. MEHNAT TA’LIMINI O`QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASHTIRISH
KIRISH
Ushbu o`quv dasturi oliy ma’lumotli mutaxassislarning pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlardan olgan bilim va ko`nikmalarini amalga tadbiq etish, umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarida umummehnat, kasb tanlashga yo`llash hamda umumkasbiy bilim va ko`nikmalarni shakllantirishning metodlari, dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish masalalarini qamraydi.
O`quv fanining maqsad va vazifalari.
Tinglovchilarni mehnat ta’limi fanining mazmuni va vazifalari, o`qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o`quvchilarni mehnatga tayyorlash, o`qitish va umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Davlat ta’lim standartlari talabi bo`yicha amaliy bilim berish.
Fan bo`yicha tinglovchilarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga
qo`yiladigan talablar
Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan tinglovchilar mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o`quvchilarining bilim, ko`nikma va malakalariga quyiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o`quv vositalari darslik, o`quv qo`llanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo`llash metodikasini, mehnat fanini o`qitishda qo`llaniladigan barcha metod va usullarni bilishi kerak.
O`quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari, dars ishlanmasida o`quv jarayonini (o`quv materiali unga mos metod, vosita va o`qitish shaklini tanlab) rivojlantirish, dastur, darslik, metodik qo`llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish, o`zlari qiziqqan yo`nalish, mavzusi asosida ilmiy izlashnishning bajarilishini uddalay olish kabi zarur ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Mehnat ta’limi darslarini tashkil etish, loyihalashtirish, o`qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalariga ega bo`lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |