Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - 1997 yil 29 avgustda Oliy
Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan huquqiy hujjat.
Kasb ta’limi jarayoni - pedagogik jarayonning muhim qismi, u o‘qitish,
bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilan birga
kasbga yo‘naltiradi.
Kasb ta’limi metodlari - talabalarni bevosita kasbga yo‘naltiruvchi
usullar majmuasi.
Kasbiy ta’lim uslubiyoti - talabalarni kasbga yo‘naltirishning shakl,
metod va vositalarining birligi.
Kompyuterlar - kompyuter texnikasi hozirgi vaqtda tezkorlik bilan
rivojlanmoqda. Bu eng, avvalo, operativ xotira hajmi,
vinchesterli disketalar, tashqi xotirasi hajmi, kompakt optik
disklar hajmi kabi texnik xarakteristikalarning
yaxshilanishiga xos bo‘lib, ularda tezkorlik oshmoqda.
Keyingi vaqtda turli optik xotiralovchi qurilmalar (video-
disklar, optik disklar) keng tarqalmoqda.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan ko‘nikma hamda shakllangan dunyoqarashlar
majmui.
Modullik - o‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holatda shaxsiy, hamda
gruppa talabiga javob beradigan o‘quv rejasini amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |