Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalari - kafedralar qoshida hamda kollejlar
miqyosida tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi dolzarb va istiqbolli muammolarni
ijodiy hal etishdan iborat. Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalarida har bir o‘qituvchi o‘z
ijodiy ishlarini amalda ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi va pedagogik jamoaning
ijodiy faolligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, kasb-hunar kollejlarida an’anaviy va noan’anaviy
uslubiy ishlardan uyg‘un holda foydalanish, o‘quv-meyoriy hujjatlarni
takomillashtirish, ta’limni jadallashtirish, samarali ta’lim texnologiyalarini
amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq qilish kabilarga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |