Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur jarayoni maxsus aqliy operatsiyalar ko`rishishida yuzaga keladi. Ular asosida bunga yangi fikrlar, tushunchalar, xulosalar paydo bo`ladi. Ular quyidagilardan iborat:
Taqqoslash. Bu fikrlash operatsiyasi bo`lib, predmet va xodisalar orasida o`xshashlik va farqlar, tenglik va tengsizliklar, qarama-qarshiliklarni nomoyon bo`lishida ko`rinadi. Analiz (taxlil)- yaxlit predmetlarni qismlarga bo`lish va ularni alohida xususiyatlari va elementlarini ajratish. Sakrash haqida o`ylar ekanmiz xayolan uni biz –yugurish,itarilish, uchish fazasiz, erga tushish kabi qismlarga ajratib analiz (tahlil) qilamiz. Sintez – analiz (tahlilga) qarama-qarshi operatsiya bo`lib, unda analiz jarayonida ajratilgan bo`laklar asosida predmet yaxlitlanadi. Masalan yugurish, itarilish, uchish fazasi, erga tushish kabi qismlarning yaxlitlanishida sakrash yuzaga keladi. Mavhumlashtirish – ob‘ektdan biror-bir xususiyatni aqliy ajratishda nomoyon bo`ladigan fikrlash operatsiyasidir. Masalan, doskaning qoraligi, hamda harakatlanish haqida fikrlash. Umumlashtirish – o`xshash, bog`liq xususiyatlarni bir tushunchaga jamlash, ya‘ni bir turdan predmetlarni fikran birlashtirish. Masalan, olma, olxo`ri, uzum, nok-mev: dararaxt, gul, o`t-o`simliklar. Ammo umumlashtirish va mavxumlashtirish konkretlashtirish kabi ularga qarama-qarshi operatsiyani yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Masalan, umumlashgan ―uy hayvonlari‖ tushunchasi, ―ot, ―qo`y‖, ―mushuk‖kabi tushunchalarda konkretlanadi. Konkretlashtirish mavjud bo`lmasligi o`quvchi bilimida formalizmni yuzaga keltiradi. Klassifikatsiya umumiy, o`zlash xususiyatli predmet va narsalarni guruhlarga bo`lish. Masalan, kutubxonada kitoblarni joylashtirish, fanlar klassifikatsiyasi. Sistemalashtirish umumiy qonuniyatlarga asosan fikran guruhlarga bo`ligan predmetlarni tartibga keltirish, sistemalashtirish belgilari- xronologik, fazoliy, mantiqiydir. Tafakkurning mantiqiy shaklli tafakkur jarayonida alohida fikrlash operatsiyalari asosida bilan alohida fikrlar xukm sifatida yuzaga keladi. Hukm – tugallangan fikrdir. Xukm –predmet yoki xususiyatni tasdiqlash yoki nikor etish bilan bog`liq fikrdir. Masalan, ―Toshkent – O`zbekiston poytaxti‖, ―Tosh suvda suzmaydi‖. Hukmning quyidagi turlari mavjud: birlamchi (yagona predmet haqida), xususiy yoki qismiy (predmet yoki xodisa qismiga xos), umumiy (umuman predmet haqida). Xulosa – tafakkurning mantiqiy shakli bo`lib, bir necha ma‘lum xukmdan yagona xulosa qilinadi. Xulosalar – induktiv, deduktiv, analogiya turlariga bo`linadi. 1. Induktiv xulosa –bir necha birlamchi xukmlardan yagona xulosa qilishdir. Masalan, ―Daraxt qizdirilganda kengayadi‖, ―Temir qizdirilganda kengayadi‖, ―Suv istilganda kenayadi‖, xulosa ―barcha jismlar qizdirilganda kengayadi‖. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling