“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslangan hamda ikki
(bakalavriat va magistratura) bosqichidan iborat uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil
turi hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va
pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Oliy ta’limning birinchi bosqichi bo‘lgan bakalavriatura - mutaxassisliklar
yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida
to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha "bakalavr" darajasi beriladi va ular davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqini beradigan diplomga ega bo‘lishadi.
Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi bo‘lgan magistratura — aniq mutaxassislik
bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati
kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim hisoblanadi.
"Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling