170
shuningdek, ekspert kengash vazifasini ham o‘taydi va unda mualliflik o‘quv
dasturlari, o‘quv-ishlab chiqarish jarayoniga yangiliklarni tatbiq etish bo‘yicha
tajriba-sinov ish natijalari muhokama etilib, maxsus qarorlar qabul qilinadi.
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markazning boshqaruv
vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot
ishlari rejasini ishlab
chiqish;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ishni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- pedagogik jamoaning ehtiyojlarini e’tiborga
olgan holda ular faoliyatini
muvofiqlashtirish;
- o‘qituvchilarning ta’lim samaradorligini oshirishga bo‘lgan moyilligi,
qiziqishlari, maqsadlariga ko‘ra ijodiy guruhlar tuzish;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari holatini
nazorat qilish, tadqiqot
natijalarini tahlil etish va baholash uchun ekspertlar guruhini tashkil etish.
Ilmiy-uslubiy muvofiqlashtiruvchi markazga uslubiy ishlarning ijodiy tajriba-
sinov laboratoriyalari, o‘qituvchilarning ijodiy guruhi va
pedagogik tajribalar markazi
kabi tuzilmalari bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: