Kasbiy psixologiya fanindan seminar ishlanma ta’lim yo‘nalish(lari)


Download 0.76 Mb.
bet1/54
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1571635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
СЕМИНАР ИШЛАНМА


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR
UNIVERSITETI
Kimyo-metallurgiya fakulteti
«Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi



KASBIY PSIXOLOGIYA
fanindan
SEMINAR ISHLANMA
Ta’lim yo‘nalish(lari): - ta’lim sohasi tarkibidagi barcha bakalavriat ta’lim
yo’nalishlarida

Navoiy - 2022


Tuzuvchilar:
Shamiyeva O.R. _________«Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsent; ps.f.n.,
Xudoyberdiyeva A.H.__________«Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi assistenti

Ishchi o`quv dasturi «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi majlisida 2022 yil 24. 08 1- sonli bayonnoma) muhokama o'tgan va fakultet yig’ilishida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri _______________ dots. Xaitova O.S.

Fanning ishchi o'quv dasturi Kimyo-metallurgiya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil «25. 08» №____son bayonnomasi)

Fakultet kengashi raisi: __________________ Doniyarov N.A.


So’z boshi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi 60 son farmoni bilan 2022—2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’lim sohasini davlat siyosatida ustuvor o’rin tutish bilan birga keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. “Kasbiy psixologiya” o’quv kursi texnik oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo’nalishi talabalarida kasbiy psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni kasbga tayyorlashda muhim o’rin tutadi.


“Kasbiy psixologiya” fanida talabalarni psixologiyaining mohiyati, uning metodlari va prinsiplari, shaxsning bilish jarayonlari, individual-tipologik xususiyatlari, faoliyati, muloqot va shaxslararo munosabatlar, muhandislik psixologiyasining nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlarni uyg`unlashtiradi.
“Kasbiy psixologiya” fanning maqsadibo’lajak mutaxassis sifatida talabalarni zamonaviy, kasbiy psixologik bilimlar asoslari bilan qurollantirish, kasbiy munosabatlar tizimidagi faoliyat mazmunida kasbiy faoliyat jarayonini samarali tashkil etish yo’llari, innovatsion g’oyalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda o’z-o’zini anglab yetish, texnik tafakkurini, ijobiy fikrlash qobiliyatini, vaziyatni to’g’ri baholash tajribasini hosil qilishdan iborat. Talabalarda kasbiy psixologiya nazariyasi, psixologik fikrlar tarixiy taraqqiyotining mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish; talabalarning komil inson, yetuk mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga oid davlat siyosatining mazmuni, ustuvor tamoyillari, zamonaviy psixologik yondashuvlar, ilg’or texnologiyalardan xabardor bo’lishlari uchun qulay muhitni yaratish.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling