Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida kasb-hunar haqida bir qator fikr mulohazalar keltiriladi: ―Ey farzand ogoh bo`lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo`lur va hech kishiga naf etkurmas. Bilursanki, tikanli butaning tani bordur, ammo soyasi yo`qdir. Hunarsiz kishi ham tikanli buta yanglig` na o`ziga na o`zgaga foyda berur‖. Mutafakkirning farzandlar kasb-hunar egallamasa, hayotda o`z o`rnini topa olmasligi haqidagi fikri ayniqsa e‘tiborga loyiq.
Bu holatning izohini quyidagi fikr mulohazalardan yana bir bor ko`rish mumkin. ―Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo`lsa-yu, ammo hunar bo`lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo`lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham hunar ziynati bo`lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg`il agar gavharning har nechakim asl bo`lsa, unga g`arra bo`lmag`il, nedinkim tan gavhari hunur zevari bila ziynatlangan bo`lmasa, u hech narsaga arzimagusidir.Andog`kim debdurlar: ―Ulug`lik aql va bilim biladur, gavhar va nasab bila bo`lmas‖. Halqning oz hunarini ko`p ko`rgil, haqqin yaxshi bilg`al. Behunarmandlikdan, bexiradlikdan yaxshi ot va yaxshi taom qo`lg`a keltura olsang, behunar, bexirad bo`lg`il, yo`q ersa hunar o`rgang`il. O`rganmak, eshitmakdin nomus qilmag`il, to xijolat va pushaymonlig`din qutulg`aysan. Xaloyiqning aybi va hunariga boqqil, ularning naf va zarari na chog`liqdur. Buning foyda va ziyonlari qaysi erga qadar borur, undan so`ng o`z manfaatingni talab qil. Ko`rg`il, qaysi narsa xalqni manfaatg`a yaqin qilur. O`zing ana shundog` aql va hunarni o`rganmoq bila ko`tarilursan. Bu ish senga ikki narsa bila hosil bo`lur: yo bilg`on hunarga yarasha ish qilmoq bila yo bilmag`on hunarni o`rganmoq bila-deyiladi. Amir Temur ―Temur tuzuklari‖ asarida ―Saltanat ishlarini murosa-yu madora, muruvvat va va sabr-toqat bilan yurgizdim‖... ―Tajribamdan ko`rilgankim, ishbilarmon odam, mard va shijoat sohibi, azmi (qatiy) tadbirkor va sergak bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, sog`lom kishilardan yaxshidir‖- deyiladi. A.Navoiy o`zining ―Xamsa‖, ―Mahbubul-qulub‖ kabi yirik ta‘limiy- ahloqiy asarlarida, shuningdek ―Munojot‖, ―Vaqfiya‖, ―Majolisun-nafois‖, ―Muhokamat ul-lug`atayn‖ asarlarida ta‘lim-tarbiya va bolani kamolga etkazishda kasb-hunar o`rgatishning ahamiyati haqida namunalar bilan izohlaydi. ‖Sa‘diy bilim olish bilan birga hunarning ham inson uchun qay darajada afzalligini uqtiradi. CHunki ―Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat, - deydi u, agar hunarmand molidan mahrum bo`lsa qayg`usi yo`qdir. Hunarmand qaerga borsa, qadrlanadi va uyning to`ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi‖. SHarq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma‘naviy boylikning har bir satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma‘naviyati va mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib shakllantirish va kasb – hunarga o`rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli mushohadalar olsa bo`ladi. To hozirgacha, saqlanib kelayotgan qator me‘moriy inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy san‘ati asarlari (naqqoshlik, ganchkorlik, me‘morchilik) arxeologik qazilma va izlanishlar tufayli topilgan hunarmandchilik buyumlarining barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb-hunar o`rgatishga, yuksak iste‘dod va qobiliyat sohibi bo`lishiga oid bebaho materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling