Kasbiy psixologiya mustaqil ish mavzu: Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi psixologik omillar


Shaxsning dunyoqarashi, ehtiyojlari va e’tiqodi


Download 399.44 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi399.44 Kb.
#1198213
1   2
Bog'liq
S6-20 Aminjonov Zoirjon

Shaxsning dunyoqarashi, ehtiyojlari va e’tiqodi
Shaxsning kamol topishi uchun zarur bo‘lgan mustaqil shart-sharoit, istiqlol imkoniyatlari ma’naviy shakllanishdan, barcha kishilarning, o‘sib kelayotgan yosh avlodning maktablarda, o‘rta-maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalaridan yetarlicha bilim olishi va o‘tmish ajdodlarimizning madaniy-ma’naviy boyliklarini asrash uchun keng imkoniyatlar yaratib berishdan iborat. Bunday shart-sharoitlarni Mustaqil Vatanimiz xalqimizga istiqlol imkoniyatlarini yaratib berish orqali vujudga keltirdi. Taraqqiyot talablari bilimning turli sohalarida ko‘plab sog‘lom e’tiqodli, dunyoqarashi bir qadar keng mutaxassis yoshlarni tarbiyalab yetishtirishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamizning aholi tarkibida o‘quvchi yoshlarning salmog‘i oshib bormoqda.
Joylarda qurilayotgan ko‘pdan-ko‘p umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kollej va akademik litseylar fikrimizga isbot bo‘la oladi. Yoshlar salmog‘ining o‘sib borishi, tabiiyki ularning Vatan taqdiri uchun mas’uliyatini oshiradi. Tarix tajribasi shuni ko‘rsatdiki, har bir millatning mustaqil ijtimoiy taraqqiyoti ilgarilab borgan sari, shaxsga, uning intellekti, dunyoqarashi, sog‘lom e’tiqodi, bilimi, professional va ma’naviy sifatlari, tashabbusi va uyushqoqligi oldiga qo‘yiladigan talablar ham tobora o‘sib boradi. Inson erkinligi va mustaqilligining kengayishi, demokratik tamoyillarining inson manfaatiga xizmat qilishi, shaxs¬ning jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirishni taqozo etadi. Shaxsning dunyoqarashi va ma’naviy e’tiqodiga yangidan-yangi vazifalar qo‘yib boradi. Ilmiy dunyoqarash va mustahkam g‘oyaviy e’tiqod bo‘lmasa, shaxsning ma’naviy kamol topishi to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Istiqlolimiz yaratgan dunyoqarash yoshlarning hayotga qarashlariga inqilobiy yo‘nalish beradi, aql-idrokning qudratli kuchiga, insoniyatning porloq kelajagiga ishonch bag‘ishlaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining qator asarlari orqali bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini yorqin misollar asosida tahlil qilib berdi. Har bir mustaqil mamlakatda ham, jahon miqyosida ham mustabid tuzumdan mustaqil rivojlanish davriga o‘tishning mazmuniga erkinlik va tenglikni, shaxsning dunyoqarashi va sog‘lom e’tiqodini singdirish murakkab jarayon ichida kechadi. Mustaqil Vatanimiz esa o‘zining tarixan qisqa davrida bir qator izchil taraqqiyot bosqichlariga ega bo‘ldi. Xullas, dunyoqarashning bo‘lishi ham shaxsning muhim belgisidir. Psixologik ta’rifga ko‘ra, dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir. Haqiqiy dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning ko‘p asrlik tajribasiga asoslanadi, u hech qanday diniy taassuf, xurofotlarga, reaktsion qarashlarga tobe bo‘la olmaydi. Mustaqil Vatanimiz yoshlari istiqlol bergan imkoniyatdan oqilona foydalanib, dunyoqarashning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilib olish va o‘z faoliyatlarida amalga oshirish bilangina cheklanib qolmay, bu dunyoqarashni o‘z dunyoqarashlari deb, birdan-bir chinakam dunyoqarash deb bilmoqdalar. Chunki bu dunyoqarash yoshlarimizning barcha ehtiyojlarini va yuksak talablarini to‘la qondirishga xizmat qiladi. Dunyoqarash keng ma’noda olganda dunyo, tabiat, jamiyat va ong haqidagi qarashlarning umumlashgan tizimidir. Materialistik va idealistik, progressiv va reaktsion, ilg‘or va qoloq dunyoqarash bo‘lishi mumkin. Shaxsning e’tiqodi va ideallari uning dunyoqarashiga uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi, ular dunyoqarash bilan belgilanibgina qolmasdan ma’lum darajada dunyoqarashga qo‘shilib ketadi. «E’tiqod va ideallar muayyan dunyoqarash asosida hosil bo‘lish bilan birga bu dunyoqarashni shakllantiradi ham».
Download 399.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling