’ekt xizmat qiladi va bir mazmundagi harakatlar amalga oshiriladi. Misol uchun so‘roq qilishda bir shaxs so‘roq qilinadi. Ko‘zdan kechirishda faqat kuzatilib, ma’lumotlar olinadi. Tintuv va olib qo‘yishda esa daliliy ashyolar topiladi. Bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lumot manbalari yoki olish usullari bir nechta bo‘ladi. YUzlashtirish tergov harakatida ma’lumot manbasi sifatida ikki shaxsning ko‘rsatuvlari taqqoslanadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda ham shaxs so‘roq qilingan bo‘ladi, ham uning ko‘rsatuvlari ob’ektiv holat bilan tekshiriladi. Tergov harakatlari o‘zining maqsadiga ko‘ra: 1) dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlari; 2) dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlariga bo‘linadi. Dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlarida hali o‘rganilmagan ob’ekt xususida ma’lumot olinadi. So‘roq qilish (takroran, qo‘shimcha va qayta so‘roq qilishlar bundan mustasno), olib qo‘yish, tintuv va b. Dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlarida oldin tergov harakatlari orqali boshqa bir tergov harakatida yig‘ilgan dalilning haqiqiy holatga mos kelishi tekshiriladi. Bular yuzlashtirish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatlaridir. SHuning uchun bunday tergov harakatlarini amalga oshirishdan oldin dastlabki kerakli dalillarni to‘plash zarur bo‘ladi. Bulardan tashqari, fanda tergov harakatlarini tasniflashda ularni o‘tkazish paytiga ko‘ra (boshqa protsessual harakatlarga nisbatan) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari turi ajratilib ko‘rsatiladi. Jinoyat protsessi nazariyasida “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakati” tushunchasi ko‘plab ilmiy tortishuvlarga sabab bo‘ladi. CHunki olimlar bunday tergov harakatlarini turli xil talqin qilib, ularga mansub tergov harakatlarini o‘z nuqtai nazarlaridan kelib chiqib belgilaydilar. Ayrim olimlar “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-lari”ni kriminalistik tushuncha deb bilib, jinoyat tergov qilish taktikasiga ko‘ra jinoyat hali sovumagan izlaridan dalillarni olish va mustahkamlashga qaratilgan harakatlarning zaruriy birlamchilarini, ya’ni kechiktirilmagan holda (agar tezkorlik bilan olib borilmasa, dalillarning yo‘qolishi, soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin) o‘tkaziladigan tergov harakatlarini tushunadilar2. Boshqa olimlar esa kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-larini jinoyat-protsessual tushuncha deb ta’kidlab, jinoyat ishini qo‘zg‘atish vaqtiga nisbatan, qolaversa jinoyat – protsessual qonunchiligida aynan “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari” sifatida ko‘rsatilgan tergov harakatlarini ko‘rsatadilar3. YAna bir guruh protsessualist olimlar “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari”ning ikki jihatini ko‘rsatib, uni ham kriminalistik, ham jinoyat-protsessual tushuncha deb hisoblaydilar4. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat–protsessual kodeksida kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarining ro‘yxati va hajmi haqida so‘z yuritilmagan. Jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshiradigan surishtiruvchi yoki tergovchi o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishining murakkabligidan va jinoyatning kriminalistik guruhga mansubligi va uning boshqa tarkibiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha tergov harakatlari orasidan “kechiktirib bo‘lmaydigan”larini o‘zi tanlab oladi. SHuning uchun ham, bizningcha, qonun chiqaruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarining ro‘yxatini qat’iy belgilamasdan to‘g‘ri qilgan. CHunki muayyan hodisa yuzasidan aynan qaysi tergov harakatlari kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari bo‘lishini oldindan belgilashning imkoni yo‘q. Tergov harakatlari tizimi xususida jinoyat-protsessual nazariyasida hali hanuz munozaralar va yanglish fikrlar mavjud. Ayrim holda tergov harakatlari sirasiga gumon qilinuvchini ushlab turish, mulkni xatlash kabilarni kiritsa, boshqa bir hollarda masalan: telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tergov harakatlariga kiritilmaydi5. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda quyidagi tergov harakatlari mavjud:
so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitib turish yo‘li bilan to‘planadi. Tergov harakatlarining huquqiy asoslari va shartlari. Tergov harakati o‘tkazishning qoidalari ularni tartibga soluvchi jinoyat-protsessual normalarda aks etadi. Jinoyat protsessida sudga qadar ish yuritishda tergov harakatlarini o‘tkazishda Jinoyat – protsessual kodeksining 9-25 – boblaridagi normalar qo‘llaniladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, jinoyat protsessining sud bosqichlarida tergov harakatlarini o‘tkazishda esa ushbu normalar birga tergov harakatini sud tomonidan o‘kazilishiga doir normalar ham amal qiladi. Tergov harakatlariga bag‘ishlangan normalarni uch guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin: tergov harakatlarini o‘tkazish hollarini tartibga soluvchi normalar; tergov harakatlari protsessual tartibini belgilab beruvchi normalar; tergov harakatlari o‘tkazishni tasvirlovchi normalar. Mana shu uch guruhdagi normalar tergov harakatlarini amalga oshirishning protsessual shaklini belgilab beradi. Tergov harakatlari protsessual shaklining birinchi elementi ularni o‘tkazishning shartlari hisoblanadi. Ular umumiy va maxsus shartlardan iborat. Tergov harakatlari o‘tkazishning umumiy shartlari. Tergov harakatlari o‘tkazishning umumiy shartlari asosan quyidagilar: a) Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lishi kerak (hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza bundan mustasno (JPK, 329 – modda, 2-qism). b) tergov harakatini o‘tkazishga vakolatli sub’ektning mavjud bo‘lishi (monesiz ishtirok etadigan va qonunda belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga qabul qilgan shaxs); v) tergov harakatining o‘tkazilish vaqti va joyi. Tergov harakatini o‘tkazish joyi, ya’ni, tergov qilish joyi hududiy jihatdan tergovga tegishlilik (JPK, 346-modda) bilan aniqlanadi. Zarur hollarda tergov harakatlari boshqa joylarda, tergovchining shaxsan o‘zi borishi yoki alohida topshiriq berishi bilan amalga oshiriladi. Tergov harakatlari tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno (JPKning 88 moddasi 2-qismi 3-bandi). Tergov harakatlarini o‘tkazishning maxsus shartlari. Tergov harakatlarini o‘tkazishning maxsus shartlari deganda muayyan holatda zaruriy tergov harakatini to‘g‘ri tanlashga yo‘l qo‘yadigan maxsus shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ular sirasiga eng avvalo, tergov harakati o‘tkazish uchun asoslar: aynan shu harakatlar yordamida muayyan dalil turini olish zarurati to‘g‘risida ma’lumot (fikr) ning mavjudligi hisoblanadi. Asos sifatida aniq ma’lumotlar, ba’zi hollarda rahbar shaxsning ko‘rsatuvlari bo‘lishi mumkin (Misol uchun muayyan tergov harakatini o‘tkazish to‘g‘risida tergovchi yoki surishtiruvchiga prokurorning bergan ko‘rsatuvsi). Tergov harakatining asoslarini noto‘g‘ri aniqlash tergov harakatlarini noqonuniy ravishda birining o‘rnini ikkinchisi bilan almashtirishga sabab bo‘ladi. Amaliyotda guvohlantirish o‘rnida yuzlashtirish, ekspertiza o‘rnida tergov eksperimenti, eksperiment o‘rnida esa, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatlari o‘tkazilganligi va shunga o‘xshash noxush holatlarni uchratish mumkin. Bu holatlarda tergov harakatlari asossiz o‘tkazilgan hisoblanadi va ularning natijalari o‘zining daliliy kuchini yo‘qotadi. Tergov harakatlarining maxsus shartlariga, shuningdek, ular ishtirokchilarining doirasiga va ularning huquqiy maqomiga e’lon qilinadigan talablarni ham kiritish mumkin. Ular majburiy va fakultativ bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda tergov harakatlari ishtirokchilarining majburiy doirasi qonun tomonidan ham belgilangan, masalan, ayrim tergov harakatida xolislarning va tarjimon va himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksda ko‘rsatilgan. Ayblanuvchini so‘roq qilish uchun ayblov e’lon qilinganligi, tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchi shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs yoki predmet xususida, uni qaysi belgilariga ko‘ra tanib olishi to‘g‘risida so‘roq qilish maxsus shartlardan hisoblanadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning himoyachisi ekpertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror bilan dastlabki tanishuvi maxsus shart bo‘lib xizmat qiladi. (JPK, 179 – modda, 1-qism) Maxsus shartlarning mavjudligini qonun tergov harakatini o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma shaklda rasmiylashtirilgan qarorda aks ettirish talab qilinadi (bu tergov harakatining yuridik asosi deb ataladi). Tergovchi qaroriga ko‘ra murdani eksgumatsiya qilish guvohlantirish, tintuv, olib qo‘yish, ekpertiza (shu jumladan, ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar) o‘tkazish va boshqalar amalga oshiriladi. JPKda belgilangan ayrim hollarda davlat sirlari bo‘lgan hujjatlar yoki narsalarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshirilishi qo‘shimcha ravishda nazarda tutiladi (JPK, 89-modda, 1-qism). Tergov harakatlarining ikkinchi elementi bu ularning protsedurasi, ya’ni tergovga tegishlilik va tergov harakatini o‘tkazishning usullari hisoblanadi. Tergov harakatini o‘tkazish bir necha bosqichlardan iborat:
Barcha tergov harakatlari uchun Jinoyat-protsessual qonunchilik ularni o‘tkazishning quyidagi qoidalarini belgilagan: ularni o‘tkazish chog‘ida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muxofaza qilish va qo‘riqlash choralarini ko‘rish (JPK, 18-modda va 88 – modda, 1-qism); shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etmaslik (JPK, 88 – modda, 2 – qism, 1-band); zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishishga yo‘l qo‘yilmasligi (JPKning 88 – modda, 2 – qism, 2 – band); tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish mumkin emasligi (JPK, 88 – modda, 2 – qism, 3 – band). Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno; Tergov harakatlari o‘tkazilayotganda, shaxsni yalang‘och qilib echintirish bilan bog‘liq bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning o‘zga jinsdagi shaxsni ishtirok etmasligi (JPK, 88 – modda, 2 -qism); shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilmasligi (JPK, 17-modda, 1-qism); tergov harakatlari o‘tkazish chog‘ida ham ayblov, ham oqlov xarakteridagi dalillarni yig‘ish (JPK, 22-modda); JPKning 90-92-moddalariga asosan bayonnoma yuritilishi va boshqalar. Tergov harakatlari protsessual shaklining uchinchi elementi – ularni ta’minlash choralaridir. Tergov harakatlari o‘tkazishning qoidalari, shartlari va asoslari to‘g‘risida protsessual normalarni buzish salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Ta’minlash choralari protsess ishtirokchilari uchun majburlov choralari, jarima, hattoki jinoiy javobgarlik choralari bo‘lishi mumkin. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling