“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash.
O‘quvchilarning korxonalarda ishlab chiqarish ta’limini muvaffaqiyatli
o‘tashlari uchun korxonalarda o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqarish va nazariy
jihatdan tayyorlash ishlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni, albatta
korxonadagi yong‘inga qarshi tadbirlar, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza
qilish qoidalari bilan tanishtirish lozim.
Ishlab chiqarishda o‘qitish boshlanishidan bir oy oldin o‘quv yurti korxona
bilan ishlab chiqarishda o‘qitishga yuborilayotgan o‘quvchilarning miqdorini (kasblar
bo‘yicha) aniqlab, har bir o‘quvchi o‘quv dasturi hamda ishchining malaka
darajasiga muvofiq keluvchi malaka tavsifnomasi talablarida nazarda tutilgan barcha
mustaqil ishlarni bajarishni o‘rganishi uchun ishlab chiqarish ta’limini o‘tkazish
grafigini belgilaydi.
Xavfsizlik texnikasi injeneri yoki uning vazfasini bajaruvchi shaxs
o‘quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalari va yong‘inga qarshi tadbirlar bilan
tanishtiradi. O‘quvchilar ish boshlashlaridan oldin sex, uchastka ma’muriyati  ma’lum


123
ish o‘rnida o‘quvchilar bilan (alohida-alohida, brigada, guruh shaklida) tegishli
suhbatlar o‘tkazadi. Ishlab chiqarish ta’limini qayd qilish jurnalida suhbat o‘tkazilgan
sana, uning mavzusi va unda ishtirok etgan o‘quvchilarning familiyalari yozib
qo‘yiladi.
Zarur hollarda korxona yoki tashkilot o‘quvchilarni ish joyiga olib kelish va
ishdan olib borib qo‘yishni o‘z hisobidan (yoki o‘z transport vositalari bilan)
ta’minlaydi.
O‘quvchilarga o‘quv dasturi talablarida nazarda tutilgan kerakli malakani
egallashlarida korxona ma’muriyati tegishli yordam berishi muhimdir. Buning uchun
o‘quv ustasi katta usta bilan birgalikda korxona rahbarlari va ishlab chiqarish
ma’sullarini kasbga oid xarakteristika (malaka tavsifnomasi) va o‘quv dasturlari
mazmuni bilan tanishtirishi lozim. Ana shular asosida ish o‘rinlari tanlanadi va
joylashtirish belgilab chiqiladi.
Ish o‘rinlarini tanlashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi barcha ish o‘rinlarining
iloji boricha sexda kompleks tarzda joylashgan bo‘lishini, o‘quvchilar ishlashlari
uchun kerak bo‘lgan jihozlar tutash mutaxassisliklari bo‘yicha bajaradigan turli
ishlarning xarakteriga muvofiq kelishini hamda ishlarning asta-sekin
murakkablashtirishga imkon berishni nazorat qilib boradi. Uchastka va ish
o‘rinlaridagi texnologik jarayonlar ishlab chiqarish texnologiyasining hozirgi zamon
talablariga javob berishi, ishlarning  hajmi guruhdagi barcha o‘quvchilarni band
qilishi kerak. O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari xavfsizlik texnikasi
talablariga javob berishi kerak.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling