“kasbiy pedagogika” fan sifatida
KASB TA’LIMINI UMUMIY O’RTA TA’LIM, OLIY TA’LIM VA FAN
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integratsiyasini amalga oshirish.
7.5. KASB TA’LIMINI UMUMIY O’RTA TA’LIM, OLIY TA’LIM VA FAN
BILAN INTEGRATSIYALASH Reja: 1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash omillari. 2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi. 3. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan integratsiyasini amalga oshirish. 1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash omillari Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 9- moddasida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yagona va uzluksizligi belgilab qo‘yilgan. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha hisoblanadi. U ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’limni quyidagi prinsiplari asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi: - ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzililigi; - ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi; - ta’limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; - ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; - iqtidorli yoshlarni anglash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Shulardan kelib chiqqan holda Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan integratsiyalash omillarini belgilash mumkin. 182 Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan integratsiyalashning muhim omillari quyidagilardan iborat: - respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi; - O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yagona va uzluksizligi; -uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash puxta mexanizmlarinining ishlab chiqarilganligi va amaliyotga joriy etilganligi; -O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling