“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish
Oxirigi yillarda turli xil stanoklarda ishlay oluvchi, uni tamirlay oluvchi, mahsulot sifatini yuqori qilish uchun lozim asboblar orasidan qulayini tanlay olib ishlatadigan ishchilarga talab ortib bormoqda. Ushbu ishchilar mehnat qilish jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi kerak. Bunday ishchilar, ya’ni, ta’mirlovchilar eski tushuncha bo‘yicha oddiy bajaruvchi emas. Ushbu ishchilar bajaruvchanlik bilan bir qatorda yangi texnologiyaning rivojlanishi va ishlab chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi: - pnevmatika, dinamika, elektrotexnikani, fizikani hech bo‘lmaganda o‘rta maktab ta’lim oluvchisi darajasida bilishlari kerak; - yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak; - metall va nometall materiallarning nomlanishi va xususiyatlarini bilishlari kerak; - kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak; - avtomatik liniyada ishlovchi har xil tipdagi stanoklarda ishlagani uchun ularning ishga tayyorgarligi hamda ularning rejalashtirilganligini bilishlari kerak. Ular shunday holatlarga tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ular yuqori malakali bo‘lishlari kerak; - jamoa uchun sharoit yaratib berish, ta’mirlash ishini qisqa vaqtda tugallashlari kerak; - ular ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak; - brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak; - ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari kerak; - ular har qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib ishlash lozim bo‘lganda ishlab keta olishlari shart; - ishchilarning bajaruvchanlik funksiyasi kamayib, aqliy mehnati ulushlari ortishi kerak; 104 - ishchilar mehnatida aqliy mehnat va fizik funksiyaning organik birikmasi, ya’ni, hisoblash, to‘g‘rilash, analitik va nazorat funksiyalarini bajaruvchi, texnik jarayonni o‘lchovchi va tekshiruvchi, avtomatlashtiruvchi asboblar yordamida boshqara ola bilishlari lozim; - yuqori malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay olishlari kerak; - madaniyat, texnika va fanning rivojlanishida mehnat unumdorligining oshishi; - umumiy faoliyati va ishlab chiqarish holatlariga moslashuvchanlik; - o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi ish faoliyati malakasining oshishini ta’minlab berish. Yuqori malakali ishchilar zamonaviy ishlab-chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa ularning ratsionalizatorlik va ijodkorlik xususiyatlari asqotadi. Bunday ishchilarning paydo bo‘lishi shundan darak beradiki, insonning ishlab chiqarish va texnik jarayondagi rivojlanishi, bilimlarining kengayishi, chuqurlashishi va malakasining oshib borishini taqozo etadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling