“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»da fan bilan ta’lim  jarayonining aloqalarini rivojlantirish
masalalariga katta e’tibor berilgan va bu borada bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Fan bilan ta’lim jumladan, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonining
aloqalarini rivojlantirishda kasb (o‘rta-maxsus, kasb-hunar) ta’limining ilmiy tadqiqot
ishlari bilan integratsiyasi katta o‘rin tutadi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, uning muammolari va yechimlari,
istiqbollari sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar tomonidan o‘rta-maxsus,
kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar
o‘tkaziladi. Ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini o‘rganish va
uni muvofiqlashtirishni tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim
sohasida ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqib
amaliyotda qo‘llashadi.
Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning o‘rta-maxsus, kasb-
hunar ta’limi jarayonidagi keng ishtiroki ta’minlanadi va shu orqali, o‘rta-maxsus,
kasb-hunar ta’limi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi-integratsiyasi
yo‘lga qo‘yiladi, yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama
kengayadi, ular Davlat tomonidan  qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyuldagi va 1997 yil 29
avgustdagi qarorlariga binoan “Ta’lim to‘g‘risi”dagi  Qonunlari hamda uning yangi
mukammallashtirilgan varianti, 1997 yil 29 avgustdagi qarorlariga binoan  “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” amalga kiritildi. Bu xujjatlarda ta’limning jamiyatni
ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-ma’naviy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi
e’tirof etilib, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va
uni boshqarish tartibi, pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyati kabi
masalalar qatorida fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish
va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirishning qonuniy asoslari va yo‘llari
belgilab berildi.
Respublika xalq ta’limining asosiy maqsadlari demokratik erkin davlat qurish,
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish bilan bog‘langan.  Zero,
eski ta’lim-tarbiya tizimi bilan yangi jamiyat barpo qilib bo‘lmasligi isbot talab
etmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham xalq ta’limi tizimining barcha sohalarida
turli yo‘nalishdagi yangi rejalar, dasturlar, konsepsiyalar va nizomlar ishlab
chiqilmoqda, Respublikamizning porloq istiqbolini belgilab beradigan mukammal


183
uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va uni takomillashtirish ustida qizg‘in ish olib
borilmoqda.
 O‘zbekiston Respublikasi hayotida sodir bo‘layotgan   ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar xalq ta’limi tizimida o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi,
Respublika pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika o‘quv–metodika
markazi, pedagogika o‘quv yurtlari olimlari va ilg‘or o‘qituvchilari bilan hamkorlikda
ta’lim mazmunini yangilash sohasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha bir qator ishlar
amalga oshirilmoqda.
   "Fan - texnika - ishlab chiqarish" tizimining har bir tarkibiy qismi ma’lum
darajada mustaqil bo‘lib, ularning har biri fan-texnika taraqqiyotida o‘ziga xos
vazifalarni bajaradi va aniq taraqqiyot qonuniyatlariga ega.
     
Fan ilmiy tadqiqotlar asosida - g‘oyalarni jamlaydi, texnika - uni yangi
mashina va texnologiyada moddiylashtiradi,  kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali
mutaxassislar bilan ta’minlanadigan ishlab chiqarish o‘z navbatida fan, ilmiy
tadqiqotlar va texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llaydi. O‘rta-maxsus, kasb-hunar
ta’limi, uning muammolari va yechimlari, istiqbollari sohasida ilmiy izlanishlar
fundamental va amaliy fanlar doirasida olib borilganligi sabab ushbu fanlardan
birortasi  ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi  omil bo‘lib,  kasbiy ta’limni tadqiq
qilishda  "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish" tizimining
asosiy bo‘g‘ini, "ishlab chiqarish jarayonini oddiy mehnat jarayonidan ilmiy
tadqiqotlar jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika
- kasb ta’limi - ishlab chiqarish integratsiyasi ta’lim integratsiyasining asosiy
yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi
tomondan, fan umumta’lim va maxsus ixtisoslik turkumidagi o‘quv predmetlari
doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish manbalaridan biri
hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy ilmiy
bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni integratsiyalash g‘oyasi hisoblanadi. Ilmiy
bilimlarni integratsiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ham o‘z
aksini topishi zarur.
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi mazmun mohiyatini
to‘laroq onglash uchun avvalombor “integratsiya” tushunchasining o‘zini ko‘rib
chiqamiz.
"Integratsiya" tushunchasiga integratsiyalanadigan ob’ektlarning mohiyatiga
ko‘ra turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan:
       
- "mamlakatlar  integratsiyasi" tushunchasi ostida  dunyodagi bir qancha
mamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorligi;
- "ishlab chiqarish integratsiyasi" tushunchasi orqali sanoat, agrosanoat yoki
ilmiy-ishlab chiqarish majmualari tushuniladi. "Fanlar integratsiyasi" deyilganda esa
bilimlar sintezining  turli shakllari tushuniladi.
 Umuman, ilmiy adabiyotlarda "integratsiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berilgan "integratsiya - bu  ayrim tarkibiy qismlarning yangi xossa hosil qilib, bir
butun birlashish jarayonidir". Pedagog olim V.P.Kuzminning xulosasiga ko‘ra,
integratsiya - tizimli yondoshuvdan iboratdir. Chunki "tizim" - bir butunning ob’ektiv
shakli, " integratsiya" esa ayrim qismlarning birlashish mexanizmi  va natijasidir.


184
Biz, " integratsiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan
holda, bu jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikatsiyalar va majmualashtirishga
olib keladigan tarkibiy qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy-metodologik
o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integratsiyalash, integratsiyalash
jarayoni" tushunchasi bilan bir qatorda "differensiatsiyalash, differensiatsiyalash
jarayoni" tushunchasi ham uchraydi.  Integratsiyalash va differensiatsiyalash jarayoni
inson  tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir tomondan, olam - yagona butunlik sifatida,
ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy o‘ziga xos turli xil tarkiblar,
sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini dialektik taqozo
qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integratsiya va differensiatsiya
jarayonlarining  o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi
ikkinchisidan ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan-texnika
taraqqiyotining   hozirgi  bosqichida, integratsiya jarayoni differensiatsiya  jarayoniga
nisbatan ustunlik qilmoqda. Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensiatsiyasi fan-texnika
taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.
I.T.Frolov fikricha -  "integratsiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi
asosiy yo‘nalishdir".
 Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot
ishlari bilan integratsiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z
navbatida tabiat va jamiyat taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda
ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini
amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrda  ta’limining, jumladan kasb ta’limining  ilmiy tadqiqot ishlari
bilan integratsiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va
vositalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida
ularning shakllanish manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik,
pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy
ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero ta’limining, jumladan kasb
ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi ko‘p tushunchalarga umumiy
ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling