“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘quvchilarni o‘rganish metodlari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘quvchilarni o‘rganish metodlari
Kuzatish -  odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni
o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga
olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun
qo‘llaniladi.  Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va
hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar
tezligi va soni, kuzatish obekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun
ajratiladigan xarakteristika  va  hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo‘linadi. Bevosita va  bilvosita
qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-
harakatlari  va  hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli
biror-bir  hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki
qandaydir asbobni qo‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti
asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir
teleko‘rsatuv)ni qo‘llash bilan tobora ko‘p qo‘llanilmoqda.
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat metodida o‘qituvchilar va o’quvchilar jamoasi bilan ota-onalar  va
keng  jamoatchilik bilan,  yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi.
Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan


139
izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit
tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi
va praktikasida intervyu  tashkil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h.k.
O’quvchilar ijodini o‘rganish – ularning o‘ziga xos individual tartibdagi
faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling