“kasbiy pedagogika” fan sifatida


KASB TA’LIMINI UMUMIY O’RTA TA’LIM, OLIY TA’LIM VA FAN


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

7.5. KASB TA’LIMINI UMUMIY O’RTA TA’LIM, OLIY TA’LIM VA FAN
BILAN INTEGRATSIYALASH
Reja:
 1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash
omillari.
 2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi.
3. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan
integratsiyasini amalga oshirish.
1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash
omillari
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 9-
moddasida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining yagona va uzluksizligi
belgilab qo‘yilgan.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor soha hisoblanadi. U ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni quyidagi prinsiplari asosida tashkil etiladi  va rivojlantiriladi:
- ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga
ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzililigi;
- ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv
yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga
o‘tilishi;
- ta’limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning
ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
- ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
- iqtidorli yoshlarni anglash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Shulardan kelib chiqqan holda Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan
integratsiyalash omillarini belgilash mumkin.


182
Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan integratsiyalashning muhim
omillari quyidagilardan iborat:
- respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati
qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
- O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining  yagona va uzluksizligi;
-uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash puxta
mexanizmlarinining ishlab chiqarilganligi va amaliyotga joriy etilganligi;
-O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning
jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling