“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kitobxonlar konferensiyasi –


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Kitobxonlar konferensiyasi – kasb-hunar kollejlari  o‘qituvchilari, muhandis-
pedagoglari faol ishtirokida o‘tkaziladi. Konferensiyada muhokama etiladigan
materiallarni tayyorlagan mualliflar bilan birga ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy
o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar taklif
etiladi.
Kitobxonlar konferensiyasida ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ularning dolzarbligi,
amaliy masalalarni yechishdagi ahamiyati, yangiligi, ularni pedagogik jarayonga joriy
etishdan kutilayotgan samaralar nuqtai nazaridan tahlil etilgan holda baholanadi.
Ochiq dars - uslubiy ishlarning keng tarqalgan shakli.  Bunda o‘qituvchilar va
muhandis-pedagoglarning ochiq darslarda ishtirok etishi va o‘zaro darslarga kirishi
muhim ahamiyatga ega.
Odatda, ochiq darslar va o‘zaro darslarga kirish o‘qituvchilarga kasbiy
pedagogik mahoratini yuqori ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga yosh
o‘qituvchilarga o‘rnak ko‘rsatishdan iboratdir. Unda yosh o‘qituvchilarning ishtirok
etishlaridan ko‘zlangan maqsad – tajriba almashish, darsni tashkil etishning yangi
shakllari, amalga oshirishning samarali metod va vositalarini tanlay bilishga
o‘rgatishdan iborat. Ta’lim jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli ochiq
darsni muhokama qilish jarayonida o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikr yuritishi,
o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi, o‘quv materialining hayot va amaliyot bilan
bog‘liqligi, predmetlararo aloqaning ta’minlanganligi, muammoli vaziyatlarni
vujudga keltirilganligi, o‘quvchilarning ijodiy izlanishga yo‘naltirilganligi, ta’lim-
tarbiya va rivojlanishning mushtarakligini ta’minlanganligiga e’tibor berish muhim
hisoblanadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish zarurki, mashg‘ulotlarni ochiq dars deb atash
shartli bo‘lib, ularni namunaviy dars deb yuritish maqsadga muvofiq ko‘rinadi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etilib, o‘tkaziladigan barcha darslar ochiq, oshkoralik
ruhida o‘tkazilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling