Kasbiy psixologiya fanidan talabalarning nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni
NAZORAT ISHI USTIDA ISHLASH TARTIBI
Download 118 Kb.
|
КАСБИЙ ПСИХОЛОГИЯ НАЗОРАТ ИШИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Tadqiqotlar muammosi mantiqini yaratish, nazorat ishi rejasini tuzish
- Ifoda shakli
NAZORAT ISHI USTIDA ISHLASH TARTIBI
1) Mavzuni tanlash Kafedra tomonidan taklif etiladigan nazorat ishi mavzulari talaba tomonidan tanlanadi. Talaba nazorat ishi mavzusini tanlagandan soʻng (1) tanlangan mavzuga oid savollar doirasi bilan tanishadi: ma’ruza materiallarini qarab chiqadi; fan boʻyicha oʻquv dasturida ushbu mavzuni oʻrganish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar bilan qaytadan tanishib, ularni tahlil qiladi. (2) Institut axborot resurs markazidan, shuningdek Andijon viloyati shahri kutubxonalarida mavjud boʻlgan kataloglardan foydalangan holda referat mavzusi boʻyicha adabiy manbalar doirasini kengaytiradi. Nazorat sifatini oshirishda mavzuga taalluqli Oʻzbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlari hamda hukumat qarorlaridan foydalanish ham muhim oʻrin tutadi. Ishning dastlabki bosqichi yakuni boʻlib bibliografiya xizmat qiladi. 2) Tadqiqotlar muammosi mantiqini yaratish, nazorat ishi rejasini tuzish quyidagilardan iborat boʻlishi lozim: - kirish; - asosiy qism; - xulosa; - foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyhati; - ilova (zarurat boʻlganda). Nazorat ishi rejasi tanlangan mavzuga taalluqli va uning asosiy mazmunini qamrab oladigan savollar doirasini aniqlaydi. U referentga mavzu materiallarini yig’ishda umumiy yoʻnalishni olishga imkon beradi, uning toʻg’ri tanlanishi va ifoda etilishini ta’minlaydi. Puxta oʻylab chiqilgan, har bir qismi tanlab olingan material bilan ta’minlangan reja – ishni muvaffaqiyatli yozish muhim asosidir. 3) Yigʻilgan materiallarni tartiblashtirish va yozish Kirish qismida mavzuning dolzarbligi nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi, maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi. Nazorat ishining asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur. Rejaga binoan, ishning asosiy qismi yig’ilgan materialni taqsimlashga koʻra mos ravishda savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi. Ifoda shakli – referent tanlovi: konspekt shaklida. Nazorat ishi qadr-qimmati muammoli savollar boʻyicha har xil qarashlarni tahlil qilish, qabul qilinadigan yoki oʻzining tutgan mavqeini asoslash sanaladi. Xulosa tanlangan mavzuni oʻrganish natijasida talaba qilgan xulosalarni oʻz ichiga oladi, shunigdek, hal etilmagan va kelgusida hal etilishi talab etiladigan savollarga bag’ishlanadi. Talabaning nazorat ishi tayyor holatga kelgandan keyin kafedraning qayd qilish daftariga belgilanadi. Ilmiy raxbar nazorat qilib bergandan keyin ximoyaga tavsiya etiladi. Quyidagi holatda talabaning nazorat ishi baholanadi: Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling