Pedagogik so‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan
o‘quvchilarning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu
metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini,
ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek,
qat’iy formadagi javobni ("ha","yo‘q") ham taqozo etishi mumkin.
Test, so‘rovnomalar - bu so‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qo‘llanganda
yaratilgan o‘quvchilar tarbiyasi to‘g‘risidagi yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning
yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak
orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida
o‘tkaziladi.
Test savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test
yordamidagi sinovdir.
Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma’naviyati
hamda yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan
aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning
pedagogika nuqtai nazaridan ba’zi bir yutuqlari va kamchiliklarida keltirilgan va
baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test
savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, uning qisqa va lo‘ndaligi, to‘g‘ri
javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga ko‘rsatma bo‘lib
xizmat qilishi, uning topishmoqli o‘yinga o‘xshashligi va javobni topishda xotira,
intuitsiya va topqirliklar qo‘l keladi. Test savollarini chop etish o’quvchilarning
mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |