Kasbiy psixologiya 152-18 guruh talabasi Botirov Islomjon
Download 1.11 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
Kasbiy psixologiya152-18 guruh talabasi Botirov IslomjonKasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va asosiy kontseptual qoidalari.
Kasbiy psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan soʻngi yillarda qoʻlga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili boʻla oladi. Ma’lumki, keyingi oʻn yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan oʻzgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda: Kasbiy psixologiya – psixologiya ilmining tarmogʻi sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim – tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti – harakatlarining psixologik qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan oʻrin egallagandir. Kasbiy psixologiyaning predmeti bilim, koʻnikma va malakalarning egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boʻladigan individual tafovutlarni, oʻquvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, Kasbiy psixologiya ta’lim – tarbiyaning ta’siri oqibatida oʻquvchilar psixikasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar, oʻquv materiallari oʻquvchilarning yosh davrlariga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, oʻquv qurollari, asbob – uskunalar va oʻquv ishlarining tartibiga nisbatan boʻlgan psixologik talablar kabi muammolarni ham Kasbiy psixologiya oʻrganadi. Hozirgi vaqtda Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu hol yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati bilan bogʻliqdir. Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo qiladi va olimlar fe’l atvor uchun xulq atvorni oʻzgartirishda xavfli qiyinchiiklar boʻlishini isbotlagan. Koʻpgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta qidirishni ishonchni ta’minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa nazariyalari muammolarining yechimi oʻta murakkab boʻladi va buni tushunish judayam e’tiborga molik. Bu koʻpgina murakkab jarayonlar uchun toʻgʻri ya’ni tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Koʻpgina asosiy psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan, lekin bu yerda postdoktoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik markaziga doir talab qilingan soha savollari boʻyicha qat’iy pozitsiyasida qoldi va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy orientatsiyasi hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta’sirini soʻraydi. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni ma'lum ma’no o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy -gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi,o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo'lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan oladiva shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni,izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan,falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyo,qarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb vazifani bajarishda xizmat qilmoqda. Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga xos namoyon bo'lish qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat qiladi. Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mоhiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vоsitalardan fоydalanadi va ular fanning metоdlari deb yuritiladi. Fanning salоhiyati va оbro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metоdlar yordamida to‘plangan malumоtlarning ishоnchliligi va validliligiga bоg‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevоsita psixоlоgiyaga ham alоqadоr bo‘lib, metоdlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga mоlik masala sifatida qaraladi. CHunki yuqоrida takidlaganimizdek, psixik xоdisalarni bevоsita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, qulоq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar bilan faоl xamkоrlik shunga оlib kelganki, psixоlоgiyaning har bir tarmоg‘i o‘z vazifalarini echish va malumоtlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metоdlarni sinоvlardan o‘tkazib, eng ishоnchli va mukammallarini saqlab qоlgan. E’tiboringiz uchun raxmatDownload 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling