105
Keyingi band. Shartnomaning bu bandida tayyorlangan mahsulotlar miqdori
va
sifatini hisobga olishni; o‘quvchilar ijtimoiy-foydali, unumli
mehnatining
natijalarini o‘quvchilarga tayyorlagan mahsuloti, haqiqiy
ishlangan vaqti hamda
bajarilgan ishi uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni ta’minlash tadbirlarini
nazarda tutish lozim.
Keyingi band o‘quvchilarning mehnat va professional tayyorgarligini,
ijtimoiy va unumli mehnatini xavfsizik texnikasi va ishlab
chiqarish sanitariyasi,
o‘quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil
etishni ta’minlashi kerak.
Keyingi band baza korxonalarning maktab, KHK va boshqa maorif
muassasalariga o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda yordamlashuviga
qaratilgan
tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Keyingi band o‘quvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida
g‘amxo‘rlikni aks ettiradi. Shuning uchun uni to‘ldirayotganda baza korxona
sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish bazalariga yo‘llanmalar
ajratishda barcha rezerv
va imkoniyatlardan foydalanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: