Kasbiy psixologiya 152-18 guruh talabasi Botirov Islomjon


Download 1.11 Mb.
Sana13.12.2020
Hajmi1.11 Mb.
#165787

Kasbiy psixologiya

152-18 guruh talabasi Botirov Islomjon

Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va asosiy kontseptual qoidalari.

  • Reja:
  • 1.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
  • 2.Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
  • 3. Fanlar tizimida kasb psixologiyasi, kasb psixologiyasi mutaxassislik fani haqida
  • tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish.

Kasbiy psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan soʻngi yillarda qoʻlga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili boʻla oladi. Ma’lumki, keyingi oʻn yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan oʻzgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda: Kasbiy psixologiya – psixologiya ilmining tarmogʻi sifatida, ta’lim va

tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim – tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti – harakatlarining psixologik

qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan oʻrin egallagandir.

Kasbiy psixologiyaning predmeti bilim, koʻnikma va malakalarning egallash

qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boʻladigan individual tafovutlarni,

oʻquvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini

tadqiq etishdir. Shuningdek, Kasbiy psixologiya ta’lim – tarbiyaning ta’siri

oqibatida oʻquvchilar psixikasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar, oʻquv

materiallari oʻquvchilarning yosh davrlariga mos kelishi, turli ta’lim

metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, oʻquv qurollari,

asbob – uskunalar va oʻquv ishlarining tartibiga nisbatan boʻlgan psixologik

talablar kabi muammolarni ham Kasbiy psixologiya oʻrganadi. Hozirgi vaqtda Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi

ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab

chiqishdan iborat boʻlib, bu hol yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati bilan

bogʻliqdir.

Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo qiladi va olimlar fe’l atvor uchun xulq atvorni oʻzgartirishda xavfli qiyinchiiklar boʻlishini isbotlagan. Koʻpgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta

qidirishni ishonchni ta’minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa nazariyalari muammolarining yechimi oʻta murakkab boʻladi va buni tushunish judayam e’tiborga molik. Bu koʻpgina murakkab jarayonlar uchun toʻgʻri ya’ni

tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Koʻpgina asosiy psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan, lekin bu yerda postdoktoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik markaziga doir talab qilingan soha savollari boʻyicha qat’iy pozitsiyasida qoldi va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy orientatsiyasi hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta’sirini soʻraydi.



 Psixologiya  yaxlit  va  mustaqil  fan  sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat  qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi  muammolarni  ma'lum  ma’no o'rganadigan   barcha  fanlar  bilan  bevosita  aloqasini  taqozo  etadi.  Bular  birinchi  navbatdagi ijtimoiy -gumanitar fan sohalari bo'lib,  psixologiyaning ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir.  Falsafa  va  uning  oxirgi  paytlarda  shakllanib,  rivojlanib  borayotgan  ijtimoiy  falsafa  qismi  bilan   bo'lgan aloqa  bu  ikkala  fanning  inson  va  uning  hayoti  mohiyatini  to'la  anglash,  rivojlanish  tendensiyalarini   belgilashdagi,o'rni  va  ahamiyatidan  kelib  chiqadi.  Tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining  rivojlanishiga  oid  bo'lgan  umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan oladiva shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari  sohasidagi  yutuqlari  bilan  falsafani  boy  ma'lumotlarga  ega  bo'lishiga  yordam  beradi.  Shuni  alohida ta'kidlash  joizki,  mustaqillik  mafkurasi  va  milliy  ongning  shakllanishiga  taalluqli  umumiy  ilmiy  qonuniyatlarni,izlashda  ham  yurtimiz  sharoitida  bu  ikkala  fan,falsafa  va  psixologiyaning  hamkorligi  bevosita  sezilmoqda.  Bu bog'liqlik avvalo yangicha tafakkur va  dunyo,qarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb vazifani bajarishda xizmat qilmoqda. 

Sosiologiya    fani  ham  yangicha  ijtimoiy  munosabatlar  sharoitida  o'z  taraqqiyotining  muhim  bosqichiga  o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi  qudrat  xizmat   qiladi. 

Pedagogika  bilan  psixologiyaning  o'zaro  hamkorligi  va  aloqasi  an'anaviy  hamla  azaliy  bo'lib,  ularning  yosh  avlod  tarbiyasini  zamon  talablari  ruhida  amalga  oshirishdagi  roli  va  nufuzi  o'ziga  xosdir. 

Tabiiy  fanlar:  biologiya,  fiziologiya,  ximiya,  fizika  va  b.q.  psixik  xodisalar  va  jarayonlarning  tabiiy  fiziologik  mexanizmlarini  tushunish  va  shu  orqali  ularning  kechishi  qonuniyatlarini  ob'yektiv  o'rganish  uchun  material beradi.

Kibernetika  fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyat va zurur bo'lib, u inson  shaxsining  o'z-o'zini  boshqarish,  psixik  jarayonlarni  takomillashtirish  borasia  axborotlar  texnologiyasi  va  kibernetika tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi. 

Texnika  fanlari  bilan  psixologiyaning  o'zaro  aloqasi  va  hamkorligi  ayniqsa,  asr  oxiriga  kelib  yaqqol  sezilmoqda.  Bir  tomondan  murakkab  texnikani  boshqaruvchi  inson  ongi  muammosini  yechishda,  ikkinchi  tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki  yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 

Iqtisodiyot  bilan  psixologiyaning  o'zaro  aloqasi  va  hamkorligi  ham  yangilik  bo'lib,  ayniqsa,  bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o'tish  sharoitida  iqtisodiy  ong  hamda  iqtisodiy  xulqning  o'ziga  xos  namoyon  bo'lish qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat qiladi. 

Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mоhiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vоsitalardan fоydalanadi va ular fanning metоdlari deb yuritiladi. Fanning salоhiyati va оbro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metоdlar yordamida to‘plangan malumоtlarning ishоnchliligi va validliligiga bоg‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevоsita psixоlоgiyaga ham alоqadоr bo‘lib, metоdlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga mоlik masala sifatida qaraladi. CHunki yuqоrida takidlaganimizdek, psixik xоdisalarni bevоsita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, qulоq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar bilan faоl xamkоrlik shunga оlib kelganki, psixоlоgiyaning har bir tarmоg‘i o‘z vazifalarini echish va malumоtlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metоdlarni sinоvlardan o‘tkazib, eng ishоnchli va mukammallarini saqlab qоlgan.


E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling