Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Differensial - diagnostik yo`nalish


Download 470.53 Kb.
bet3/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Differensial - diagnostik yo`nalish bo`yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko`rsatuvchi
individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo`yilgan talablarga asosiy e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat tashkil etish to`g`risidagi qarashlar o`z aksini topgan (F.Parkinson). Bu yo`nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy ijrochilik operatsiyalarning yig`indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan g`oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo`nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jihatlarini tahlil qilish bilan shug`ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo`lgan turli xil ehtiyojlar yotadi, degan g`oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o`rganish uchun yo`nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning qarashlariga ko`ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul qilishga yo`naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, O'Xar). Bu g`oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Taraqqiyot nazariyasi yo`nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yo`nalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo`lib, ilk izlanishlar o`spirinlarni kasb izlashi bilan bog`liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo`nalish vakillaridan D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta bosqichlarga ajratiladi:

  1. vujudga kelish bosqichi (tug`ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;

  2. tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o`zining imkoniyatlariga mos kasbni tanlashni niyat qiladi;

  3. konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos kasbiy faoliyat maydoni o`rnatiladi;

  4. saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati hech qayoqqa og`masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo`yicha kechadi;

  5. pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli paydo bo`lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o`ringa chiqadi .


Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling