Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Matematik ishlov berish usullari
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Matematik ishlov berish usullari
Miqdoriy ma‘lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular o‘rtasidagi ma‘lum aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi. Sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir qatorda psixologik tadqiqotning ob‘ektligi sezgilari darajada oshiriladi. Tadqiqot usullarining to‘g‘riligi nafaqat qo‘llanilgan matematik apparatning takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob‘ektlarni real miqdoriy tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi. Ta‘lim yoki tarbiyaning u yoki bu amallarini yoki tomonlarini baholash uchun miqdoriy belgilarni topish - matematik muammo hisoblanmaydi. Bu vazifani tadqiqotchi psixologlar hal etishi kerak. Ammo bu masalani hal etish uchun o‘lchov usullarining qo‘llash chegaralari va sharoitlarini hisobga olib, psixologik hodisalarni to‘g‘ri o‘lchash kerak bo‘ladi. O‘lchov – ma‘lum qoidalarga muvofiq voqealar va ob‘ektlarga raqamlarni qo‘yib, yozish raqamli tavsiflarni, narsa - buyum va hodisalarga qo‘shilib yozilishining eng oddiy metod - ularni qayd etishdir. Qayd etishning mohiyati shundaki - qandaydir belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning u yoki bu variantini tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va xulosalarni qilish imkonini beradi. Qayd etishning muhim xususiyati shundaki, u psixologik - pedagogik tadqiqotlarda ko‘p uchraydigan qol bo‘lib, ya‘ni o‘rganilayotgan xodisalarning belgilarini aniqlash, imkoni bo‘lmagan hollarda ham miqdoriy jihatlarini tahlil qiladi. Masalan talabalarning bilim va malakalari darajasini, u yoki bu ma‘naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta‘lim metodining samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni - xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma‘lum miqdoriy tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining qonuniyatlarini o‘rganish mumkin. Ma‘lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi - tartibga solish operasiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan hodisalar ma‘lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi. Keyin ob‘ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob‘ektlarda o‘rganilayotgan sifatning tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Ma‘lumotlarni tartibga solgandan keyin ularni guruhlashadi. Buning uchun o‘rganilayotgan sifat ma‘nosini ma‘lum intervali o‘lchov belgisi deb qabul qilinadi. O‘rganilayotgan hodisalarda belgi ma‘nosi necha marta shu o‘lchov birligi kuzatilayotgan ob‘ektda namoyon etilishi son bilan belgilanadi. Ma‘lum sabablarga ko‘ra, matematik apparatni qo‘llashda va o‘lchovda qiyinchiliklar kelib chiqadi. O‘lchov natijasida olingan miqdoriy sifatlar matematik statistika usullari yordamida ishlab chiqiladi va bu empirik natijalarni umumlashtirishga ―Tasodifiy‖ natijalar sababini tushuntirishga unga ma‘lum ishonarli izoh berishga imkon beradi. Amaliy psixologiyada miqdoriy ma‘lumotlarga ishlov berishning eng keng tarqalgan usullari - dispersion, korrelyasion va faktorli tahlil usullaridir. Dispersion tahlil - o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta‘sirini tahlil etish imkonini beruvchi statistik usuldir. Dispersion tahlilning mohiyati shundaki o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta‘sirini tavsiflab beradi. Korrelyasion tahlil - o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli, belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir. Faktorli tahlil - ko‘p o‘lchovli matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jixatdan bog‘liq sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlang‘ich bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqdik. Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini o‘rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi. Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta‘kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib bo‘lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling