“kasbiy pedagogika” fan sifatida


«Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat
yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari.
1. Korxonalarning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish
Fan-texnika taraqqiyoti davrida ishchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi,
chunki ishlab chiqarish jarayonida ishchining bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi,
o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ishlab chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi
mayllarning o‘sishiga olib keladi. Ishchi ushbu rivojlanishdan foydalangan holda
yangicha ishlashni hohlaydi. Ishchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarning
kuchayishida ishlab chiqarish omillari kuchli rol o‘ynaydi. Buning asosida jismoniy
mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi.
Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, avvalambor, insonlarning jipsligidan kelib
chiqadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida inson asosan 4ta asosiy funksiyani
bajaradi:
-
ishchi o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi
harakatlar hosil qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi;
-
mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi;
-
ularni to‘g‘rilaydi va ta’mirlaydi;
-
ularni loyihalashtiradi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi.
Mehnatni boshqarishda zamonaviy ishchiga 1- va 2-funksiyalar doirasidagi
ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va
ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir.
Tarixga nazar solib ko‘rsak, yuqori malakali ish darajasi oshib bormoqda.
Masalan: 30-yillarda slesar ta’mirlovchi 9-10 ta stanokda ishlay olgan, hozirda esa
25-30ta stanokda bemalol ishlay oladi va 100dan ortiq metall va nometall
materiallardan foydalanadi. Bundan tashqari u payvandlashni ham bilishi kerak.
Tokarlik ishi yillar o‘tgan sari sezilarli darajada o‘zgaradi. 30-yillarda 3-razryadli
tokar oddiy ishlarni master qo‘l ostida qilardi. 40-yillarda esa stanokning asosiy
qismlarini, ya’ni zo‘riqish bo‘lganda sinadigan joylarni, oddiy qirquvchi va o‘lchov
asboblarni sovitish va moylash, moylash suyuqligini ishlatishni ham bilishi kerak


103
bo‘lgan. Yana tokar stanok markalarini va nuqsonli mahsulotni aniqlay olishi ham
kerak.
60-yillarda esa tokar keng tarqalgan va universal stanoklar tuzilishini, oddiy va
qirquvchi asboblarni qo‘llashni ko‘rsatma berishni, material o‘lchovlari va yuza
tozaligini bilishi talab etilar edi.
70-yillarda tokar stanokning tuzilishi, ishga yaroqliligi hamda stanoklarni
boshqarish qoidalarini tekshiruvchi o‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalarini
bilishi kerak bo‘lgan.
80-yillarda esa 3-razryadli tokar stanokda ishlash bilan birga elektronika
ishlarini ham bajara olishi talab qilingan.
90-yillarda texnikaning rivojlanishi yangi tipdagi stanok ishchilarini
shakllantirdi. Keng tarmoqli universal ishchilar vujudga keldi. Hozirda bu ishchilar
14ta ixtisosliklarni egallagan. Bu ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarini sozlovchilar,
yarim avtomat va avtomatlashtirilgan stanoklarni sozlovchi hamda boshqalar. Ishchi
sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga ham egadirlar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling