Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
Tafakkur va kasbni egallash deganda nima tushiniladi?
Tafakkur turlarini gapiring?
Tafakkur operatsiyalarini sanang?
Reproduktiv tafakkur nima?
Mantiqiy tafakkur nima?
Intiusiyani izohlang?
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOXASI VA KASBGA
MOSLASHISH
Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko`ra, uning holati haqida fikr yuritish mumkin.
His-tuyg`ular – kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg`ularning kechishi sub‘ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to`g`risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma‘lum yoki noma‘lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro`y beradi. SHu hollarning barchasida his-tuyg`ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so`z yuritiladi.
His-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma‘noni anglatadi (qo`rquvdan titrash va h.k.). kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`z- o`zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo`rondir. Kuchli zo`riqish (ko`z yosh to`kish, kulish) natijasida mayda sa‘i- harakatlar barbod bo`ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig`ini tobora ko`proq darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo`llarida qo`zg`alish kuchaya boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |