“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
· ish beruvchilar; · xodimlarning birlashmalari (kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari); · davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan bandlik xizmati. O‘quv muassasasi darajasida ushbu ro‘yxat ta’lim xizmatlari bozorining sub’ektlari hisobiga to‘ldiriladi, ya’ni, biz faqat ishlab chiqarish korxonalarini va mehnat bozorini tartibga soluvchi institutlarnigina emas, balki boshqa ta’lim muassasalarini, shu jumladan, ta’limning boshqaruv organlarini ham kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlari sifatida qarashimiz kerak. Shu tariqa, ta’lim muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlarning ikki toifasi, ikki turi haqida gapirish mumkin: mehnat bozori vakillari va ta’lim xizmatlari bozorining vakillari. Bunday bo‘linish prinsipal xususiyatga ega bo‘lib, faqat o‘zaro hamkorlikning xususiyati va usuligina emas, balki ana shu hamkorlik davomida amalga oshiriluvchi manfaatlar tizimi ham turlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. An’anaviy ravishda ish beruvchilar har doim kasb-hunar kollejining asosiy hamkori sifatida qaralgan, chunki ular o‘quv muassasasi «mahsuloti»ning asosiy iste’molchilari hisoblanadi va ta’lim muassasasining rivojlanish istiqboli ko‘p jihatdan ularga bog‘liq. So‘nggi paytlarda mehnat bozorida paydo bo‘layotgan ishlab chiqarish korxonalarining turli–tumanligi ijtimoiy hamkorlik tizimini yaratish bo‘yicha ish boshlayotgan kasb-hunar kollejining vazifasini murakkablashtiradi. Ish beruvchilar bilan ishni rejalashtirishda faqat korxonaning mulkchilik shaklini, uning mehnat bozoridagi o‘rnini emas, balki mazkur korxona ishlayotgan iqtisodiyot sektorining o‘zini ham rivojlanish istiqbollarini hisobga olishi zarur. Faqat ushbu muammoning muhimligini tushunganlargina bu borada faollikni to‘xtatmadilar, aksincha o‘zlarining ta’lim tuzilmalarini, o‘quv markazlarini tashkil etib, o‘z xodimlarini kurslarga, stajirovkalarga yuborib, kadrlar tayyorlashni jadallashtirdilar. Ta’lim boshqaruvi davlat organlari standartlar ishlab chiqish orqali kasb-hunar ta’limini rivojlantirish siyosatini belgilaydi va o‘quv muassasasi rioya qilishi lozim bo‘lgan qoida hamda me’yorlarni aniqlaydi. Davlatning kasb-hunar kollejlari oldiga qo‘yadigan asosiy talabi - bu standartni bajarish va ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlashdir. Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikning bo‘lmasligi kasb- hunar kollejining faoliyat ko‘rsatishida uzilishga sabab bo‘ladi, mehnat bozorida ham, ta’lim xizmatlari bozorida ham uning mavqeini zaiflashtiradi. O‘z navbatida davlat boshqaruvi organlarining kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik tizimida ishlashining yangi sharoitlari ularga ta’lim xizmatlari bozorining asosiy hamkorlari faoliyatini muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va tashkil etishi bo‘yicha alohida mas’uliyat yuklaydi. 175 Bandlik xizmati bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi mehnat bozorini birgalikda o‘rganish va tahlil qilish, korxonalarning ehtiyojlarini taxmin qilish hamda ishsizlarni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining bazalaridan foydalanishdan iboratdir. Ta’lim muassasalari bilan bandlik xizmati, mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan ularning yangi sharoitlarda ta’lim muassasalari ishining sifatiga ishonchining yo‘qolishiga, kasb-hunar ta’limi tizimining obro‘sining tushib ketishiga asoslangan ziddiyatlar kasb-hunar ta’limining bundan keyingi taraqqiyoti ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘lgan eng asosiy hamkorlar o‘rtasida muloqotning yo‘qligidan dalolat beradi. Mehnat bozorining sub’ektlari bo‘lgan jamoat tashkilotlariga tadbirkorlarning assosiatsiyalarini, turli korxonalarni va kasaba uyushmalarini birlashtiruvchi birlashmalarini kiritish mumkin. Afsuski, ijtimoiy hamkorlarning ushbu toifasi hozircha ta’lim siyosatini shakllantirishda faollik ko‘rsatmayapti. Sheriklarning ushbu toifasi bilan hamkorlikni rivojlantirish jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga, ularning kasb-hunar ta’limini tashkil etishidagi mas’uliyatini oshirishga, kasb-hunar ta’limiga oid qonunchilik jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lar edi. Jadal rivojlanayotgan ta’lim xizmatlari bozori kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasasini mazkur bozorning ichida muloqotni yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga rag‘batlantiradi. Boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda davlat va nodavlat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik tajribasi keyingi paytlarda kasb-hunar tayyorgarligining turli darajalarida yuzaga kelgan va o‘tkirlashib borayotgan ziddiyatlarni hal etishiga urinishdir. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirishning ob’ektiv zaruratiga va bundan umumiy manfaatdorlikning yaqqol ko‘rinib turishiga qaramay mazkur tizimning vujudga kelish jarayoni hozircha juda sust borayapti va bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling