Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Biografiya (tarjimai hol) metodi


Download 470.53 Kb.
bet11/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma‘lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
SHu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tug`ilganidan, to boshlang`ich ma‘lumot olgunicha bo`lgan davr orlig`ida salomatlik darajasi qanday
bo`lganligi to`g`risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o`rganib bo`lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she‘riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san‘at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma‘naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste‘dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o`z ifodasini topadi. Allomalar to`g`risidagi ma‘lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta‘rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o`tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg`unligini ta‘minlaydi.


Anketa metodi.
Umumiy psixologiyada keng qo`llaniladigan metodlardan biri bo`lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o`rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo`lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan iborat bo`ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to`rt- besh to`g`ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig`ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa
metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o`rganish uchun boy material to`plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma‘lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to`g`ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling