“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli
shakllarini amalga oshirishning ahamiyati · o‘quv rejalari va ish dasturlarning ishlab chiqarish korxonalari vakillari tomonidan ekspert baholashning mavjudligi hozirgi paytda ekspert baholash odatda boshqa kasb-hunar kollejlari vakillari tomonidan o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish korxonalari vakillarining jalb etilishi o‘quv rejalari va dasturlari sifatini ancha oshiradi. · Kasb-hunar kollejining kasb-hunar assosiatsiyalariga a’zoligi. Kasb-hunar assosiatsiyalarida ishtirok etish orqali o‘quv muassasasi uzviy ravishda ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘z sektorida ijtimoiy hamkorlik tizimiga kiradi, axborot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchun hamkorga aylanadi. · Maslahat kengashi ishida ishtirok etishi ta’limining turli darajalarga mansub kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar assosiatsiyalari, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari, boshqaruv organlari, bandlik xizmatlari vakillaridan iborat bo‘lgan maslahat kengashi ijtimoiy hamkorlik tizimidagi eng samarali vositadir. Bunday kengashning mavjudligining o‘zi tizimning shakllanganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda ijtimoiy hamkorlik tashabbuskori siftida kasb-hunar kollejlari namoyon bo‘layotgani tufayli maslahat kengashlari ko‘pincha ularning tashabbusi bilan tuzilyapti. · Bandlik xizmatlari bilan aloqalar. Bandlik xizmatlari bilan hamkorlik, ishsizlarni qayta tayyorlash haqidagi shartnomalarni tuzish, mehnat bozorining holati, u yoki bu mutaxassislarning talab etilishi haqidagi axborotdan foydalanish orqali amalga oshiriladi. · Pedagog xodimlarning amaldagi ish joylarida doimiy stajirovkalari yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari o‘quv muassasasi xodimlarining o‘z ishlariga norasmiy baho berish, mazkur ishni ish beruvchilar, boshqa ijtimoiy hamkorlar nazarida baholash o‘ta muhimdir. Turli kasb-hunar kollejlarining 180 sharoitlari bir xil emas, ijtimoiy hamkorlik tizimining rivojlanish darajasi esa ko‘p omillarga, shu jumladan, mintaqaning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyot sektorining holati va boshqalarga bog‘liq. Shu sababli faqat tizim, ko‘rsatkichlar yig‘indisigina pedagogik jamoaning ijtimoiy hamkorlikning o‘rnatilishi borasidagi sa’y-harakatlarining samaradorligini ob’ektiv manzarasini ko‘rsatib berishi mumkin. Shunday qilib, kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikning shakllantirilishi va rivojlantirilishi, eng avvalo, ta’lim muassasalari rahbariyatining tashabbusiga bog‘liq; 2) ijtimoiy hamkorlikning samaradorligi ish beruvchilar bilan O‘MKHT tizimi o‘rtasidagi doimiy va tezkor aloqalar mavjud bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi; 3) O‘MKHTda ijtimoiy hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi holatlar to‘sqinlik qilmoqda: · Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv darajalarda kasb-hunar kollejlari bilan ish beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirning oqilona mexanizmi ishlab chiqilmaganligi; · O‘MKHT muassasalarining ish beruvchilar (ularning vakillari) bilan o‘zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatish mexanizmi kadrlar tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar bilan ulardan oqilona foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan korxonalar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni kuchaytirish hamda kasb-hunar kollejlari dasturlarini korxonalarning o‘zgarib borayotgan malakaviy talablariga moslashtirish jihatdan ishlab chiqarishni davom ettirishga bo‘lgan muhtojlik; · ish beruvchilarning o‘zlari uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iqtisodiy manfaatdorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqilmaganligi; · ta’lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlashning bozor boshqaruvi mexanizmlarining zaifligi faoliyat ko‘rsatmoqda; O‘MKHT muassasalarida ijtimoiy hamkorlik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabining shakllanish tamoyillariga ham bog‘liq ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabi quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi: · korxonalar ishlab chiqarishning yangi xodimlardan yuksak bilimlarga va kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiluvchi texnologiyalarni o‘zlashtirishi bilan; · malaka talab qilmaydigan mehnat ulushining kamayishi va yuksak malakali xodimlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan; · ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanlik darajasining o‘sishi va xodimlarning oraliq kasblar va mutaxassisliklarni egallashlari zarurligini taqozo etishi bilan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling