Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Download 470.53 Kb.
bet12/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo`lib, kichik (birlamchi) guruh a‘zolari o`rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o`rganish va darajasini o`lchashda qo`llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a‘zoning o`zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so`raladi. Olingan ma‘lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko`rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma‘lum bir xulosa qiladi. Biroq ma‘lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko`rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o`zgartirilgan variantlari, ko`rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o`zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to`g`risida to`la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o`quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi:
«Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg`ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma‘qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan ko`ra ko`proq kim bilan birga bo`lishni xohlasang, o`shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to`g`ri kelmasa, yana kim bilan birga bo`lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan
shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko`rsatish uchun sotsiogramma to`rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o`g`il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to`g`ri keladi. Guruh a‘zolarining o`zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog`langanida o`z ifodasini topadi. Eng ko`p munosabatga ega bo`lgan sinaluvchi doiraning markazidan o`rin oladi. U guruh a‘zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan aloqa o`rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o`rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. SHu yo`l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi ko`rsatkichlar taqqoslanadi. Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o`ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o`zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g`oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to`g`risida mulohazalar yuritiladi.



Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling