“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining ishlab chiqarishga


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining ishlab chiqarishga
moslashuvchanligi
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga
moslashuvchanligi ularning ta’limni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan
bog‘lash, ta’limni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirish orqali shakillantiriladi.
Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar.
O‘quvchilarni ishlab chiqarish talimi uchun korxonalarga ko‘chirish
o‘quvchilarni ishlab chiqarish sharoitlarida o‘qitishga o‘tkazish - kasbga tayyorlashda
eng muhim bosqichidir. Buni malakali ishchining mustaqil ishining muqaddimasi
desa bo‘ladi. O‘quvchilarningg sex rahbarlari, ishlab chiqarish ilg‘orlarl, o‘quv
yurtlarini ilgari bitirib chiqqanlar, taniqli kishilar va boshqalar bilan uchrashuvlarini
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Sex boshlig‘i va ishlab chiqarish ilg‘orlari korxonaning ajoyib an’analarini
gapirib berishlari hamda o‘quvchilarni bu an’analarni davom ettirishga da’vat
etishlari orqali o‘quvchilarda ushbu korxona, undagi mehnat jarayoniga mehirni
uyg‘otadi. Bu esa o‘quvchilarning ishlab chiqarishga moslashishlarini
shakillantirishni osonlashtiradi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga
moslashuvchanligini shakillantirishda ayniqsa ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘rni
katta.
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida
tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga rahbarlik qilish uchun muhandis-texnik
xodimlar va malakali mutaxassislarni  ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida
o’quvchilar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarga quyidagilar
kiradi:
-o’quvchilarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va
fiziologik jihatdan moslashishi;
- kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish; tanlangan kasb
bo‘yicha ixtisoslashtirish;
- murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasini
to‘plash;
-progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish;
- yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasini
o‘zlashtirish;
- korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mehnatni ilmiy
tashkil qilish masalalarini o‘rganish;
- ko‘nikma va mahoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash,
murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling